Artikova Muhayyo Botiralievnaning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4. DSc/Ped90.
Ilmiy maslahatchi: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti huzuridagi PhD.28.09.2018.Ped.76.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Ahmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Utebaev Tajibay Tileumuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Saitbaev Shermirza Datkamirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida 8-9 sinf o‘quvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish, tadbirkorlik sifatlarini tarkib toptirishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashabbuskorlik sifatlarini tarkib toptirish bilan aloqadorligi tadbirkorlik faoliyati uchun yetakchi indikator sifatida innovatsion g‘oyalarni o‘ylab topish va uni amalga oshirish qobiliyatining motivatsion, ijodiy va faoliyatga doir komponentlar bilan integral aloqasini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning tarkibiy tuzilmasi tayanch tadbirkorlik kompetensiyalari (muvaffaqiyatga intilish, yetakchilik, tadbirkorlik tafakkuri, hamkorlik malakasi, shaxsiy imkoniyatlar) tizimini iqtisodiy bilim asoslari bo‘yicha malaka talablari bilan qayta modifikatsiyalash asosida aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi individual yondashuv asosida biznes treninglarni tashkil etish, kichik va oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik va kasanachilik faoliyatiga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishga asoslangan “Ustoz-shogird” an’analari va modulli ta’lim imkoniyatlarini t`yutorlik faoliyati bilan munosabatlar doirasini kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining nazorat-baholash komponenti pedagogik refleksiya asosida tarbiyaviy jarayonga tuzatishlar kiritish, pozisionlik (nuqtai nazarga egalik), kreativlik va refleksivlik ko‘rsatkichlarini determinatsiya, ochiqlik, kollegiallik, hamkorlik va dialogik munosabatlar jarayonlar bilan ichki integratsiyasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning integrativ texnologiyasi tadbirkorlik faoliyati tuzilmasiga muvofiq keluvchi komandada (collaborative) o‘qitish va biznes ta’limining ustuvor yo‘nalishlariga asoslangan ijodiy, muammoli va assesment topshiriqlari majmuini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayoniga tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV.  Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashabbuskorlik sifatlarini tarkib toptirish bilan aloqadorligi, tadbirkorlik faoliyati uchun yetakchi indikator sifatida innovatsion g‘oyalarni o‘ylab topish va uni amalga oshirish qobiliyatining motivatsion, ijodiy va faoliyatga doir komponentlar bilan integral aloqasini ta’minlashga doir takliflar asosida ishlab chiqilgan “Umumta’lim maktabi va oila hamkorligida yoshlarni biznesga tayyorlash” nomli tavsiyalar  Germaniyaning A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH tashkiloti faoliyatiga joriy etilgan (A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH tashkilotining 2019 yil 1 oktyabrdagi tasdiqlovchi sertifikati). Natijada hamkorlik pedagogikasi asosida o‘quvchilarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tajribasini integratsiyalash samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning tarkibiy tuzilmasi tayanch tadbirkorlik kompetensiyalari (muvaffaqiyatga intilish, yetakchilik, tadbirkorlik tafakkuri, hamkorlik malakasi, shaxsiy imkoniyatlar) tizimini iqtisodiy bilim asoslari bo‘yicha malaka talablari bilan qayta modifikatsiyalashga doir taklif va tavsiyalardan YoA-2-2 raqamli “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish hamda rivojlantirishda mikrokredit tashkilotlarining tutgan o‘rni va ahamiyati (huquqiy islohotlar tajribasi: muammo va echimlar) (2016-2017 yy.)” mavzusidagi yosh olimlar amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 iyuldagi 89-03-2716-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur taklif va tavsiyalar o‘quvchilarning biznes va tadbirkorlik ta’limiga qiziqishini oshirish, motivatsion-rag‘batlantiruvchi muhitni yaratish, tadbirkorlik kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimini kichik va oilaviy biznes, xususiy tadbirkorlik va kasanachilik faoliyatiga yo‘naltirilgan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishga asoslangan “Ustoz-shogird” an’analari va modulli ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan A-1-141 raqamli “Kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va mutaxassislar malakasini oshirish o‘quv-ishlab chiqarish tizimida milliy-an’anaviy bazani hamda ushbu yo‘nalishda ta’lim berish jarayonining amaliy-uslubiy asoslarini yaratish (2015-2017 yy.)” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida yoshlar uchun kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish “Yo‘l ko‘rsatkichi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 iyuldagi 89-03-2716-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni kichik tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, kasanachilik va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
umumta’lim maktabi va oila hamkorligi asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish modelining nazorat-baholash komponentining pedagogik refleksiya asosida tarbiyaviy jarayonga tuzatishlar kiritish, pozisionlik (nuqtai nazarga egalik), kreativlik va refleksivlik ko‘rsatkichlarini determinatsiya, ochiqlik, kollegiallik, hamkorlik va dialogik munosabatlar tamoyillari bilan integratsiyasini ta’minlashga doir amaliy tavsiyalar Andijon viloyatida oilaviy tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish jarayoniga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil  9 iyuldagi 89-03-2716-son ma’lumotnomasi). Natijada ota-onalarning farzandlarida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir tarbiyaviy faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tadbirkorlik faoliyati tuzilmasiga muvofiq keluvchi komandada (collaborative) o‘qitish va biznes ta’limining ustuvor yo‘nalishlariga asoslangan ijodiy, muammoli va assesment topshiriqlari majmuini sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayoniga tizimli qo‘llash asosida o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning integrativ texnologiyasi Germaniyaning A&A Ausbildung und Arbeit Plus GmbH tashkiloti bilan hamkorlikda  o‘quvchilarni biznes ta’limiga tayyorlash  jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 iyuldagi 89-03-2716-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishning situativ ta’lim shakllari, assesment topshiriqlarini qo‘llash asosida biznes ta’limi samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish