Sayt test rejimida ishlamoqda

Beknazarova Saida Safibullaevnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Axborot rusurslariga TIAV-mul`timedia tizimlarida axborot resurslariga diskret-uzluksiz ishlov berish jarayonlarini modellashtirish usullari», 05.01.04-Hisoblash mashinalari, majmua va kompyuter tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim tadqiqotchi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.T299.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, 16.07.2013.T/FM.29.01.

Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abduraxmanov Kaxor Pattaxovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Zaynidinov Xakimjon Nasridinovich texnika fanlari doktori, professor;  Ignat`ev Nikalay Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Gulomov Shuxrat Mannapovich texnika fanlari doktori, professor.

Etakchi tashkilot: Novosibirsk davlat texnika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II. Tadqiqotning maqsadi: TIAV-mul`timedia tizimlarida axborot resurslariga ishlov berishning diskret-uzluksiz jarayonlari modellari, usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mul`timedia jarayonlari va umumtizim talablariga muvofiq qarorlarni qabul qiluvchi, axborot resurslarini kiritish va chiquvchi holatlarini loyihalashda qo‘llaniladigan faktorlariga chegaraviy shartlari bo‘lgan TIAV-mul`timedia tizimida taqdim etish modeli ishlab chiqilgan;   

stoxastik mul`timedia jarayonlarining dinamik holati, kiruvchi faktorlar va chiziqli differensial tenglamalar asosida maqsadli ko‘rsatkichlarni bashoratlashning dinamik jarayonlarini regression tenglamalardan foydalangan holda ifodalash orqali TIAV-mul`timedia tizimini diskret-uzluksiz jarayonlarda axborotlarni qayta ishlash mexanizmi ishlab chiqilgan; 

axborot resurslarga ishlov berishda tizimli yondoshishga asoslangan mul`timedia muhiti doirasida matn, tasvir, audio, video ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini jadallashtirish texnologiyasi ishlab chiqilgan;

mul`timedia jarayonlari texnik darajasini oshirish, TIAV konteynerlarni yaratish jarayonini yaxshilash, foydalanuvchi tomonidan qulay o‘zlashtirishni ta’minlash uchun axborot resurslarini ierarxik taqsimlash nazariyasi doirasida TIAV (text, image, audio, video) mul`timedia ob’ektlarini avtomatik ravishda shakllantirish usullari ishlab chiqilgan;

taklif etilgan matematik modellar asosida TIAV-mul`timedia tizimlari axborot resurslari bilan ishlashga tayyor bo‘lmagan foydalanuvchilar uchun do‘stona interfeysni ta’minlovchi, mul`timedia jarayonlarini tashkil etuvchi, bevosita TIAV konteynerlarini yaratuvchi va namoyish etuvchi TIAV-mul`timedia tizimlari onlayn tizim TIAV konteynerlar konstruktorining dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan.

    IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: ilmiy-tadqiqot natijalari asosida TIAV-mul`timedia tizimima’lumotlarga ishlov berish, axborotlashtirish vosita va usullari hamda boshqa ilmiy ishlanmalarni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi korxonalarda  MChJ «ELECTRORENTGEN» (№17-8, 17.11.2014 y.); «Creative people» (№51, 03.08.2014 y.); «Inform Pochta» (№12, 04.03.2014 y.); «BTL» (№6(83), 23.02.2014 y.); «Yuksak Parvoz Qurilish» (№63-8, 10.11.2014 y.); «Energo systems plus» (№3(42), 06.09.2014 y.) joriy etilishi jarayonni tashkil etishga ketgan sarf-xarajatlarini 11 foizga, axborot resurslarni to‘liq o‘zlashtirilishini 98 foizga, mul`timedia ma’lumotlarni qayta ishlash vaqtini 1,2 martaga qisqarishi hisobiga 152.7 mln. so‘m yillik iqtisodiy samaradorlikka erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining  2015 yil 16 noyabrdagi 02-8/6525-son ma’lumotnomasi). 

Yangiliklarga obuna bo‘lish