Gaziev Xushnud Gaybullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Brayl alifbosiga asoslangan ma’lumotlar kirituvchi va taktil axborotni aks ettiruvchi radiotexnik qurilmani ishlab chiqish”, 05.04.02 – “Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tolaoptik aloqa tizimlari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T5364.
Ilmiy rahbar: Raxmatullaeva Moxiraxon Fayzullaevna, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc. 09/2025.27.12.T.01.02.
Rasmiy opponentlar: Siddiqov Ilhomjon Hakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Matyokubov O‘tkir Karimovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi Brayl alifbosiga asoslangan ma’lumot kiritish va taktil axborotni aks ettirish samaradorligini oshiruvchi radiotexnik qurilma boshqaruv usuli, modeli, va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qadamli motorlarning fazaviy ketma-ketligini surilish registrlari asosida sinxron impulsli boshqarish orqali taktil Brayl belgilarini shakllantirish va yangilash vaqtini kamaytirish imkonini beruvchi boshqaruv usuli takomillashtirilgan;
ma’lumot kiritish, taktil axborotni aks ettirish, ovozli tasdiqlash hamda USB/Bluetooth, GSM/GPS interfeyslari orqali axborot almashinuvini yagona boshqaruv tizimida muvofiqlashtiruvchi radioelektron elementlar va modullarning funksional-strukturaviy bog‘lanish modeli takomillashtirilgan;
taktil belgilarni shakllantirish, tugmalar kombinatsiyasini dekodlash, qadamli motorlarning fazaviy harakatini ko‘p bosqichli boshqarish va qurilma ish rejimlarini muvofiqlashtirishni ta’minlovchi funksional boshqaruv algoritmi taklif etilgan;
qadamli motorlarning fazaviy boshqaruvi, shtiftlarning pozision holati va belgilarni yangilash vaqtini adaptiv moslashtirish asosida taktil Brayl belgilarini yuqori aniqlikda shakllantirish imkonini beruvchi radiotexnik qurilmaning apparat-dasturiy boshqaruv mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ma’lumotlarni kirituvchi va taktil axborotni aks ettiruvchi radiotexnik qurilmani ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qadamli motorlarning fazaviy ketma-ketligini surilish registrlari asosida sinxron boshqarish orqali taktil Brayl belgilarini shakllantirish va yangilash vaqtini kamaytirish imkonini beruvchi boshqaruv usuli Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 33-8/2305-son ma’lumotnomasi). Natijada taktil belgilarni shakllantirish barqarorligi oshirilib, harflarni tanib olishning o‘rtacha aniqligi 97,6% ni tashkil etgan;
qurilmaning funksional imkoniyatlarini kengaytiruvchi, taktil aks ettirish, ma’lumot kiritish hamda ekran o‘quvchi dasturlar bilan mos ishlashni ta’minlovchi radioelektron elementlar va modullarning funksional-strukturaviy bog‘lanish modeli UNICON.UZ MChJ “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 33-8/2305-son ma’lumotnomasi). Natijada qurilmaning USB/Bluetooth, GSM/GPS va audio modullari bilan apparat-dasturiy integratsiyasi ta’minlanib, ko‘p rejimli boshqaruv imkoniyati kengaytirilgan;
funksional-strukturaviy bog‘lanish modeli asosida taktil belgilarni shakllantirish, qadamli motorlarning fazaviy harakatini ko‘p bosqichli boshqarish va qurilma ish rejimlarini muvofiqlashtirishni ta’minlovchi funksional boshqaruv algoritmi Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumi faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 33-8/2305-son ma’lumotnomasi). Natijada 6 tugmali kombinatsiyalarni qayta ishlashda o‘rtacha reaksiya vaqti 7,20 ms ni tashkil etib, belgilarni hosil qilishdagi kechikishlar kamaytirilgan;
taktil Brayl belgilarini yuqori aniqlikda shakllantirish imkonini beruvchi, qadamli motorlarning fazaviy boshqaruvi, shtiftlarning pozision holati va belgilarni yangilash vaqtini adaptiv moslashtirishga asoslangan radiotexnik qurilmaning apparat-dasturiy boshqaruv mexanizmi UNICON.UZ MChJ “Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi” faoliyatiga joriy qilingan (Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 8-apreldagi 33-8/2305-son ma’lumotnomasi). Natijada relef nuqtalarining o‘rtacha siljish balandligi Δh=0,71 mm, maksimal og‘ish ±0,04 mm darajasida ta’minlanib, taktil aks ettirish aniqligi oshirilgan.