Qazbek Bozorboy uli Nag‘ashboevning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Sovet hokimiyatining Turkiston ASSR – O‘zbekiston SSRda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi siyosati (1917 – 1945-y.)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2025.4.PhD/Tar.1803
Ilmiy rahbar: Qahramon Kenjaevich Rajabov, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti. DSc.05/2025.27.12.Tar.05.01. 
Rasmiy opponentlar: Baxtiyor Ergashevich Ergashev, tarix fanlari doktori, professor; 
Muzrob G‘ulomovich Abdullaev, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sovet hokimiyatining 1917 – 1945-yillarda Turkiston ASSR – O‘zbekiston SSRda jismoniy tarbiya va sport sohasida yuritgan siyosatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Turkiston ASSR – O‘zbekiston SSRda jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqarish siyosati g‘oyaviy jihatdan uch davrga: 1921-1924-yillarda – Turkiston fronti Umumiy harbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Turkiston jismoniy tarbiya markaziy kengashi davri (erli aholini harbiy askar qilib tayyorlash maqsad qilingan); 1925-1936-yillarda – rasmiy jihatdan O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tasarrufidagi, amalda esa kommunistik mafkurani yoyish vazifasini bajaruvchi Qizil sport internatsionali tashkiloti huzuridagi Jismoniy tarbiya Oliy kengashi davri (erli aholi orasidan ishchi qatlam vakillarini yaratish maqsad qilingan); 1936-yildan O‘zbekiston SSR Xalq komissarlar soveti tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi davri (dunyoda mavjud fashistik-kapitalistik urusholdi qarama-qarshilik jarayonida, sovet hokimiyati tomonidan sport orqali xalqaro siyosatda kommunistik mafkurani keng yoyish maqsad qilingan) sifatida faoliyat yuritganligi asoslangan;
sovet hukumati ilk davrlarda O‘zbekiston SSRda jismoniy tarbiya va sport sohasini siyosiy maqsadlarda foydalanish quroliga aylantirish uchun milliy o‘yinlarni ta’qiqlash (kurash, ot sporti va h.k.), maktablarda milliy va turk millatiga mansub jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini vazifasidan chetlashtirib, o‘rniga o‘z mutaxassislarini qo‘ygan bo‘lsada, 1929-yilga kelib  mamlakatda industrlashtirish, jamoalashtirish jarayonlari boshlangach mustamlaka hukumati milliy aholiga g‘oyaviy yaqinlashish va shu orqali o‘z mafkurasini singdirish maqsadida milliy o‘yinlarga qo‘yilgan ta’qiqni yumshatib borgani dalillangan;
sovet hokimiyati tomonidan 1930-yillarda engil sanoatni rivojlantirish maqsadida paxta siyosatini o‘rnatilishi hamda qo‘l kuchiga ehtiyoj yuqoriligi sababli jismonan baquvvat va sog‘lom ishchi kuchini tayyorlashning dolzarblashishi natijasida kolxoz-sovxozlarda sport to‘garaklari tashkil qilingan hamda asosan yoshlar qamrab olinib ular orasida milliy g‘oyalarni cheklash (diniy, milliy marosimlarga bormaslik, bayramlarni nishonlamaslik), ko‘proq mehnatga jalb qilish (bayram va dam olish kunlari ham ishga chiqish tashabbusi, zarbdor qahramonlarni yasash) harakatlarini to‘garak  rahbarlari orqali amalga oshirish siyosat yuritganligi aniqlangan;
1931 – 1934-yillarda sovet kishilarini jismoniy jihatdan sog‘ligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan 14 yoshdan kichiklar uchun BGTO (Mehnat va mudofaaga bo‘l tayyor) va 14 yoshdan kattalar uchun GTO (Mehnat va mudofaaga tayyor) sport sinov mashqlarining tashkil qilinishi jismoniy tarbiya asosida salomatlikni asrashga deb talqin qilingan bo‘lsada, aslida aholini jamoaviy mehnatga tayyorlash va harbiy mudofaa ishlariga yo‘naltirish maqsad qilingani  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkiston ASSR – O‘zbekiston SSRda jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqarish siyosati g‘oyaviy jihatdan uch davrga: 1921-1924-yillarda – Turkiston fronti Umumiy harbiy ta’lim boshqarmasi tasarrufidagi Turkiston jismoniy tarbiya markaziy kengashi davri (erli aholini harbiy askar qilib tayyorlash maqsad qilingan); 1925-1936-yillarda – rasmiy jihatdan O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi tasarrufidagi, amalda esa kommunistik mafkurani yoyish vazifasini bajaruvchi Qizil sport internatsionali tashkiloti huzuridagi Jismoniy tarbiya Oliy kengashi davri (erli aholi orasidan ishchi qatlam vakillarini yaratish maqsad qilingan); 1936-yildan O‘zbekiston SSR Xalq komissarlar soveti tasarrufidagi Jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi davri (dunyoda mavjud fashistik-kapitalistik urusholdi qarama-qarshilik jarayonida, sovet hokimiyati tomonidan sport orqali xalqaro siyosatda kommunistik mafkurani keng yoyish maqsad qilingan) sifatida faoliyat yuritganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ayrim ko‘rsatuvlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 23-dekabr 01-33/975-sonli ma’lumotnoma). Taqdim etilgan materiallar telekanal ko‘rsatuvlari ssenariylarini boyitishga xizmat qiladi;
sovet hukumati ilk davrlarda O‘zbekiston SSRda jismoniy tarbiya va sport sohasini siyosiy maqsadlarda foydalanish quroliga aylantirish uchun milliy o‘yinlarni ta’qiqlash (kurash, ot sporti va h.k.), maktablarda milliy va turk millatiga mansub jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini vazifasidan chetlashtirib, o‘rniga o‘z mutaxassislarini qo‘ygan bo‘lsada, 1929-yilga kelib  mamlakatda industrlashtirish, jamoalashtirish jarayonlari boshlangach mustamlaka hukumati milliy aholiga g‘oyaviy yaqinlashish va shu orqali o‘z mafkurasini singdirish maqsadida milliy o‘yinlarga qo‘yilgan ta’qiqni yumshatib borganiga oid ma’lumotlardan 2022 – 2024 yillarda O‘zR FA Tarix instituti tomonidan bajarilgan FZ – 202007287 “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari (eng qadimgi davrlardan 1991 yilgacha) elektron “Aqlli kutubxona” platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2026-yil 19-mart 3/1255-745-sonli ma’lumotnoma). Aniqlangan arxiv hujjatlari Turkiston ASSR – O‘zbekiston SSR jismoniy tarbiya va sport sohasining kam o‘rganilgan qismini ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi;
sovet hokimiyati tomonidan 1930-yillarda engil sanoatni rivojlantirish maqsadida paxta siyosatini o‘rnatilishi hamda qo‘l kuchiga ehtiyoj yuqoriligi sababli jismonan baquvvat va sog‘lom ishchi kuchini tayyorlashning dolzarblashishi natijasida kolxoz-sovxozlarda sport to‘garaklari tashkil qilingan hamda asosan yoshlar qamrab olinib ular orasida milliy g‘oyalarni cheklash (diniy, milliy marosimlarga bormaslik, bayramlarni nishonlamaslik), ko‘proq mehnatga jalb qilish (bayram va dam olish kunlari ham ishga chiqish tashabbusi, zarbdor qahramonlarni yasash) harakatlarini tugarak  rahbarlari orqali amalga oshirish siyosat yuritganligiga oid birlamchi arxiv manbalari hujjatlaridan “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining ayrim ko‘rsatuvlari ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi, “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 23-dekabr 01-33/975-sonli ma’lumotnoma). Taqdim etilgan materiallar telekanal ko‘rsatuvlari ssenariylarini boyitishga xizmat qiladi; 
1931 – 1934-yillarda sovet kishilarini jismoniy jihatdan sog‘ligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan 14 yoshdan kichiklar uchun BGTO (Mehnat va mudofaaga bo‘l tayyor) va 14 yoshdan kattalar uchun GTO (Mehnat va mudofaaga tayyor) sport sinov mashqlarining tashkil qilinishi jismoniy tarbiya asosida salomatlikni asrashga deb talqin qilingan bo‘lsada, aslida aholini jamoaviy mehnatga tayyorlash va harbiy mudofaa ishlariga yo‘naltirish maqsad qilinganiga oid ma’lumotlardan 2022 – 2024-yillarda O‘zR FA Tarix instituti tomonidan bajarilgan FZ – 202007287 “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixi manbalari (eng qadimgi davrlardan 1991-yilgacha) elektron “Aqlli kutubxona” platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2026-yil 19-mart 3/1255-745-sonli ma’lumotnoma). Aniqlangan arxiv hujjatlari Turkiston ASSR – O‘zbekiston SSR jismoniy tarbiya va sport sohasining kam o‘rganilgan qismini ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish