Mamatov Mirziyod Normurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4091.
Ilmiy rahbar: Babaev Shavkat Bayramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.I.21.23.01
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Halimov Furqat Eminjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda sport sohasini ustuvor rivojlanishini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sport sohasini moliyalashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sport muassasalarini moliyalashtirish maqsadida xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablag‘larning smeta bo‘yicha ishlatilmay qolgan qismini davlat byudjetiga qaytarish orqali byudjet taqchilligini oldini olish va byudjet muvozanatini saqlash, moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlash, byudjet shaffofligini oshirish hamda fiskal ma’suliyatni ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
sport sohasida faoliyat yuritayotgan muassasalarning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida smeta bo‘yicha davlat byudjetidan ajratilayotgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanishni tejashning “yuqori” (Ktej ≤ 0,25), “o‘rta” (0,10 ≤ Ktej ≤ 0,15), “kam” (0,05 ≤ Ktej ≤ 0,10), “juda kam” (Ktej < 0,05) miqdoriy chegaralarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
sport sohasining barqaror va etarli darajada moliyalashtirilganligini baholash orqali me’yorlashtirilgan qiymat olish imkoni “barqaror moliyalashtirish” (0,80 < SSbarq ≤ 1,0), “o‘rtacha moliyalashtirish” (0,60 < SSo‘rta.mol. ≤  0,80), “past darajada moliyalashtirish” (0,40 < SSpast mol. ≤ 0,60), “moliyaviy tanqislik” (0,0 < SSjid.mol.tanq ≤  0,40) vazn koeffisientlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda sport sohasini moliyalashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ARIMA modeli asosida aholining sport bilan qamrovi darajasi hamda sport sohasiga ajratilgan byudjet mablag‘lari samaradorligining dinamik ssenariyga ko‘ra 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sport sohasini moliyalashtirish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini sport muassasalarini moliyalashtirish maqsadida xarajatlar smetasida rejalashtirilgan mablag‘larning smeta bo‘yicha ishlatilmay qolgan qismini davlat byudjetiga qaytarish orqali byudjet taqchilligini oldini olish va byudjet muvozanatini saqlash, moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlash, byudjet shaffofligini oshirish hamda fiskal ma’suliyatni ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirish bo‘yicha nazariy-usluby ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sport marketingi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Kengashining 2024-yil 31-maydagi 8-sonli qarori, №391). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida talabalarda sport muassasalarini moliyalashtirishda byudjet taqchilligini oldini olish, moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlash, byudjet shaffofligini oshirish hamda fiskal ma’suliyatni ta’minlash nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “sport sohasini moliyalashtirish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
sport sohasida faoliyat yuritayotgan muassasalarning moliyaviy barqarorligini oshirish maqsadida smeta bo‘yicha davlat byudjetidan ajratilayotgan moliyaviy mablag‘lardan foydalanishni tejashning “yuqori” (Ktej ≤ 0,25), “o‘rta” (0,10 ≤ Ktej ≤ 0,15), “kam” (0,05 ≤ Ktej ≤ 0,10), “juda kam” (Ktej < 0,05) miqdoriy chegaralarini belgilash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 29-noyabrdagi 01-10/11873-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning joriy etilishi natijasida sport sohasi uchun jalb qilingan moliyaviy mablag‘lardan optimal foydalanish, moliyaviy resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish, yillik smeta xarajatlarini samarali boshqarish imkonini bergan;
sport sohasining barqaror va etarli darajada moliyalashtirilganligini baholash orqali me’yorlashtirilgan qiymat olish imkoni “barqaror moliyalashtirish” (0,80 < SSbarq ≤ 1,0), “o‘rtacha moliyalashtirish” (0,60 < SSo‘rta.mol. ≤  0,80), “past darajada moliyalashtirish” (0,40 < SSpast mol. ≤  0,60), “moliyaviy tanqislik” (0,0 < SSjid.mol.tanq ≤  0,40) vazn koeffisientlarini belgilash asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 29-noyabrdagi 01-10/11873-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida smeta xarajatlarning I, II, IV  - guruhlari bo‘yicha moliyaviy xarajatlar tejalishiga hamda sport sohasini moliyalashtirishda innovatsion yondashuvlar asosida - “Green Sport Finance”, maqsadli byudjet dasturlari, kraudfanding (o‘zaro birlashish), raqamli platformalar, Davlat-xususiy sherikli asosida moliyalashtirishning samarali amaliy mexanizmlari shakllanishiga zamin yaratgan;
O‘zbekistonda sport sohasini moliyalashtirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarning ARIMA modeli asosida aholining sport bilan qamrovi darajasi hamda sport sohasiga ajratilgan byudjet mablag‘lari samaradorligining dinamik ssenariyga ko‘ra 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan amaliyotga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 29-noyabrdagi 01-10/11873-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida sport sohasida dinamik senariyga ko‘ra, aholining sport bilan qamrovi darajasi 75790 nafarga 16,9 % ga, har bir 1,0 mln.so‘m hisobiga 2030-yilga borib sportchilar soni 524578 nafarga hamda sport sohasiga ajratilgan byudjet mablag‘lari samaradorligi 675 kishi/mln.so‘mga etishi kutilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish