Yakubov Nodirbek Maxmudjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida metallurgiya sohasi korxonalarini restrukturizatsiya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish», 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Iqt141.
Ilmiy rahbar: Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov G‘affar Allakulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saydaxmedov Xikmatulla Maxkamovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida metallurgiya sohasi korxonalarini restrukturizatsiya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metallurgiya sanoati tarmog‘i faoliyatini restrukturizatsiya qilish mexanizmni shakllantirish bosqichlari taklif qilingan;
restrukturizatsiyalash jaryonida vol`fram-molibden mahsulotlarini ishlab chiqarish va samaradorligini oshirish uchun amaldagi texnologiyani 4 ta bosqichli jarayonlargacha qisqartirish taklifi ishlab chiqilgan;
AJ “Olmaliq KMK” IIChBga innovatsiya tufayli 5 ta kichik bo‘limlar yaratilib ular takomillashtirilgan va investisiyalar hajmini oshirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlangan;
past tarkibli molibden va vol`fram metallarini ishlab chiqarishda tayyor maxsulot tannarxi 7,2 %ga pasayishiga, sof olingan maxsulot qimmatlashishiga va iqtisodiy o‘sish ayrim jarayon bo‘g‘inlarining chiqarib tashlanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida metallurgiya sohasi korxonalarini restrukturizatsiya qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metallurgiya sanoati tarmog‘i faoliyatini restrukturizatsiya qilish mexanizmni shakllantirish bosqichlari joriy qilingan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ning 2019 yil 26 avgustdagi AA-06298-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijani amaliyotga joriy etilishi metallurgiya sanoati korxonalari faoliyatini restrukturizatsiyalash jarayonini bosqichma-bosqich rivojlantirishni prognozlash imkoniyatini bergan;
restrukturizatsiyalash jaryonida vol`fram-molibden mahsulotlarini ishlab chiqarish va samaradorligini oshirish uchun amaldagi texnologiya 4 ta bosqichga jarayonlargacha qisqartirish «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» faoliyatiga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ning 2019 yil 26 avgustdagi AA-06298- son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi ichki va tashqi bozorda o‘z ulushini oshirish borasida maqsad, vazifa va tamoyillarini aniq belgilash, shuningdek, metallurgiya sanoati korxonalarini restrukturizatsiyalash natijasida tarmoqning barqaror rivojlanishiga erishish imkonini bergan;
AJ «Olmalik KMK» IIChBga innovatsiya tufayli 5 ta kichik bo‘limlar yaratilib ular takomilashtirildi va investisiyalar hajmini oshirishga ta’sir etuvchi omillar O‘zbekiston qattiq qotishma va o‘tga chidamlik metallar kombinati» aksiadorlik jamiyati faoliyatiga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ning 2019 yil 26 avgustdagi AA-06298-son ma’lumotnomasi). Natijada metallurgiya sanoatida aksiyadorlik jamiyatlarini tashkiliy tuzilishi takomillashtirilgan va taklif etilayotgan hisob-kitoblar asosida qabul qilingan loyihaning rentabellik darajasi 62,5 foizni tashkil etilgan.
past tarkibli molibden va vol`fram metallarini ishlab chiqarishda tayyor maxsulot tannarxi 7,2%ga pasayishiga, sof olingan maxsulot qimmatlashishiga va iqtisodiy o‘sish ayrim jarayon bo‘g‘inlarining chiqarib tashlashiga AJ «Olmalik KMK» IIChB faoliyatiga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» ning 2019 yil 26 avgustdagi AA-06298-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning AJ «Olmalik KMK» IIChB faoliyatiga joriy etilishi ayrim jarayon bo‘qinlarini chiqarib tashlash imkonini bergan.