Muratova Shaxnoza Xakimbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy o‘simlik xomashyosi Iskandar ko‘kamaroni asosida tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan quruq ekstrakt va kapsula dori shakli texnologiyasini ishlab chiqish», 15.00.01 - Dori texnologiyasi (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Far76.
Ilmiy rahbar: Ismailova Moxinur Gafurovna, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti, DSc.06/2025.27.12.Far.25.01.
Rasmiy opponentlar: Foziljonova Malika Shuxratjonovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Rizaeva Nilufar Muxutdinovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Iskandar ko‘kamaroni o‘simligining er usti qismidan quruq ekstrakt olish texnologiyasini ishlab chiqish, hamda ushbu ekstrakt asosida tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo‘lgan kapsula dori shaklini tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Iskandar ko‘kamaroni o‘simligining er ustki qismidan bir vaqtning o‘zida flavonoidlar va oshlovchi moddalarni samarali ajralib chiqishi uchun maqbul ekstraksiya shart-sharoitlari aniqlangan;
suyuq ekstraktni 40% etil spirtidan foydalangan holda olish va uni purkab quritish usulida quritish uchun asosiy texnologik parametrlar ilmiy jihatdan asoslangan;
ilk bor Iskandar ko‘kamaronining er ustki qismidan sedativ ta’sirga ega quruq ekstraktni olish texnologiyasi ishlab chiqildi va uning sifati baholangan;
ilk bor “Sedatal–IS” nomli tinchlantiruvchi ta’sirga ega kapsula dori shaklining ilmiy asoslangan tarkibi va tayyorlash texnologiyasi yaratildi va sifati baxolangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘simlik xomashyosi asosida tinchlantiruvchi ta’sirga ega quruq ekstrakt va kapsula texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Iskandar ko‘kamaroni quruq ekstrakti” va “Sedatal-IS” kapsulalari uchun “SULTON MEDPHARM” MChJ bilan xamkorlikda korxona farmakopeya maqolalarining loyixalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMga ro‘yxatdan o‘tqazish uchun taqdim etilgan ("Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" DMning .2024 yil 9 yanvardagi 41/11-924-sonli xati). Korxona farmakopeya maqolalarining tasdiqlanishi natijasida mahalliy xomashyolar asosida tinchlantiruvchi dori vositasini ishlab chiqish imkonini beradi;
“SULTON MEDPHARM” MChJ bilan hamkorlikda “Sedatal-IS” kapsulalarini ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba-sanoat reglamentlari ishlab chiqilgan va korxona sharoitida joriy etilgan. Natijada “SULTON MEDPHARM” MChJda mahalliy o‘simlik xomashyosi asosida tinchlantiruvchi ta’sirga ega “Sedatal-IS” kapsulalarini sanoat miqyosida ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
o‘tqazilgan klinik oldi sinovlar natijasida “Iskandar ko‘kamaroni quruq ekstrakti” va “Sedatal-IS” kapsulalari uchun spesifik farmakologik faolligi isbotlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 15 oktyabrdagi 8n-3/280-son xati). Natijada, tinchlantiruvchi ishonchli faollikga ega va bezarar dori vositalarni ishlab chiqarish imkonini bergan.