Axmadalieva Zebo Abduxalimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tadbirkorlik subektlarida biologik aktivlar buxgalteriya hisobini takomillashtirish”; 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4163
Ilmiy rahbar: Nurmatov Orifjon Tolibjonovich, iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.19.05.
Rasmiy opponentlar: Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pashaxodjaeva Dildora Djabborxonova, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida tadbirkorlik subektlarida biologik aktivlar buxgalteriya hisobini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
asosiy vositalarni 41-son BHXS talablari asosida qayta tasniflash orqali ular tarkibidan biologik aktivlarni ajratish va hisobga olish tartiblari hamda mezonlari asoslangan;
uzoq muddatli biologik aktivlarni hisobga olish uslubiyoti 0891-“Biologik aktivlarga kapital qo‘yilmalar” nomli analitik ishchi schyotni kiritish orqali takomillashtirilgan;
biologik aktivlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ajratib olish jarayonlari buxgalteriya hisobini takomillashtirish maqsadida 2391-“Qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish” va 2891-“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari” nomli ishchi schyotlardan foydalanish taklif etilgan;
biologik aktivlarning sintetik va analitik buxgalteriya hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Biologik aktivlarni ro‘yxatga olish va tasniflash varaqasi”, “Biologik transformatsiya holati to‘g‘risidagi hisobot”, hamda “Biologik aktivni qayta tasniflash dalolatnomasi” kabi buxgalteriya hisobini boshlang‘ich registrlarini namunaviy shakllari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish sharoitida tadbirkorlik subektlarida biologik aktivlar buxgalteriya hisobini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
asosiy vositalarni 41-son BHXS talablari asosida qayta tasniflash orqali ular tarkibidan biologik aktivlarni ajratish va hisobga olish tartiblari hamda mezonlari bo‘yicha berilgan tavsiya “Kvars”AJda foydalanish uchun qabul qilingan. (“Kvars” AJning 2025-yil 9-iyuldagi 01-17/501-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyadan “Kvars”Ajni hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan, hamda asosiy vositalardan biologik aktivlarni ajratib, ularni alohida hisobga olish korxona balansining real holatini aks ettirishga, moliyaviy natijalarni aniq ko‘rsatishga va moliyaviy hisobotlarning shaffofligi hamda korxonaning investision jozibadorligini ortishiga xizmat qilgan;
uzoq muddatli biologik aktivlarni hisobini takomillashtirish maqsadida 0891-“Biologik aktivlarga kapital qo‘yilmalar” nomli analitik ishchi schyotni kiritish bo‘yicha amaliy taklif  “Kvars”AJ amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (“Kvars” AJning 2025-yil 9-iyuldagi 01-17/501-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur amaliy taklifni joriy etilishi biologik aktivlarni yaratish va rivojlantirish bilan bog‘liq xarajatlarni tizimli hisobga olish, ularning boshlang‘ich qiymatini aniq shakllantirish, investisiyalar samaradorligini baholash hamda moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini oshirishga xizmat qilgan;
biologik aktivlardan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ajratib olish jarayonlari buxgalteriya hisobini yuritishda 2391-“Qishloq xo‘jaligi mahsulotini etishtirish” va 2891-“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari” nomli ishchi schyotlardan foydalanish bo‘yicha berilgan taklif “Kvars”AJ amaliy faoliyatiga joriy etilgan. (“Kvars” AJning 2025-yil 9-iyuldagi 01-17/501-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan va bu o‘z navbatida biologik aktivlardan mahsulot olish jarayonlari, mahsulot tannarxi va ombordagi qoldiqlar ustidan nazoratni kuchayishiga, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi va tahliliy ahamiyatini ortishiga xizmat qilib, korxonada 41-son BHXS talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish imkoniyatini yaxshilagan;
biologik aktivlarning sintetik va analitik buxgalteriya hisobini yuritishda shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Biologik aktivlarni ro‘yxatga olish va tasniflash varaqasi”, “Biologik transformatsiya holati to‘g‘risidagi hisobot”, hamda “Biologik aktivni qayta tasniflash dalolatnomasi” kabi buxgalteriya hisobini boshlang‘ich registrlarini namunaviy shakllari bo‘yicha berilgan tavsiya “Kvars”AJ amaliy faoliyatiga joriy etilgan (“Kvars” AJning 2025-yil 9-iyuldagi 01-17/501-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyadan korxonaning hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan va bu o‘z navbatida biologik aktivlar hisobining hujjatlashtirilishini takomillashtirishga, sintetik va analitik hisob ma’lumotlarining uyg‘unligini ta’minlashga, ichki nazorat va auditorlik tekshiruvlari samaradorligini ortishiga hamda moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va xalqaro standartlarga muvofiqligini sezilarli darajada yaxshilanishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish