Ulmasova Oygul Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish” (Samarqand viloyati misolida) 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2025.2.PhD/Iqt5354
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Mirzaev Kulmamat Djanuzakovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/2025.27.12.I.27.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Tuxliev Iskandar Suyunovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Arabov Nurali Uralovich.
Yetakchi tashkilot: Navoiy Davlat Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi
innovatsion iqtisodiyot sharoitida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalari innovatsion samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yangi xizmatlar va raqamli echimlarni joriy etish orqali innovatsion rivojlanishni ta’minlash hamda qo‘shimcha qiymatni yaratish darajasini ifodalovchi mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, rentabellik, qo‘shilgan qiymat va innovatsion faollik kabi o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimining natijadorligini baholash jihatidan takomillashtirilgan;
hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi kichik biznes korxonalarining innovatsion rivojlanish va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni asoslash hamda innovatsion rivojlanish darajasiga bevosita (M_n= 0,64) va bilvosita (K_n=0,36) omillar ta’sirini hisobga olgan holda (L_n (1,0)=M_n+K_n=0,64+0,36) rivojlanishning muvozanatli jarayoni takomillashtirilgan;
hududlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida xizmatlar sohasida kichik biznesni innovatsion rivojlantirishda “5 qadam raqamli modeli”
hamda “Kichik biznes korxonalarini raqamlashtirish platformasi”ni joriy etilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish imkoniyatlari asoslangan;
respublika hududlari xususiyatidan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish kichik biznesni innovatsion rivojlantirishda iqtisodiy matematik usullardan, jumladan Holt-Winters usulidan foydalanilgan holdan 2028-yilgacha kichik biznes subektlarini xizmatlar hajmini oshirishning prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasida kichik korxonalarni innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra xizmat ko‘rsatish sohasida yuqori samaradorlik hamda daromad olish imkoniyatini yaratuvchi “xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalari innovatsion samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yangi xizmatlar va raqamli echimlarni joriy etish orqali innovatsion rivojlanishni ta’minlash hamda qo‘shimcha qiymatni yaratish darajasini ifodalovchi mehnat unumdorligi, fondlar qaytimi, rentabellik, qo‘shilgan qiymat va innovatsion faollik kabi o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimining natijadorligini baholash jihatidan takomillashtirish bilan bog‘lliq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 10-noyabrdagi 4-sonli buyrug‘i hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2023-yil 10-noyabrdagi 4-sonli qarori). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha nazariy bilimlar kengayib, soha samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
hududlarda xizmat ko‘rsatish sohasi kichik biznes korxonalarining innovatsion rivojlanish va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni asoslash hamda innovatsion rivojlanish darajasiga bevosita (M_n= 0,64) va bilvosita (K_n=0,36) omillar ta’sirini hisobga olgan holda (L_n (1,0)=M_n+K_n=0,64+0,36) rivojlanishning muvozanatli jarayonini takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan. (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi №04-07-27-5780-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion samaradorligini oshirishga omillar ta’sirini ekspert baholash natijalaridan foydalangan holda baholash imkoni yaratilgan. Natijada, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznes korxonalarini innovatsion rivojlantirishga omillar ta’sirini ekspert baholash natijalaridan foydalanib, kichik biznes korxonalarida qo‘shimcha innovatsion samaradorlikni oshishi asoslangan;
hududlarda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida xizmatlar sohasida kichik biznesni innovatsion rivojlantirishda “5 qadam raqamli modeli”
hamda “Kichik biznes korxonalarini raqamlashtirish platformasi”ni joriy etilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasini innovatsion rivojlantirish va samaradorligini oshirish taklifi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi №04-07-27-5780-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish Samarqand viloyati hudud xususiyatini hisobga olgan holda xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik biznes korxonalarida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish hisobiga kichik biznes korxonalarining innovatsion rivojlanish darajasini 4–5 foizga oshirish imkoniyatini asoslangan.
respublika hududlari xususiyatidan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatish sohasida kichik biznesni innovatsion rivojlantirishda iqtisodiy matematik usullardan, jumladan Holt-Winters usulidan foydalanilgan holdan 2028-yilgacha kichik biznes subektlarini xizmatlar hajmini oshirishning prognoz parametrlari taklifi Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 30-maydagi №04-07-27-5780-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish natijasida kelajakda kichik biznes korxonalarida tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar xajmining o‘sish prognoz parametrlari ko‘rsatib berilib, soha taraqqiyoti bo‘yicha istiqbolli dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini yaratgan.