Quvatova Gulzoda Faxriddin qizining 
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa sanoat korxonalarida investisiya jarayonlarini rivojlantirish mexanizmlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5694
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudoyar Suyunovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Nabiev G‘ulom Abdisamadovich, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Abdiev Alimardon Chorshanbievich, Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mintaqa sanoat korxonalarida investisiya jarayonlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
mintaqa sanoat korxonalarida investisiya jarayonlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi DSGE modeli asosida takomillashtirilib, investisiya resurslarini jalb etish va ulardan samarali foydalanish orqali sanoat ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan amaliy yondashuv ishlab chiqildi;
sanoat korxonalarida investisiya samaradorligini baholashning moliyaviy-iqtisodiy, texnologik, raqamli transformatsiya, resurs samaradorligi va klaster sinergiyasi indekslarini o‘zida mujassamlashtirgan modifikatsiyalangan investisiya samaradorligi indeksi (ISE) ishlab chiqilib, investision faoliyat natijadorligini kompleks baholashga xizmat qiluvchi ko‘p omilli model taklif etildi;
mintaqa sanoat korxonalarida investisiya jarayonlarini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilib, investisiya faolligiga ta’sir etuvchi omillar ARDL modeli asosida baholanib, investisiya resurslarini samarali jalb etish yo‘nalishlari asoslandi;
Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalarida investisiya jarayonlari va sanoat ishlab chiqarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi ko‘p omilli ekonometrik model ishlab chiqilib, investisiyalar sanoat o‘sishining asosiy omili ekanligi asoslandi hamda 2030-yilga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 78,5 trln so‘mga etishi prognoz qilindi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa sanoat korxonalarida investisiya jarayonlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy takliflar asosida:
mintaqa sanoat korxonalarida investisiya jarayonlarini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini DSGE modeli asosida takomillashtirish hamda investisiya resurslarini jalb etish va ulardan samarali foydalanish orqali sanoat ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan amaliy yondashuv bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-44-son qarori, “2023-2025-yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash jarayonida hududda sanoat korxonalarida investisiya faoliyatini rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirishni ilmiy asoslashda foydalanildi (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 29-apreldagi 05-05/4947-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiyalar hajmini 10 foizga oshirish sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘rtacha 4,6 foizga o‘sishini ta’minlashi asoslanib, investisiya resurslarini ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish samaradorligi oshirildi;
mintaqa sanoat korxonalarida investisiya samaradorligini baholashning moliyaviy-iqtisodiy, texnologik, raqamli transformatsiya, resurs samaradorligi va klaster sinergiyasi indekslarini o‘zida mujassamlashtirgan modifikatsiyalangan investisiya samaradorligi indeksi (ISE) hamda investision faoliyat natijadorligini kompleks baholashga xizmat qiluvchi ko‘p omilli model bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-389-son qarori, “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida hududda sanoat korxonalarida investisiya faoliyatini rivojlantirish, investisiya loyihalarini shakllantirish va ularning samaradorligini oshirish jarayonlarini ilmiy asoslashda foydalanildi (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 29-apreldagi 05-05/4947-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalarining investision faoliyati reytinglanib, investisiya resurslarini taqsimlashda korxonalarning investisiya samaradorligi darajasini aniqlash hamda ustuvor moliyalashtirish mexanizmini qo‘llash imkoniyati yaratildi; 
mintaqa sanoat korxonalarida investisiya jarayonlarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish hamda investisiya faolligiga ta’sir etuvchi omillarni ARDL modeli asosida baholash va investisiya resurslarini samarali jalb etish yo‘nalishlarini asoslash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-44-son qarori, “2023-2025-yillarda Qashqadaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash jarayonida sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnologik yangilash hamda investisiya faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ilmiy asos sifatida foydalanildi (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 29-apreldagi 05-05/4947-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 1 birlikka o‘sishi investisiyalar hajmining o‘rtacha 0,706 birlikka oshishini ta’minlashi aniqlanib, investisiya resurslarini sanoat ishlab chiqarishi yuqori sur’atlarda rivojlanayotgan tarmoqlarga yo‘naltirish samaradorligi oshirildi;
Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalarida investisiya jarayonlari va sanoat ishlab chiqarishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiruvchi ko‘p omilli ekonometrik model hamda rivojlanish istiqbollarini prognozlash bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-389-son qarori, “Qashqadaryo viloyatini 2024-2025-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash jarayonida hududiy rivojlanish prognozlarini shakllantirish, investisiya jarayonlarini istiqbolli baholash hamda sanoat ishlab chiqarishining barqaror o‘sishini ta’minlash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda foydalanildi (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 29-apreldagi 05-05/4947-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiyalar hajmining ortishi hisobiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining 2030-yilda 78,5 trln so‘mga etishi hamda 2025-yilga nisbatan qariyb 1,9 baravar o‘sishi prognoz qilindi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish