Juraev Xusan Atamuratovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq salohiyatini baholash metodologiyasini takomillashtirish»,  08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
Ilmiy maslahatchi: Toshqulov Abduqodir Hamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12 I.23.01.
Rasmiy opponentlar:, Eshmirzaev Samariddin Eshquvvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bozorov Akmal Omonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Ergashev Ilhom Obodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston soliq tizimida soliq salohiyatini baholashning metodologik asoslarini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qisqa va o‘rta muddatli soliq tushumlarini prognoz qilish uslubiyoti hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi, soliq bazasi va soliq yig‘iluvchanligini qamrab olgan ko‘p komponentli soliq salohiyati modeli asosida 1 yillik va 3 yillik davrlar uchun prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibi ishlab chiqilgan;
soliq salohiyatidan foydalanish darajasini baholash uslubi amaldagi soliq tushumlarining potensial soliq imkoniyatiga nisbatini ifodalovchi yig‘iluvchanlik koeffisientini soliq undirilishining “past darajasi” (SU ≤ 0,70), “o‘rtacha darajasi” (0,71 ≤ SU ≤ 0,90) va “yuqori darajasi” (SU > 0,90) baholash chegaralarini asoslash orqali takomillashtirilgan;
byudjet daromadlarini rejalashtirish tizimi prognoz ko‘rsatkichlari bilan soliq salohiyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash maqsadida “soliq bazasi – soliq salohiyati – yig‘iluvchanlik – rejalashtirilgan tushum”dan iborat ko‘p bosqichli hisoblashni joriy etish tartibini ishlab chiqish orqali takomillashtirilib,
soliq salohiyatini baholash uslubiyoti soliq imkoniyatlarini milliy, hududiy va mikro darajali yondashuv asosida aniqlash, har bir darajada soliq yig‘iluvchanligiga xolis baho berish va qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra soliq salohiyatidan foydalanish samaradorligini integral reyting usulida baholash orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda soliq salohiyati ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan ekonometrik model asosida 2029-yilga qadar soliq tushumlari orqali byudjetni rejalashtirishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq tizimida soliqlarni prognoz qilish, soliq salohiyatini baholash jarayonlarini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
qisqa va o‘rta muddatli soliq tushumlarini prognoz qilish uslubiyoti hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasi, soliq bazasi va soliq yig‘iluvchanligini qamrab olgan ko‘p komponentli soliq salohiyati modeli asosida 1 yillik va 3 yillik davrlar uchun ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish tartibi borasidagi taklif  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-sonli “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2026 yil 24 apreldagi 20-56601-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning soliq amaliyotiga joriy qilinishi soliq salohiyatini aniqlashda vakolatli organlarning funksiyalari, vazifalari va vakolatlarini aniqlab olishda hamda soliq salohiyatini aniqlashda ilmiy jihatdan yondoshuvlarni belgilab olishda katta ahamiyatga ega bo‘lgan;
soliq salohiyatidan foydalanish darajasini baholash uslubi amaldagi soliq tushumlarining potensial soliq imkoniyatiga nisbatini ifodalovchi yig‘iluvchanlik koeffisientini soliq undirilishining “past darajasi” (SU ≤ 0,70), “o‘rtacha darajasi” (0,71 ≤ SU ≤ 0,90) va “yuqori darajasi” (SU > 0,90) baholash chegaralarini asoslash orqali takomillashtirish taklifi 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan byudjet-soliq siyosati konsepsiyalarining mazmunlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2026-yil 24-apreldagi 20-56601-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida qisqa va o‘rta muddatli soliq tushumlarini prognoz qilish jarayonida hududlarning soliq salohiyatini e’tiborga olgan ilmiy yondoshishga imkoniyat yaratib, soliq tushumlarini prognoz qilishning ob’ektivligini ta’minlashga xizmat qilgan; 
byudjet daromadlarini rejalashtirish tizimi prognoz ko‘rsatkichlari bilan soliq salohiyati o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash maqsadida “soliq bazasi – soliq salohiyati – yig‘iluvchanlik – rejalashtirilgan tushum”dan iborat ko‘p bosqichli hisoblashni joriy etish tartibin yuzasidan bergan taklifi soliqqa tortish hamda soliq salohiyatini baholash jarayonlarida amaliyotga joriy qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi “Davlat byudjeti daromadlarini prognozlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi   PQ-397-son qarorida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2026-yil 24- apreldagi 20-56601-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi soliqlarni prognoz qilish va soliq salohiyatini aniqlashga tahliliy ahamiyatga ega bo‘luvchi yig‘uvchanlik koeffisientidan samarali foydalanish imkoniyatini berdi;
soliq salohiyatini baholash uslubiyoti soliq imkoniyatlarini milliy, hududiy va mikro darajali yondashuv asosida aniqlash, har bir darajada soliq yig‘iluvchanligiga xolis baho berish va qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra soliq salohiyatidan foydalanish samaradorligini integral reyting usulida baholash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi tomonidan “Turli darajalarda soliq salohiyatini baholashning umumiy metodologiyasi” soliq amaliyotiga joriy qilinib, soliq tizimida soliq salohiyatini baholashga xizmat qiluvchi ko‘pgina ichki lokal hujjatlarning mazmunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2026-yil 24-apreldagi 20-56601-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodologiyadan amaliyotda foydlanish bir tomondan turli darajalarda, jumladan, milliy iqtisodiyot, hududlar va ayrim olingan soliq to‘lovchilarning soliq salohiyatini baholashda katta ahamiyatli uslubiy asos bo‘lib xizmat qilgan boshqa, boshqa tomondan, soliqlarni yig‘iluvchanligiga to‘g‘ri baho berish imkonini bergan;
O‘zbekistonda soliq salohiyati ko‘rsatkichlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan ekonometrik model asosida 2029-yilga qadar ishlab chiqilgan soliq tushumlari orqali byudjetni rejalashtirishning prognoz ko‘rsatkichlarivft foydalanishga doir takliflari O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasi tomonidan byudjet-soliq amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi soliq qo‘mitasining 2026-yil 24-apreldagi 20-56601-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi byudjet-soliq siyosati konsepsiyasi doirasida fuqarolar uchun byudjet materiallarini tayyorlashda, o‘rta muddatli fiskal strategiya ko‘rsatkichlarini aniqlashda keng foydalanildi va bu ko‘rsatkichlarning haqqoniyligi ta’minlashda muhim material bo‘lib xizmat qilgan.
Soliq tizimida soliqlarni prognoz qilish, soliq salohiyatini baholash jarayonlarini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 

Yangiliklarga obuna bo‘lish