Egamnazarova Gulnoza Xolmurod qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda aholi daromadlarini oshirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4493. 
Ilmiy rahbar: Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.05.
 Rasmiy opponentlar: Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xusanov Baxodir Sheralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, v.b professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda aholi daromadlarini oshirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
hududlarda aholini band qilishga qaratilgan loyihalarni moliyalashtirish samaradorligini oshirish maqsadida davlat byudjetidan ajratilayotgan subsidiyalarni taqsimlashda tadbirkorlik subektlarining reyting ko‘rsatkichlarini inobatga olish zarurligi asoslangan;
hududga turistlar oqimini ko‘paytirish orqali aholini band qilish va daromadini oshirish maqsadida mehmonxona qurilishiga berilgan subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritishi, subsidiya olgan vaqtdagi toifasini kamida 5 yil saqlab qolishga qatʼiy rioya qilish zarurligi asoslangan;
turizm xizmatlarini ko‘rsatishni kengaytirish orqali aholi bandligini taʼminlash maqsadida hududda quriladigan mehmonxonalarning toifasiga qarab har bir xonasi uchun eng kam 15 mln. so‘m, eng ko‘p 25 mln.so‘m miqdorida subsidiya ajratish taklif etilgan; 
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan er tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga er tekislagich agregatlari qiymatining 1/3 qismiga subsidiya ajratish zarurligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarda aholi daromadlarini oshirishning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
tadbirkorlik subektlariga aholini band qilishni nazarda tutuvchi loyihalari uchun subsidiya ajratishda tadbirkorlik subektlarini reytingiga eʼtibor qaratish bo‘yicha ishlab chiqqan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 24 maydagi PQ-193-son «Tadbirkorlik subektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalarni taqdim etish tartiblarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bank boshqaruvining 2025 yil 18 martdagi 21/4-son qarori bilan bank tomonidan kredit ajratish amaliyotida qo‘llanila boshlagan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 dekabrdagi 06/02/12-579-son; «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2026 yil 7 apreldagi 03-14/8440-son maʼlumotnomalari). Buning natijasida 2024 yil 23 yanvardagi PQ-39-son «Tadbirkorlik subektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq «AAA», «AA», «A», «VVV», «VV», «V» toifalaridan kelib chiqib tabaqalashtirilgan subsidiya ajratish amaliyoti qo‘llanilgan. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan ushbu toifadagi tadbirkorlik subektlariga ajratilgan kreditlar 10-12 foiz atrofida oshishiga, muammoli kreditlar 3 foizgacha pasayishiga erishilgan.
hududga turistlar oqimini ko‘paytirish orqali aholini band qilish va daromadini oshirish maqsadida mehmonxona qurilishiga berilgan subsidiya ajratilgan davrdan boshlab 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda faoliyat yuritishi, subsidiya olgan vaqtdagi toifasini kamida 5 yil saqlab qolishga qatʼiy rioya qilish bo‘yicha tavsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 18 apreldagi 218-son «Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bank boshqaruvining 2025 yil 20 noyabrdagi 42/3-son qarori bilan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 dekabrdagi 06/02/12-579-son hamda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2026 yil 7 apreldagi 03-14/8440-son maʼlumotnomalari). Natijada mehmonxona qurilishi uchun davlat byudjetidan ajratilgan subsidiyaning natijadorligini taʼminlanishiga erishilgan. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan Surxondaryo viloyatiga qo‘shimcha ravishda 4 ta mehmonxona qurilishi uchun kreditlar ajratilgan.  
turizmni rivojlantirish, turizm xizmatlarini ko‘rsatishni kengaytirish orqali aholi bandligini taʼminlash maqsadida hududda quriladigan mehmonxonalarning toifasiga qarab har bir xonasi uchun eng kam 15 mln. so‘m, eng ko‘p 25 mln.so‘m miqdorida subsidiya ajratish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 18 apreldagi 218-son «Surxondaryo viloyatida yangi mehmonxona qurish va uni jihozlash uchun investorlarga O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bank boshqaruvining 2025 yil 20 noyabrdagi 42/3-son qarori bilan kreditlash amaliyotida qo‘llanila boshlagan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 dekabrdagi 06/02/12-579-son; «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2026 yil 7 apreldagi 03-14/8440-son maʼlumotnomalari). Buning natijasida, Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradigan turistlarga xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining rivojlanishiga, turistlar oqimining ortishi hisobiga aholining qo‘shimcha xizmatlar taklif etishi pirovardida daromadlarining ko‘payishiga erishilgan. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki kreditlari hisobiga hududda 150 nafar aholining bandligi taʼminlanishi hamda ularning daromadga ega bo‘lishiga erishilgan.   
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan er tekislagich agregatlarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga er tekislagich agregatlari qiymatining 1/3 qismiga subsidiya ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 11 avgustdagi 364-son «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda subsidiya berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan hamda «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bank boshqaruvining 2024 yil 7 yanvardagi 11/4-son qarori bilan bank amaliyotida qo‘llanila boshlagan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Kambag‘allik va mehnat bozori tadqiqotlari institutining 2025 yil 24 dekabrdagi 06/02/12-579-son; «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat bankining 2026 yil 7 apreldagi 03-14/8440-son maʼlumotnomalari). Natijada, ushbu maqsadlar uchun 2020 yilda 145,3 mlrd.so‘m yoki 3,4 foizi yo‘naltirilgan. «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalari uchun ajratiladigan kreditlarning 3,5 foizga o‘sishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish