Aminjonova Charosxon Akmalovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I.Umumiy ma’lumot. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “Buxoro viloyati sharoitida soya navlarining qurg‘oqchilikka chidamlilik fiziologiyasi”, 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/V923.
Ilmiy rahbar: Xolliev Askar Ergashovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.V.08.09.
Rasmiy opponentlar: O‘roqov Sirojiddin Xudoyberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Xalilov Nasriddin, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqot maqsadi. har xil darajadagi tuproq namligi va qurg‘oqchilik sharoitida soya (Glycine max (L.) Merr.) navlarining fiziologiyasi, mahsuldorligi va hosildorligiga suv stressi ta’siri asosida navlarning chidamlilik darajasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining o‘ziga xos tuproq-iqlim sharoitida soya navlarining fiziologik  xususiyatlari hamda mahsuldorlik darajasi tuproqning har xil namlik sharoitlarida navlar kesimida qiyosiy tarzda baholanib, oʻsimlikning mahalliy agroiqlimiy muhitga moslashuv qonuniyatlari ilmiy asoslangan;
soya urug‘lari tarkibidagi oqsil va yog‘ miqdorining qurg‘oqchilik sharoitida o‘zgarish dinamikasi aniqlanib, ushbu biokimyoviy koʻrsatkichlarning hosildorlik va fiziologik moslashuv ko‘rsatkichlari bilan uzviy bogʻliqligi navlarning suv taqchilligiga javob reaksiyasini tavsiflovchi ishonchli mezonligi aniqlangan;
soya navlarining suv stressiga chidamlilik xususiyatlari transpiratsiya jadalligi, barglarning kunduzgi suv tanqisligi, hujayralarning turgor holati, barg to‘qimalarining osmotik bosimi, bog‘langan suv miqdori, katalaza fermenti faolligi, fotosintetik pigmentlar va fotosintetik potensial ko‘rsatkichlari asosida kompleks baholangan;
suv tanqisligi va tuproqning har xil namlik sharoitlarida “Zara”, “Bars” va “Optima” navlariga nisbatan “Arisoy”, “Zamin” va “Chara” navlarida fiziologik va biokimyoviy koʻrsatkichlar qiymati ontogenetik xususiyatlariga asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyati sharoitida soya navlarining qurg‘oqchilikka chidamlilik fiziologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurg‘oqchilikka chidamlilik va adaptatsiya darajasi yuqori bo‘lgan “Arisoy”, “Zamin” va “Chara” navlarini suv stressiga chidamlilik darajasi asosida suv tanqis va issiq shamollar kuzatiladigan hududlarga, qurg‘oqchilikka chidamlilik darajasi – o‘rtacha bo‘lgan “Olmos” va “Bars”, chidamlilik darajasi past bo‘lgan “Optima” va “Zara” navlarini suv tanqisligi kamroq kuzatiladigan hududlarga ekish Buxoro tumanida joylashgan “Madaniyat Muhammad Ismat” fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 25 fevraldagi 05/05-02-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, qurg‘oqchilikka ekofiziologik chidamlilik darajasi yuqori bo‘lgan soyaning “Arisoy” navidan optimal namlikda 28,4 s/ga; cheklangan namlikda - 26,3 s/ga; qurg‘oqchil sharoitda - 23,0 s/ga ni tashkil etib, “Zamin” navining hosildorligi mos ravishda- 26,5; 24,0; 20,1 s/ga ni tashkil etib, “Chara” navidan mos ravishda- 25,8; 22,0 va 19,2 s/ga ni tashkil etib, iqtisodiy samaradorlikka erishish  imkonini bergan;
qurg‘oqchilikka ekofiziologik chidamlilik darajasi har xil bo‘lgan soya navlarini etishtirish agrotexnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar “Yakkatut paxtachilik, g‘allachilik, sholichilik va urug‘chilik klasteri” amaliyotiga joriy qilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining  2026 yil 25 fevraldagi 05/05-02-129-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshqa o‘rganilgan navlarga nisbatan optimal, cheklangan va qurg‘oqchil variantlarda hosil salmog‘ining mos ravishda 12-15 % ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish