Mardieva Gulnoz Qo‘chqorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarini ijtimoiy moslashtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2019.1.PhD/Ped763.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.28.09.2018.Ped.76.02
Rasmiy opponentlar: Qaxxarova Matluba Mannopovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Misirov Soxibjon Abdupattoxovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarini ijtimoiy moslashtirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy moslashuvning shaxsiy komponenti tuzilmasi talabalarda o‘quv faoliyatiga ijobiy munosabat (optimizm, muammolardan saboq chiqarish), sabr-toqatlilik, emotsional barqarorlik, o‘z-o‘ziga ishonch, faollik, kommunikativ sifatlarni rivojlantirish jarayonlarining o‘zaro identiv qayta aloqaga kirishuvini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan;
talabalarni ijtimoiy moslashuvining muhim omili sifatida o‘quv jarayonida o‘zaro birgalikdagi faoliyat va guruhiy dinamikaning aloqadorligini aniqlashtirish orqali bo‘lg‘usi pedagogik faoliyatga kasbiy moslashuv jarayonining integrativligini ta’minlash mezonlari (emotsional-motivatsion, kognitiv, faoliyatli, jarayonli) aniqlashtirilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarini ijtimoiy moslashtirish modelining tarkibiy asoslari moslashuv jarayoni bosqichlarini (didaktik, ijtimoiy-psixologik, kasbiy yo‘naltirish) adaptiv ehtiyojlarni faollashtiruvchi intensiv vaziyatlarni didaktik parametrlarga tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ijtimoiy moslashtirish texnologiyasi guruh murabbiyi va fan o‘qituvchilari faoliyatini bosqichma-bosqich (guruh murabbiyining dastlabki ishi, umumiy rejalashtirish, jamoaviy tahlil, natija) loyihalashga asoslangan algoritmini qiyosiy-praksiologik modullashtirish asosida takomillashtirilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarini ijtimoiy moslashtirish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
ijtimoiy moslashuvning shaxsiy komponenti tuzilmasini aniqlashtirish, talabalarda o‘quv faoliyatiga ijobiy munosabat, sabr-toqatlilik, emotsional barqarorlik, o‘z-o‘ziga ishonch, faollik, kommunikativ sifatlarni rivojlantirish, talabalarni ijtimoiy moslashuvining muhim omili sifatida o‘quv jarayonida o‘zaro birgalikdagi faoliyat va guruhiy dinamikaning aloqadorligini aniqlashtirish orqali bo‘lg‘usi pedagogik faoliyatga kasbiy moslashuv jarayonining integrativligini ta’minlashga doir doir takliflardan pedagogika va psixologiya bakalavriat yo‘nalishi Davlat ta’lim standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3749-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni interfaol ta’limga tayyorlash jarayonlari samaradorligini oshirishga erishilgan;
pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabalarini ijtimoiy moslashtirish modelining tarkibiy asoslarini moslashuv jarayoni bosqichlarini adaptiv ehtiyojlarni faollashtiruvchi intensiv vaziyatlarni tizimli qo‘llash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3749-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni pedagogik faoliyatga kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
talabalarni ijtimoiy moslashtirish texnologiyasini takomillashtirish guruh murabbiyi va fan o‘qituvchilari faoliyatini bosqichma-bosqich loyihalashga asoslangan algoritmni modullashtirishga doir amaliy tavsiyalardan ITD-4-122 raqamli “Yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishning tarbiya texnologiyasini ishlab chiqish” (2009-2011 yy.) loyihasi doirasida amaliyotga tatbiq etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 5 oktyabrdagi 89-03-3749-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarni tarbiyaviy faoliyatga tayyorgarligini jadallashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish