Umirova Gulmira Shodiboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri “Qurilish materiallari sanoati korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish (Jizzax viloyati misolida)”, 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt3986.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sarimsakov Baxtiyor Raxmonjanovich iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/25.27.12.I.07.02
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Salohiddin Ochilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika unversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Jizzax viloyatidagi qurilish materiallari sanoat korxonalarini iqtisodiy samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining daromadlari va xarajatlari samaradorligini rentabellik ko‘rsatkichlarini “xavfli” va “meʼyoriy” chegaralar asosida, jumladan, umumiy daromadlar bo‘yicha mos ravishda <10% va 15-25%, sotishdan olingan tushumlar bo‘yicha <15% va 20-35%, asosiy faoliyatdan daromadlar uchun <5% va 10-20%, umumiy xarajatlar uchun <5% va 10-20%, ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha <7% va 12-22%, operatsion xarajatlar uchun <5% va 10-18% chegaralariga ajratish orqali baholash meʼzoni ishlab chiqilgan;
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining aktivlar rentabelligi (jami aktivlar, asosiy kapital va joriy aktivlar (<4%; 12-25%)) va kapital bo‘yicha rentabelligi (xususiy kapital va qarz kapitali (<5%; 10-18%)) darajalari bo‘yicha baholash taklif qilingan;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar xarajatlarining yalpi rentabelligi darajasining o‘zgarishini dekompozision baholashning mahsulot sotishdan olingan sof tushumlar rentabelligi, mahsulot sotishdan olingan sof tushumlarning mahsulot tannarxini qoplash darajasi va mahsulot tannarxining umumiy xarajatlardagi ulushi ko‘rsatkichlariga bogʻliq multplikativ modeli ishlab chiqilgan;
o‘rta muddatli davrda mehnat unumdorligining o‘zgarishiga qarab Jizzax viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmining 2025-2030-yillarga prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish materiallari sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining daromadlari va xarajatlari samaradorligini rentabellik ko‘rsatkichlarini “xavfli” va “meʼyoriy” chegaralar asosida, jumladan, umumiy daromadlar bo‘yicha mos ravishda <10% va 15-25%, sotishdan olingan tushumlar bo‘yicha <15% va 20-35%, asosiy faoliyatdan daromadlar uchun <5% va 10-20%, umumiy xarajatlar uchun <5% va 10-20%, ishlab chiqarish xarajatlari bo‘yicha <7% va 12-22%, operatsion xarajatlar uchun <5% va 10-18% chegaralariga ajratish orqali baholash meʼzoni (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi №02/15-3918-sonli ma’lumotnomasi) ishlab chiqilgan. Mazkur ilmiy taklifning “Karbonat” AJ, “Jizzax plastmassa” AJ, “Zenatkor temir beton buyumlari” MChJ faoliyatiga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining moliyaviy holatini doimiy monitoring qilish va xavflarni prognoz qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda meʼzonlarni aniq belgilashga imkon berdi;
qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining aktivlar rentabelligi (jami aktivlar, asosiy kapital va joriy aktivlar (<4%; 12-25%)) va kapital bo‘yicha rentabelligi (xususiy kapital va qarz kapitali (<5%; 10-18%)) darajalari bo‘yicha baholash (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi №02/15-3918-sonli ma’lumotnomasi) taklif qilingan. Mazkur ilmiy taklifning “Karbonat” AJ, “Jizzax plastmassa” AJ, “Zenatkor temir beton buyumlari” MChJ faoliyatiga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining aktivlari va kapitali samaradorligi darajasini baholash, resurslardan samarali foydalanish strategiyalarining ustuvor yoʻnalishlarini belgilashga imkon beradi;
qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar xarajatlarining yalpi rentabelligi darajasining o‘zgarishini dekompozision baholashning mahsulot sotishdan olingan sof tushumlar rentabelligi, mahsulot sotishdan olingan sof tushumlarning mahsulot tannarxini qoplash darajasi va mahsulot tannarxining umumiy xarajatlardagi ulushi ko‘rsatkichlariga bogʻliq multplikativ modeli ishlab chiqilgan(“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi №02/15-3918-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Jizzax viloyati qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining umumiy xarajatlar yalpi rentabelligi o‘zgarishida mahsulot sotishdan sof tushum rentabelligining o‘rtacha yillik ta’siri 2,9 foiz band, tannarxini qoplash darajasi ta’siri 1,1 foiz band va mahsulotlar tannarxining umumiy xarajatlardagi ulushi ta’siri 0,5 foiz band ekanligi aniqlangan;
o‘rta muddatli davrda mehnat unumdorligining o‘zgarishiga qarab Jizzax viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmining 2025-2030-yillarga prognoz ssenariylari ishlab chiqilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi №02/15-3918-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Jizzax viloyati qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 2030-yilga bazaviy prognoz bo‘yicha 2,5 marta, optimistik prognoz bo‘yicha 3,9 marta hamda pessimistik prognoz bo‘yicha esa 34,4 foizga o‘sishi aniqlangan.