Shapatov Feruz Utaganovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «2-brommetiloksiran bilan azot saqlagan birikmalar asosida ko‘p funksional oligomer kation sirt-faol moddalar sintezi va xossalari», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1046.
Ilmiy rahbar: Ismailov Rovshan Isroilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.15.08.
Rasmiy opponentlar: Eshmetov Izzat Doʻsimbatovich, texnika fanlari doktori, professor; Xandamov Davron Abduqodirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 2-brommetiloksiran va 1,3-difenilguanidin asosidagi oligomerlanish hamda olingan ko‘p funksiyali oligomer moddalarning kolloid-kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
2-brommetiloksiran bilan 1,3-difenilguanidin va 2-aminobenzimidazol asosidagi oligomer sirt-faol moddalar sintez qilingan;
spektroskopik tadqiqotlar va reaksiya tezligi bog‘liqliklari, boshlang‘ich moddalar nisbati 2:1 va harorat 333 K ma’lumotlari asosida sintez jarayonlarining mexanizmi va kinetik qonuniyatlari aniqlangan;
matematik modellashtirish usuli yordamida epoksid oligomerlarni sintez qilishning optimal shartlari harorat 313-333 K aniqlangan;
sintez qilingan sirt-faol moddalarning sirt faollik xususiyatlari, solyubilizatsiya qilish qobiliyati aniqlangan;
2-bromometiloksiran bilan 1,3-difenilguanidin o‘zaro ta’sirida epoksid halqasining nukleofil ochilishi va alkillanish reaksiyalari sodir bo‘lishi, bu esa guanidiniy fragmentlarini o‘z ichiga olgan oligomer mahsulotlarning hosil bo‘lishiga olib kelishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1,3-difenilguanidin bilan 2-brommetiloksiran o‘zaro ta’siri asosida oligomerlarni sintez qilish sharoitlarining ta’siri va olingan ko‘p funksiyali oligomer moddalarning kolloid-kimyoviy, fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqava suvlarni bo‘yoq qoldiqlaridan tozalashda 1,3-difenilguanidin bilan 2-brommetiloksiran asosidagi ion almashinuvchi smolalar sintez qilish texnologiyasi “BAXODIR LOG‘ON TEKSTIL” MChJ QKning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan ("BAXODIR LOG‘ON TEKSTIL" MChJ QKning 2025 yil 5 sentyabrdagi 478-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, moddalarning tozalanish darajasi 95,1 % ni, bo‘yoqlar tarkibidagi qo‘shimcha ionlarni kamaytirish darajasi esa ion almashinuvchi material turiga bog‘liq holda 87–91 % ni tashkil etib, bunday samaradorlik modifikatsiyalash jarayonida hosil bo‘ladigan struktura, rivojlangan yuza va funksional guruhlarning optimal nisbatini ta’minlash imkonini beradi;
2-brometiloksiran va azot saqlagan birikmalar asosida olingan oligomer ion almashinuvchi qatron yordamida oqova suvlarni kationlardan tozalash texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilib (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil 17 sentyabrdagi 01-02/243A-son ma’lumotnomasi). Natijada, tozalangan suv tarkibida kationlar miqdori 1,12 % gacha kamaytirilgan hamda ushbu texnologiyaning neft va gaz sanoatida metall konstruksiyalar va qurilmalarning xizmat muddatini uzaytirish imkonini beradi.