Xattabov Ne’matjon Kushabaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda yuridik shaxslarning ma’muriy-huquqiy javobgarligini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Yu32 
Ilmiy maslahatchi: Malikova Gulchehra Rixsixo‘jaevna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti DSc.14/2025.2712.Yu.01.01
Rasmiy opponentlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi professori, yu.f.d. Xusanov Ozod Tillabaevich. 
2. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori, yu.f.d. Adilxo‘jaeva Surayyo Mahkamovna.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Boshqarma boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, dotsent. Maxmudov Alisher Abdusalimovich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Yuridik shaxslarning ma’muriy-huquqiy javobgarligini belgilashga oid qonun hujjatlarining nazariy va tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
“javobgarlik”, “yuridik javobgarlik”, “ma’muriy javobgarlik” va “ma’muriy-huquqiy javobgarlik” tushunchalarining innovatsion talqini kreativ yondashuv asosida takomillashtirilgan; 
yuridik shaxslarni ma’muriy huquqiy munosabat sub’ekti sifatida  ma’muriy-huquqiy javobgarlikka tortishning ilmiy-amaliy va konseptual jixatlari asoslantirilgan;
yuridik shaxslarning ma’muriy javobgarlik sub’ekti sifatidagi huquqiy maqomi hamda huquqbuzarlik tarkibining institutsional asoslari ilmiy-huquqiy asoslantirilgan;
yuridik shaxsning aybi alohida tahlil etilib, uni belgilash va isbotlashga oid protsessual xususiyatlarning istiqbollari asoslantirilgan;
yuridik shaxslarga nisbatan qo‘llaniladigan ma’muriy jazo va boshqa ma’muriy-huquqiy ta’sir choralarining klassik turlari ishlab chiqildi va uning moddiy hamda protsessual-huquqiy zaruriyati ilmiy asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda yuridik shaxslarning ma’muriy-huquqiy javobgarligini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
“javobgarlik”, “yuridik javobgarlik”, “ma’muriy javobgarlik” va “ma’muriy-huquqiy javobgarlik” tushunchalarining kreativ yondashuv asosida takomillashtirilishi doirasida tayyorlangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan. Mazkur takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan inobatga olingan.(O‘zbekiston Respblikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan 2019 yil 14 yanvardagi № 06/1-06/655-sonli ma’lumotnoma). Mazkur takliflar MJtKga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilish loyihasida ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslangan yangicha yondashuvlarning yuzaga kelishiga xizmat qiladi;  
yuridik shaxslarni ma’muriy huquqiy munosabat sub’ekti sifatida  ma’muriy-huquqiy javobgarlikka tortishning ilmiy-amaliy va konweptual jixatlariga oid ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etilgan takliflar Vazirlar Mahkamasining istiqbolda huquq ijodkorligi jarayonida foydalanilishi mumkinligi aks etgan javob xatida yaqqol o‘z ifodasini topgan(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Xalqaro huquq va huquqiy ekspertiza bo‘limining 2018 yil 23 sentyabrdagi №KM-08/1-06-336-sonli javob xati). Ushbu takliflar MJtKga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilish loyihasida ma’muriy huquqiy jarayonlarning ijtimoiy adolatni ta’minlashga yo‘naltirilishi, optimallashishi va ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritishga mas’ul sub’ektlarning funksionallashuvini ta’minlashga xizmat qiladi;
yuridik shaxslarning ma’muriy javobgarlik sub’ekti sifatidagi huquqiy maqomi hamda huquqbuzarlik tarkibining institutsional asoslari bilan bog‘liq  ilmiy-huquqiy asoslantirilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilgan va Oliy sud Plenumida Plenumning ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarning sudlar tomonidan ko‘rilish amaliyotiga doir qaror loyihalarini ishlab chiqishda albatta inobatga olinishi aks etgan (2018 yil 10 noyabrdagi №02/05-2/44-3458-sonli javob xati). Mazkur takliflar ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etgan yuridik shaxslarga nisbatan sudlar tomonidan qonuniy, asosli va adolatli qarorlar qabul qilinishida sudlarning mustaqilligini ta’minlashga, shuningdek ularning mas’uliyatini yanada oshirishga munosib xizmat qiladi. 
yuridik shaxsning aybi alohida tahlil etilib, uni belgilash va isbotlashga oid protsessual xususiyatlarning istiqbollariga oid mulohazalar tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya tadqiqotining asosiy masalalariga oid ma’ruzalarida ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi. Ushbu g‘oyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan 2015 yil 15 martdagi “Axborot texnologiyalarini sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish istiqbollari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiyada, Toshkent davlat yuridik universitetining “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi” va “Konstitutsiyaviy huquq” kafedralarining qo‘shma majlisida o‘tkazilgan 2015 yil 22 maydagi “Davlat boshqaruvida huquqning o‘rni va roli: nazariya va huquqni qo‘llash amaliyoti” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarda, 2024 yil 16-17 iyun kunlari O‘zbekiston Milliy universitetida o‘tkazilgan “Ta’lim tizimidagi islohotlar: olimlar va yoshlar nigohida” mavzuidagi III Respublika ilmiy-amaliy konferensiya hamda 2025 yilning 24 oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida o‘tkazilgan “Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi qonunchilikni zamonaviy ilmiy doktina asosida takomillashtirish”ga bag‘ishlangan davra suhbati mavzuidan o‘rin oldi. Ilgari surilgan ilmiy-nazariy ahamiyatga molik qarashlar yurisprudensiya ixtisosligining ma’muriy huquq va ma’muriy javobgarlik kontekstida ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qiladi;
MJtKning vazifalari hamda prinsiplarini yangicha qarashlar, qonunchilik tajribasi va zamonaviy talablardan kelib chiqib takomillashtirish bo‘yicha taqdim etilgan loyiha amaldagi MJtKni istiqbolda yanada takomillashtirishga munosib xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish