Jo‘raev Isroil Ibrohimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlash», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt479.
Ilmiy rahbar: Isakov Janabay Yakipbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusqobilov Umidjon Sharofiddinovich, iqtisodiyot fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozit bazasi mustahkamlashga doir takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari resurslari tarkibida uzoq muddatli depozitlar ulushini oshirish va bankning sof foizli spred ko‘rsatkichining barqarorligini ta’minlashda mamlakatimizdagi inflyasiya darajasini inobatga olish taklif etilgan;
tijorat banklari uzoq muddatli kreditlari va muddatli depozitlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash hamda ularning barqaror o‘sish sur’atlariga erishish orqali banklardagi transformatsiya riskini samarali boshqarish taklif etilgan;
bank kapitali tarkibida davlat ulushi yuqori bo‘lgan tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozit sertifikatlari chiqarish va ularga to‘lanayotgan foizlar barqarorligini ta’minlash orqali bank tizimi depozit bazasini mustahkamlash taklif etilgan;
mamlakatimizda kapitali tarkibida davlat ulushi yuqori tijorat banklarining majburiyatlari tarkibida depozit mablag‘larining ulushini oshirish orqali ularning depozit bazasini mustahkamlash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlash borasida ishlab chiqilgan takliflar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlashda ularga to‘lanayotgan o‘rtacha foizlarni hisoblashda mamlakatimizdagi inflyasiya darajasini inobatga olish taklifi ATIB «Ipotekabank»ning  foiz siyosatida o‘z aksini topgan va  amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipotekabank»ning 2019 yil 14 avgustdagi 16/6415-son  ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi bankka aholining vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hajmini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, natijada bankning muddatli depozitlari 2019 yil 1 yarim yillikda 21,5 foizga oshirish imkonini bergan;
tijorat banklari uzoq muddatli kreditlari va muddatli depozitlari (asosan 1 yildan ortiq) o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash orqali banklardagi transformatsiya riskini samarali boshqarish taklifi ATIB «Ipotekabank»ning risklarni boshqarish  amaliyotiga joriy etilgan (ATIB «Ipotekabank»ning 2019 yil 14 avgustdagi 16/6415-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi tijorat bankida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan transformatsiya riskini samarali boshqarish bilan birga 1 yildan ortiq muddatga jalb qilingan depozitlarni 110 mlrd. so‘mga oshirish imkonini bergan.
bank kapitali tarkibida davlat ulushi yuqori bo‘lgan tijorat banklari tomonidan uzoq muddatli depozit sertifikatlarini chiqarish orqali tijorat banklari depozit bazasini mustahkamlash taklifi ATIB «Ipotekabank»ning depozit siyosatini ishlab chiqishda inobatga olingan va  amaliyotga joriy etilgan (ATIB “Ipotekabank”ning 2019 yil 14 avgustdagi 16/6415-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ATIB Ipoteka bankning muddatli depozit sertifikatlari hajmini ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, bank tomonidan 2019 yil 1 yarim yillikda 17 mlrd. so‘mlik muddatli moliyaviy mablag‘larni jalb etish imkoniyati yaratilgan.
Kapitalida davlat ulushi mavjud tijorat banklarining majburiyatlari tarkibida depozitlarning ulushini oshirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish taklifi ATIB «Ipotekabank»ning depozit siyosatini ishlab chiqishda inobatga olingan va amaliyotga joriy etilgan (ATIB «Ipotekabank»ning 2019 yil 14 avgustdagi 16/6415-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif bank tomonidan amaliyotga joriy etildi va bankning 2019 yil 2-chorak yakunlari bo‘yicha umumiy depozitlari hajmini 11,3 foizga oshirish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish