Ortiqov Azizbek Ulug‘bekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasihaqidae’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Benchmarking vositasida umumta’lim fanlaridan yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasini takomillashtirish”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2019.4.PhD/Ped.276.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Ulug‘bek Il`yasovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Vaxobov Ma’rufjon Malikovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchitashkilot: Farg‘ona davlatuniversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: umumta’lim fanlaridan benchmarking vositasida yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yangi avlod darsliklarining asosiy matnga doir (nazariy-kognitiv, amaliy-vositali), matndan tashqari (o‘zlashtirishning qulayligi, illyustrativ va ko‘rsatmali materiallar) tarkibiy asoslarini empirik baholash orqali informatsion, motivatsion va faoliyatli komponentlarning integrativ funksiyalari aniqlashtirilgan;
ta’limiy benchmarkingning strategik, operatsion, jarayonli, ichki va tashqi turlari, amaliy ish tajribasini ekspert baholash, sifat ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish orqali benchmarking-loyiha asosida yangi avlod darsliklarini yaratish bosqichlari (tayyorlov, ma’lumotlar bazasi, natijalar tahlili, yangilik kiritish)  takomillashtirilgan;
tarix fanidan yangi avlod darsliklariga qo‘yiladigan didaktik va metodik talablar maxsus o‘quv qo‘llanmalar (“activity books”) yaratish amaliyotini joriy etish, yetakchi modullarni (Study Unit) belgilash, identiv maqsadni aniqlash, xronologik jadvallar (timelines) tuzish, voqelikni “panorama” ko‘rinishida taqdim etish, analitik va izlanishga doir topshiriqlarni “kundalik hayot tarixi” tamoyili bilan o‘zaro mutanosibligini tizimli strukturalash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim fanlaridan yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasining metodik komponenti mustaqil tayyorgarlik, tajribaviy ish, tayanch konspektlar tuzish, algoritmni izlash, bilimlarni tizimlashtirish, perforatsion karta va faset testlarni ishlab chiqish, o‘quv mozaikasi, bilimlar maydonini loyihalash bo‘yicha didaktik bloklarning ergonomik talablar bilan uzviyligi va qayta aloqasini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi
Umumta’lim fanlaridan benchmarking vositasida yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
yangi avlod darsliklarining asosiy matnga doir (nazariy-kognitiv, amaliy-vositali), matndan tashqari (o‘zlashtirishning qulayligi, illyustrativ va ko‘rsatmali materiallar) tarkibiy asoslarini empirik baholash orqali informatsion, motivatsion va faoliyatli komponentlarning integrativ funksiyalarini aniqlashtirishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-son Qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun umumta’lim fanlaridan o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqishga qo‘yiladigan umumiy talablar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019 yil 24 oktyabrdagi 06-02/1-3042-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar asosida umumta’lim fanlaridan darsliklar yaratishning ergonomik talablarini takomillashtirishga erishilgan;
ta’limiy benchmarkingning strategik, operatsion, jarayonli, ichki va tashqi turlari, amaliy ish tajribasini ekspert baholash, sifat ko‘rsatkichlariga ustuvorlik berish orqali benchmarking-loyiha asosida yangi avlod darsliklarini yaratish bosqichlarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2018 yil 3 yanvarda o‘tkazilgan yig‘ilish bayonining 1-, 6-, 11-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash jarayoniga tatbiq etilgan (Xalq ta’limi vazirligining  2019  yil 24 oktyabrdagi  06-02/1-3042-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim fanlaridan yaratiladigan darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalardagi kamchiliklarni bartaraf etish, darslikning motivatsion va rivojlantiruvchi funksiyalarini takomillashtirishga erishilgan;
maxsus o‘quv qo‘llanmalar (“activity books”) yaratish amaliyotini joriy etish, yetakchi modullarni (Study Unit) belgilash, identiv maqsadni aniqlash, xronologik jadvallar (timelines) tuzish, voqelikni “panorama” ko‘rinishida taqdim etish, analitik va izlanishga doir topshiriqlarni “kundalik hayot tarixi” tamoyili bo‘yicha tizimli strukturalash asosida tarix fanidan yangi avlod darsliklariga qo‘yiladigan didaktik va metodik talablarni takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan A1-QX-1-95207 raqamli “Zamonaviy darsliklarda konsentrizm tamoyili asosida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini tanlash va loyihalash” (2012-2014 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining  2019  yil 24 oktyabrdagi  06-02/1-3042-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi avlod darsliklarida kompetensiviy yondashuv asosida o‘quv materiallarini tizimlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
yangi avlod darsliklarini yaratish texnologiyasining metodik komponentini takomillashtirish, darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni yaratishda raqobat muhitini yaratish, shuningdek uning ochiq-oshkoraligini ta’minlash hamda darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalarni zamon talablariga mos ravishda yaratishga doir takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 iyundagi “Ta’lim muassasalari uchun xavfsiz poligrafiya mahsulotlari haqidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 146-son Qarori bilan tasdiqlangan texnik talablarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2019  yil24 oktyabrdagi  06-02/1-3042-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi avlod darsliklarini yaratish bo‘yicha yangi talablar ishlab chiqilib, darsliklar sifatini oshirish, o‘quvchilarning o‘qish va tushunish darajasini qulaylashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish