Jiyanmuratova Gulnoz Sherbutaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston yoshlari elektoral xulq-atvorining sotsiomadaniy xususiyatlari» 22.00.01 – Sotsiologiya nazariyasi, metodologiyasi va tarixi. Sotsiologik tadqiqot usullari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/S56
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.04/2025.27.12.S.01.02
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: sotsiologiya fanlari doktori, professor v.b. Seitova Zuxraxon Pirjanovna; tarix fanlari doktori, professor Yuldashev Anvar Ergashevich; falsafa fanlari doktori, professor Saifnazarov Ismoil Saifnazarovich.
Yetakchi tashkilot: «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi yoshlari elektoral xulq-atvorining sotsiomadaniy determinantlarini tizimli tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Yoshlar elektoral xulq-atvoridagi o‘zgarishlari hamda jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy (institutsional tuzilmalar, ijtimoiy stratifikatsiya, sotsializatsiya mexanizmlari, siyosiy ishtirok amaliyoti) va madaniy (qadriyatlar tizimi, identifikatsiya modellari, mentalitet, normativ me’yorlar) voqeligini konseptual jihatdan tizimlashtiruvchi hamda nazariy-metodologik asosda tushuntirib beruvchi yangi sotsiomadaniy makro, mezo va mikro darajadagi yangi ierarxik model ishlab chiqilgan;
ilk marotaba yoshlarning saylovda ishtirok etish motivatsiyasidagi farqlarni tavsiflovchi yoshlar elektoral xulq-atvorining to‘rtta asosiy (faol islohotchi, konformist, loqayd individualist, protestli) va o‘n ikkita quyi tipdan iborat ko‘p bosqichli sotsiologik tipologiyasi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston yoshlari elektoral xulq-atvorining mahalliy sotsiomadaniy makon doirasida o‘zaro ta’sirlashuvchi ham an’anaviy (oila, din, mahalliy hamjamiyat), ham zamonaviy (raqamli ommaviy axborot vositalari, ta’lim, transmilliy qadriyatlar) omillar ta’sirida shakllangan madaniy gibrid xarakteri sotsiologik asoslantirilgan;
saylov kampaniyalarida ijtimoiy dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirishda yoshlarning partiyaviy xayrixohligi va fuqarolik identikligini shakllantirishning nazariy asoslari, strukturali modeli, ta’sir mexanizmlari va amaliy algoritmini o‘z ichiga olgan manzilli sotsiomadaniy konsepsiya ishlab chiqilgan;
yoshlarning ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, mintaqaviy va sotsiomadaniy parametrlar bo‘yicha stratifikatsion farqlanishi hamda qadriyatlar va identifikatsiya tendensiyalarini hisobga oluvchi inklyuziv elektoral xulq-atvor modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlari elektoral xulq-atvorining sotsiomadaniy xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy sotsiologik taklif hamda tavsiyalar asosida:
yoshlar elektoral xulq-atvoridagi o‘zgarishlari hamda jamiyatning o‘ziga xos ijtimoiy (institutsional tuzilmalar, ijtimoiy stratifikatsiya, sotsializatsiya mexanizmlari, siyosiy ishtirok amaliyoti) va madaniy (qadriyatlar tizimi, identifikatsiya modellari, mentalitet, normativ me’yorlar) voqeligini konseptual jihatdan tizimlashtiruvchi hamda nazariy-metodologik asosda tushuntirib beruvchi yangi sotsiomadaniy makro, mezo va mikro darajadagi yangi ierarxik model ishlab chiqilganlikka oid ma’lumotidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan 2024-yil 30-iyun – Yoshlar kuni arafasida monitoring tartibida “O‘zbekiston yoshlari – 2024: qadriyatlar, muammolar va kutilmalar haqida” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotining metodik va metodologik qismini shakllantirishda, shuningdek, ushbu mavzuda o‘tkazilgan so‘rovnoma anketasining ishlab chiqishda hamda tadqiqot natijalari bo‘yicha tahliliy materialning xulosa, taklif va tavsiyalar qismini ishlab chiqishda foydalanilgan. Dissertant tomonidan Markaz faoliyatiga joriy qilish borasida taklif qilingan ilmiy yangilik “O‘zbekiston yoshlari – 2024: qadriyatlar, muammolar va kutilmalar haqida” mavzusidagi sotsiologik tadqiqotining modifikatsiyalashtirilgan so‘rovnoma anketasini tayyorlashda, yosh saylovchilarning nafaqat demografik, ma’rifiy, hududiy va bandlik xususiyatlari, balki siyosiy institutlarga ishonchi, siyosiy identikligi va submadaniyatini ham hisobga olgan sotsiomadaniy modelini ishlab chiqishda o‘z samaradorligini ko‘rsatgan (“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazining 2025-yil 28-avgustdagi №01-16/165-son dalolatnomasi);
ilk marotaba yoshlarning saylovda ishtirok etish motivatsiyasidagi farqlarni tavsiflovchi yoshlar elektoral xulq-atvorining to‘rtta asosiy (faol islohotchi, konformist, loqayd individualist, protestli) va o‘n ikkita quyi tipdan iborat ko‘p bosqichli sotsiologik tipologiyasi ishlab chiqilganlikka oid ma’lumotidan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining yoshlar siyosiy faolligini oshirishda mintaqalarning sotsiomadaniy xususiyatlariga moslashtirilgan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqish faoliyatida foydalanilgan. Tadqiqot natijalaridan yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, faol fuqarolik pozisiyasini shakllantirish ishlarida inklyuziv yondashuv asosida targ‘ibot-tashviqot dasturlarida unumli foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 25-avgustdagi №2-13-21-4624-son dalolatnomasi);
O‘zbekiston yoshlari elektoral xulq-atvorining mahalliy sotsiomadaniy makon doirasida o‘zaro ta’sirlashuvchi ham an’anaviy (oila, din, mahalliy hamjamiyat), ham zamonaviy (raqamli ommaviy axborot vositalari, ta’lim, transmilliy qadriyatlar) omillar ta’sirida shakllangan madaniy gibrid xarakteri sotsiologik asoslantirilganlikka oid ma’lumotidan O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining yoshlarga doir siyosatini tizimli davom ettirish va ulaming siyosiy-huquqiy faolligini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan yillik ish rejalari va dasturiy maqsad va vazifalarini takomillashtirishda, shuningdek, ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazilishida foydalanilgan. Tadqiqotchi tomonidan tayyorlangan dissertatsiya ishi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining yoshlarning siyosiy-huquqiy faolligini oshirish borasidagi faoliyatini yanada jonlantirish hamda 2024-2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturidagi VI. “Oilani mustahkamlash, xotin-qizlami qo‘llab-quvvatlash, yoshlaming imkoniyatlarini kengaytirish” yo‘nalishidagi maqsad va vazifalarga erishishda muhim nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qilgan (“Adolat” SDPning 2025-yil 28-avgustdagi №01-02/219-son dalolatnomasi);
saylov kampaniyalarida ijtimoiy dasturlarni rejalashtirish va amalga oshirishda yoshlarning partiyaviy xayrixohligi va fuqarolik identikligini shakllantirishning nazariy asoslari, strukturali modeli, ta’sir mexanizmlari va amaliy algoritmini o‘z ichiga olgan manzilli sotsiomadaniy konsepsiya ishlab chiqilganlikka oid ma’lumotidan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 5 maqsad va 500 vazifani o‘z ichiga olgan Saylovoldi dasturidagi 2. «Sifatli ta’lim, tibbiyot va kuchli ijtimoiy himoyani ta’minlash» yo‘nalishining 1, 3, 4, 6 va 7-bo‘limlaridagi sifatli ta’lim, ma’naviy yuksaltirish, ijtimoiy xizmatlar, yoshlar va xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo‘llab-quvvatlashga doir bandlarini yangilashda foydalanilgan. Ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar partiyaning 2024-yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovlari saylovoldi kampaniyasi davrida partiya nomzodlarining hududlarda yosh saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etish, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ssenariylarini tayyorlashda, ilk marotaba saylovda ishtirok etuvchi yoshlar uchun uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda ilmiy manba sifatida xizmat qilgan. Shuningdek, taklif qilingan ilmiy yangilikdan mahalliy kengash deputatlari tomonidan viloyat, tuman va shahar kengashi sessiyalariga yoshlar muammolariga doir masalalarni kiritishda mahalla yoshlar yetakchilari va faol yoshlar bilan hamkorlik rejasini ishlab chiqishda keng foydalanilgan (O‘zLiDePning 2025-yil 15-avgustdagi №01-27/352-son ma’lumotnomasi);
yoshlarning ijtimoiy-demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, mintaqaviy va sotsiomadaniy parametrlar bo‘yicha stratifikatsion farqlanishi hamda qadriyatlar va identifikatsiya tendensiyalarini hisobga oluvchi inklyuziv elektoral xulq-atvor modeli ishlab chiqilganlikka oid ma’lumotidan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2023-yil 29-may KQ-513-IV-son “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini tayyorlashda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti faoliyati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi”ning 6. Yoshlarning «Yoshlar daftari»ga ro‘yxatga olinishi va ro‘yxatdan chiqarilish jarayoni ustidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda nazorat olib borish; 7. Yoshlar parlamenti a’zolarining joylarda yoshlar muammolarini zamonaviy usullari orqali o‘rganish (ijtimoiy tarmoqlarda so‘rovnomalar o‘tkazish, yoshlar bilan muloqot qilish orqali, sayyor qabullar tashkil etish) hamda ularni masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda hal etish choralarini ko‘rish; 8. Mahalliy hokimliklar tomonidan yoshlar bandligi dasturlarining ishlab chiqilishida Yoshlar parlamenti hududiy a’zolarining ishtiroki ta’minlash hamda ushbu dasturlar ijrosining monitoringini olib borish bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan. Izlanuvchi tomonidan ilgari surilgan taklif-tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 23-yanvardagi KQ-663-IV-sonli Qarori ilovasidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yilga mo‘ljallangan ish rejasining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga oid yo‘nalishlari bo‘yicha: III. “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatiga ko‘maklashish” yo‘nalishidagi 95-bandi hamda IV. “Senatning aholi murojaatlari bilan ishlash borasidagi faoliyati” yo‘nalishidagi 98-bandi vazifalarini amalga oshirishda hududlardagi faoliyatga yoshlarni jalb etish va ular bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2025-yil 20-avgustdagi №03-son ma’lumotnomasi).