Mirzaev Tolibjon To‘raqul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda talabalarning axborot xavfsizligi bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10536
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.16.03
Rasmiy opponentlar: Adizov Baxtiyor Raxmonovich. Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori (DSc),; Sariev Rustam Bobomurodovich. Buxoro davlat texnika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bo‘lajak Oliy ta’lim muassasalari talabalarining innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali axborot xavfsizligiga oid kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Oliy ta’lim muassasasi talabalarining axborot xavfsizligiga oid kompetensiyalarini rivojlantirishda ta’lim tizimining globallashuvi, raqamli transformatsiya, axborot resurslaridan foydalanish madaniyatining shakllanishi, shaxsiy xavfsizlik uchun mas’uliyat hissining kuchayishi, shuningdek, mustaqil bilim olish, o‘zini-o‘zi baholash va nazorat qilish, axborotni tahlil qilish va saralash, zararli axborotlarga nisbatan himoyalanish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilinib, ularni axborot xavfsizligining konfedensiallik, yaxlitlik va mavjudlik tamoyillari asosida pedagogik, psixologik va fiziologik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilgan holda o‘qitish zaruriyati ijtimoiy-pedagogik asosda ilmiy jihatdan asoslandi.
Tadqiqotda talabalarda axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim, amaliy, tahliliy, innovatsion, kommunikativ va huquqiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuv asosida o‘qitish shakllari (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ish, sayyor dars, guruhli ish), metodlari, innovatsion texnologiyalari va zamonaviy o‘qitish vositalarining o‘zaro integratsiyasi bilan uyg‘unlashgan metodik model ishlab chiqildi. Model doirasida har bir kompetensiyaga mos shakl, metod va texnologiyani tanlash mezonlari aniqlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish orqali talabalarning axborot xavfsizligiga oid kompetensiyalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qiluvchi metodika ishlab chiqildi.
Talabalarning axborot xavfsizligiga oid bilim, amaliy, tahliliy, innovatsion, kommunikativ va huquqiy kompetensiyalarini Case-Based Learning, Project-Based Learning, simulyasiya, gamifikatsiya va AR/VR texnologiyalariga asoslangan interaktiv metodlar orqali aniqlash, rivojlantirish va baholash, shuningdek, ularni kompetensiyaviy yondashuv asosida ko‘p bosqichli mezonlar orqali baholab, o‘quv jarayoniga moslashtirishni ta’minlovchi innovatsion metodika ishlab chiqildi.
Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik fanlarini innovatsion metodlar asosida samarali o‘qitish uchun amaliy topshiriqlar, diagnostik vositalar, baholash mezonlari va bosqichli yondashuvlarni qamrab olgan metodik qo‘llanma hamda o‘quv platformalar majmuasi ishlab chiqilib, talabalarning axborot madaniyati va kiberxavfsizlik bo‘yicha tayyorgarlik darajasini oshirishga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar tizimi takomillashtirildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborot xavfsizligiga doir kompetensiyalarini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar:
Case-Based Learning, Project-Based Learning, simulyasiya, gamifikatsiya va AR/VR texnologiyalariga asoslangan interaktiv metodlardan foydalanib talabalarning “axborot resurslaridan foydalanish madaniyatining shakllanishi”, “shaxsiy xavfsizlik uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish”, “mustaqil bilim olish”, “o‘zini-o‘zi baholash va nazorat qilish”, “axborotni tahlil qilish va saralash”, “zararli axborotlarga nisbatan himoyalanish” kabi kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “Talabalarning axborot xavfsizligi bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantiruvchi o‘quv platforma”, “Axborot xavfsizligi asoslari” hamda “Kiberxavfsizlik” nomli o‘quv-metodik vositalaridan Buxoro davlat texnika universitetining 2019-2021-yillarda bajarilgan A-5-37 raqamli “Shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida texnik yo‘nalishlar bo‘yicha malakali muhandis kadrlar tayyorlash va o‘qituvchilar malakasini oshirish sifatini oshirish” (2019-2021 yy.) mavzusidagi amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro texnika universitetining 2025-yil 19-noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim, amaliy, kommunikatsion, innovatsion, tahliliy hamda huquqiy kompetensiyalari rivojlantirilgan;
IT ta’lim olish jarayonida axborot xavfsizligi sohasidagi kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish jarayonida axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, shaxsiy xavfsizlik uchun mas’uliyat hissini mustahkamlash, zararli axborotlar ta’siridan himoyalanish kompetensiyalarini shakllantirishda interaktiv o‘quv metodlari va innovasion yondashuvlardan, shuningdek, tinglovchilarning axborot xavfsizligi bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishda “Axborot xavfsizligi asoslari” va “Kiberxavfsizlik” nomli o‘quv qo‘llanmalari hamda maxsus ishlab chiqilgan o‘quv platformasidan 19-12/147-sonli Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan O‘zbekiston “Tadbirkor va ishbilarmon ayollar” birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan “Mamlakatimizda xotin-qizlar manfaati doimiy e’tiborda!” mavzusidagi amaliy loyihalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Tadbirkor va ishbilarmon ayollar” birlashmasining 2025-yil
3-noyabrdagi 42 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya natijalari ushbu loyiha mazmunini boyitishda nazariy-amaliy asos sifatida xizmat qilgan;
tadqiqotda talabalarda axborot xavfsizligi bo‘yicha bilim, amaliy, tahliliy, innovatsion, kommunikativ va huquqiy kompetensiyalarni tizimli rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuv asosida o‘qitish shakllari (ma’ruza, amaliy mashg‘ulot, mustaqil ish, sayyor dars, guruhli ish), metodlari, innovatsion texnologiyalari va zamonaviy o‘qitish vositalarining o‘zaro integratsiyasi bilan uyg‘unlashgan metodik model asosida pedagogik tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, oliy ta’limni rivojlanirish tadqiqotlar markazining 2025-yil 23-oktyabrdagi 02/17-2025-15-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodika doirasida har bir kompetensiyaga mos shakl, metod va texnologiyani tanlash mezonlari aniqlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish orqali talabalarning axborot xavfsizligiga oid kompetensiyalarini bosqichma-bosqich shakllantirishga xizmat qildi;
talabalar axborot xavfsizligi buzilishiga olib keluvchi omillarni tahlil qilish va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olish, yangi xavflarni tezda aniqlash va unga mos xavfsizlik tizimini amalda qo‘llay olish, innovatsion texnologiyalar yordamida axborot xavfsizligini ta’minlashning noananaviy metodikasini ishlab chiqish va asoslay olish; axborot xavfsizligini ta’minlovchi yangi texnika-texnologiyalar yarata olish kompetensiyalari innovatsion metodlar asosida samarali o‘qitish uchun amaliy topshiriqlar, diagnostik vositalar, baholash mezonlari va bosqichli yondashuvlarni qamrab olgan o‘quv qo‘llanma hamda ishlab chiqilgan o‘quv platformalardan foydalanish orqali o‘qitish metodikasi mazmunan takomillashtirilga oid mualliflik g‘oyalari “Axborot xavfsizligi asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i, 258-2070-raqamli guvohnomasi). Natijada, innovatsion texnologiyalardan foydalanib Oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborot xavfsizligiga doir bilim, tahliliy va innovasion kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan;
talabalarning axborot almashinuvi vositalari (kompyuter va mobil qurilmalar, tarmoq jihozlari – modem, router, svitch, dasturiy vositalar – internet, elektron pochta, bulutli texnologiyalar, ofis uskunalari – printer, skaner, faks hamda bosma manbalar – kitob, gazeta va jurnallar)dan samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, xavfsizlik parollarini o‘rnatish, autentifikatsiya qilish, parollarni yangilab turish, ma’lumotlarni shifrlash, axborotni himoyalash (antivirus dasturlari, xavfsizlik devorlari), shuningdek, bulutli texnologiyalar (Google Drive, OneDrive kabi)dan foydalanish hamda ma’lumotlar yo‘qotilganda ularni tiklay olish bo‘yicha kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar tizimi “Kiberxavfsizlik asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga integratsiya qilindi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-son buyrug‘i, 258-1770-raqamli guvohnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida fanlarni o‘qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarning axborot xavfsizligi bo‘yicha amaliy, kommunikativ va huquqiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi metodikani takomillashtirishga erishildi.
Mazkur dissertatsiya tadqiqoti natijalari bo‘yicha olingan ma’lumotlar o‘quv jarayoniga joriy etilgan.