Ubaydullaev G‘ayrat Zuvaytovichning
 fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Sun’iy intellekt sharoitida hududiy inson kapitali va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholash metodologiyasini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt389.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Abduraxmonov Kalandar Xodjaevich, O‘zbekiston va Tojikiston Fanlar akademiyalarining akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.03/2025.27.12.1.24.01   
Rasmiy opponentlar: Kobildjon Xushvaxtzoda Xushvaxt, Tojikiston Fanlar akademiyasining akademigi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyberdiev Zayniddin Yavkachevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: inson kapitali kapitalizasiyasi omillari, tarkibiy nomutanosibliklar hamda uning hududiy iqtisodiyotda samarali foydalanish mexanizmlarini aniqlash asosida sun’iy intellekt sharoitida hududiy inson kapitalini kompleks baholash metodologiyasini takomillashtirish va kadrlarga bo‘lgan istiqbolli ehtiyojni aniqlash yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda ilmiy jihatdan asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sun’iy intellekt sharoitida hudud resurs salohiyatini baholashdan uning iqtisodiy kapitalizasiya darajasini baholashga o‘tishni ta’minlovchi, inson kapitalini demografik, ta’limiy, mehnat, raqamli va institutsional xususiyatlarning takror ishlab chiqariladigan majmuasi sifatida tizimli ko‘rib chiqishga asoslangan hududiy inson kapitalini kompleks baholashning mualliflik konseptual modeli ishlab chiqilgan;
demografik, ta’limiy, malakaviy, mehnat, raqamli, innovasion, mobillik va ijtimoiy bloklarning o‘zaro bog‘liq yig‘indisini qamrab olgan hududiy inson kapitalini baholash ko‘rsatkichlari tizimi va integral indeksi taklif etilgan bo‘lib, bu inson kapitali sifatiga hududlararo, tarmoqlararo va vaqt kesimida yagona metodik diagnostika vositasini shakllantirish imkonini bergan;
sun’iy intellekt sharoitida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va prognozlashning metodik yondashuvlari takomillashtirilgan bo‘lib, ular iqtisodiy faoliyat turlari, kasbiy guruhlar, malaka darajalari, hududlar va vaqt gorizontlari kesimida kadrlarga bo‘lgan joriy, o‘rnini bosuvchi, qo‘shimcha, tarkibiy va yashirin ehtiyojni hisobga olishi bilan farqlanadi;
Qashqadaryo viloyati materiallari asosida inson kapitali va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni kompleks baholashning mualliflik metodologiyasi ishlab chiqilgan va aprobatsiya qilingan bo‘lib, u hududiy-tarmoq nomutanosibliklarini, kadrlar tanqisligi zonalarini, inson kapitalini kapitalizasiya qilishdagi cheklovlarni va hududiy kadrlar siyosatini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
mehnat bozori, ta’lim tizimi va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi asoslangan bo‘lib, u mehnatga bo‘lgan talab prognozi, ta’lim taklifi va bitiruvchilarning ishga joylashish natijalari o‘rtasidagi uzlyuksiz teskari aloqa asosida kadrlar tayyorlash parametrlarini iqtisodiyotning joriy va istiqbolli ehtiyojlari bilan muvofiqlashtirishni ta’minlaydi; 
inson kapitalini monitoring qilish va kadrlar siyosatiga analitik hamrohlik qilishning raqamli vositalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular statistik, ta’limiy, kadrlarga oid va platformaviy ma’lumotlarni kadrlar tafovuti, defisit kompetensiyalar va hududiy rivojlanishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlashga yo‘naltirilgan yagona axborot-tahliliy tizimga integrasiya qilishni nazarda tutadi;
inson kapitalini rivojlantirish va barqaror ish bilan bandlikni ta’minlashga qaratilgan, ish o‘rinlari sifatini oshirish, malakaviy nomuvofiqlikni kamaytirish, samarali ish bilan bandlikni kengaytirish hamda hududiy inson kapitalidan foydalanishning iqtisodiy qaytimini kuchaytirishga yo‘naltirilgan tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar kompleksi taklif etilgan;
sun’iy intellekt sharoitida kadrlar siyosatini takomil-lashtirishning ssenariy-me’yoriy yondashuvga asoslangan va ta’lim tizimi, hududiy mehnat bozori, raqamli infratuzilma hamda inson kapitalini takror ishlab chiqarish mexanizmlarini 2030 va 2050-yillar gorizontlarida uzoq muddatli muvofiqlashtirishga qaratilgan strategik yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy etish. Sun’iy intellekt sharoitida hududiy inson kapitali va kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni baholash metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
ishlab chiqilgan hududiy inson kapitalini kompleks baholashning mualliflik konseptual modeli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son «2026-yilda yangi yondashuvlar asosida hududlarni rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlashda foydalanildi. Mazkur modelni qo‘llash hududlarni o‘rtacha baholashdan hududlar bo‘yicha inson kapitalining kapitalizasiya darajasini tabaqalashtirilgan tarzda baholashga o‘tishni ta’minladi, bu esa ish bilan bandlik, kasbiy tayyorgarlik va kambag‘allikni qisqartirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqroq belgilash imkonini berdi (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 28-apreldagi 03-03/4933-son ma’lumotnomasi). Joriy etishning hisob-kitob va tahliliy samarasi Qashqadaryo viloyatining respublika aholisi umumiy sonidagi ulushi 9,7% bo‘lgan holda, talabalar ulushi 5,8%ni, bitiruv ulushi 6,0%ni, qabul ulushi 7,5%ni tashkil etgani, ya’ni hududning demografik salmog‘i bilan uning ta’lim kapitalizasiyasi darajasi o‘rtasidagi tarkibiy uzilish aniqlanganida namoyon bo‘ldi. 
taklif etilgan hududiy inson kapitalini baholash ko‘rsatkichlari tizimi va integral indeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son «Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishda qo‘llanildi. Ushbu ishlanmadan foydalanish inson kapitali sifati va kadrlar tayyorlash tizimi samaradorligini parchalangan statistik ko‘rsatkichlar darajasidan yagona integral hududlararo diagnostika darajasiga o‘tkazish imkonini berdi (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 28-apreldagi 03-03/4933-son ma’lumotnomasi). Hisob-kitob va tahliliy samara hududlar kesimida taqqoslanadigan inson kapitali indeksining shakllantirilishida ifodalandi: Qashqadaryo viloyati bo‘yicha - 17,4 ball, Samarqand viloyati bo‘yicha - 21,3 ball, respublika bo‘yicha o‘rtacha - 32,5 ball, Toshkent shahri bo‘yicha - 83,3 ball. Bu hududlarni kadrlar bilan ta’minlanganlik va inson kapitalini takror ishlab chiqarish sifati darajasiga ko‘ra ranjirlashning amaliy asosini yaratdi.
sun’iy intellekt sharoitida kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash va prognozlashning takomillashtirilgan metodik yondashuvlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktyabrdagi PF-189-son «Sun’iy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonini amalga oshirishni ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashda qo‘llanildi. Ularni joriy etish kadrlarga bo‘lgan talabni prognozlashni mehnat bozorining raqamli izlari, ta’lim taklifi tuzilmasi, tarmoq dinamikasi va iqtisodiyotning hududiy ixtisoslashuvi bilan uzviy bog‘lash imkonini berdi (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 28-apreldagi 03-03/4933-son ma’lumotnomasi). Hisob-kitob va tahliliy samara kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognozlashni parchalangan yillik hisob-kitoblar rejimida emas, balki 1 yil, 3 yil va 5 yillik gorizontlarda skolzyashhiy prognoz rejimiga o‘tkazishda, shuningdek mamlakatda raqamli ish bilan bandlik tizimida 400,0 mingdan ortiq vakansiya mavjud, har yili mehnat bozoriga qariyb 300,0 ming nafar oliy ta’lim bitiruvchisi kirib kelayotgan, 2026-yil oxirigacha esa 15 ta sun’iy intellekt laboratoriyasini ishga tushirish nazarda tutilgan sharoitda kadrlarga bo‘lgan talabni intellektual tahlil qilishning metodik bazasi yaratilganida namoyon bo‘ldi.
hisob-kitob va tahliliy samara Qashqadaryo viloyati katta demografik bazaga ega bo‘lishiga qaramay, kadrlar bilan ta’minlanganlik darajasining pastligi va yaqqol tarkibiy-malakaviy defisit bilan tavsiflanishini aniqlashda ifodalandi: ish bilan bandlik darajasi 65,0%ni, ishsizlik darajasi 5,9%ni, internet abonentlari soni har 100 aholiga 66,0 nafarni, AKT xodimlari soni 1660 nafarni, inson kapitali integral indeksi 17,4 ballni tashkil etgan bo‘lsa, Toshkent shahrida ushbu indeks 83,3 ballga etgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 28-apreldagi 03-03/4933-son ma’lumotnomasi). Bu inson kapitali kapitalizasiya darajasi past bo‘lgan hududlar uchun manzilli chora-tadbirlarni ustuvor tarzda belgilash imkonini berdi.
mehnat bozori, ta’lim tizimi va ish beruvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning asoslangan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirishda qo‘llanildi. Ushbu mexanizmni qo‘llash mehnatga bo‘lgan talab prognozini, kadrlar qabul va bitiruv parametrlarini, ta’limning amaliyotga yo‘naltirilganligini hamda bitiruvchilarning keyingi ishga joylashish jarayonini metodik jihatdan o‘zaro bog‘lash imkonini berdi (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 28-apreldagi 03-03/4933-son ma’lumotnomasi). Hisob-kitob va maqsadli samara oliy ta’lim tashkilotlarini bitiruvchilar ishga joylashuvini qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasi bilan qamrovni 95 ta tashkilotdan, ya’ni 222 ta oliy ta’lim tashkilotining 42,8%idan kamida 220 ta tashkilotgacha kengaytirish, shuningdek har yili mehnat bozoriga chiquvchi qariyb 300,0 ming nafar bitiruvchini uzlyuksiz kuzatib borishning institutsional asosini yaratishda namoyon bo‘ldi.
inson kapitalini monitoring qilish va kadrlar siyosatiga analitik hamrohlik qilishning ishlab chiqilgan raqamli vositalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-oktyabrdagi PF-189-son farmonini amalga oshirish jarayonida qo‘llanildi. Ularni joriy etish statistik, ta’limiy, kadrlarga oid va platformaviy ma’lumotlarni integratsiya qilishga yo‘naltirilgan yagona axborot-tahliliy asosni yaratish imkonini berdi (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 28-apreldagi 03-03/4933-son ma’lumotnomasi). To‘g‘ridan to‘g‘ri raqamli samara integrasiya qilingan ma’lumotlar massivlari sonining 0 dan kamida 8 ta blokkacha oshirilishida, tahliliy axborotni yangilash muddatining 30–90 kundan 1 kungacha qisqarishida, ko‘nikmalar va malakaviy talablarni avtomatlashtirilgan tarzda ajratib olishdan o‘tadigan vakansiyalar ulushining 0,0%dan kamida 85,0%gacha oshirilishida, bitiruvchining raqamli profilini shakllantirish ko‘rsatkichining 0,0%dan 100,0%gacha etkazilishida, shuningdek boshqaruv organlari uchun tahliliy ma’lumotnoma tayyorlash vaqtining 10–15 ish kunidan 1 ish kunigacha qisqarishida ifodalandi.
inson kapitalini rivojlantirish va barqaror ish bilan bandlikni ta’minlash bo‘yicha taklif etilgan tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar kompleksi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha takliflar tayyorlashda qo‘llanildi. Uni joriy etish barqaror ish bilan bandlikni shunchaki bandlar sonining rasmiy o‘sishi emas, balki ish o‘rinlari sifati, malakaviy adekvatlik, daromad etarliligi va mehnat traektoriyalarining institutsional barqarorligi asosida inson kapitalini kapitalizatsiya qilish natijasi sifatida qarash imkonini berdi (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 28-apreldagi 03-03/4933-son ma’lumotnomasi). Hisob-kitob va maqsadli samara amaliy chora-tadbirlarni 120,0 ming mutaxassisni talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitishga, 37 ta og‘ir tumanda kambag‘allikni kamida 2,0 barobar qisqartirishga, 33 ta tuman va shaharni kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududlarga aylantirishga, shuningdek Qashqadaryo viloyatida ish bilan bandlik sifatini oshirishga yo‘naltirilganida namoyon bo‘ldi. Mazkur hududda o‘rtacha ish haqi 4 476,7 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, nisbatan yuqori samarador tarmoqlarda bu ko‘rsatkich qurilishda 6 548,8 ming so‘mga, sanoatda 7 525,1 ming so‘mga, tashish va saqlash sohasida 9 659,1 ming so‘mga, axborot va aloqa sohasida esa 15 298,1 ming so‘mga etgan.
sun’iy intellekt sharoitida kadrlar siyosatini takomillashtirishning ishlab chiqilgan strategik yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son farmoni, 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-son qarori va 2025-yil 22-oktyabrdagi PF-189-son farmoni ijrosini kompleks takomillashtirishda qo‘llanildi. Ularni joriy etish ta’lim sifati, bitiruvchilarning ishga joylashishi, raqamli infratuzilma, kadrlarga bo‘lgan talabni intellektual prognozlash va hududiy tabaqalashtirilgan kadrlar buyurtmasini o‘zaro bog‘lovchi ichki jihatdan muvofiqlashtirilgan tizimni shakllantirish imkonini berdi (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 28-apreldagi 03-03/4933-son ma’lumotnomasi). Ssenariy-me’yoriy iqtisodiy samara quyidagi parametrlarga erishishda ifodalandi: xalqaro akkreditasiyadan o‘tgan ta’lim dasturlari sonini 2025-yildagi 40 tadan 2030-yilga borib kamida 120 taga va 2050- yilga borib kamida 300 taga yetkazish; oliy ta’lim tashkilotlarini bitiruvchilar ishga joylashuvini qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasi bilan qamrovni 95 tadan, ya’ni 42,8%dan kamida 220 ta tashkilotgacha kengaytirish; internetdan foydalanish imkoniga ega korxona va tashkilotlar ulushini 37,6%dan kamida 60,0%ga, keyinchalik esa kamida 90,0%ga yetkazish; kadrlar tayyorlash tizimida sun’iy intellekt infratuzilmasini 2026-yil oxirigacha 15 ta laboratoriya va kamida 100 ta loyihadan 2030-yilga borib kamida 50 ta laboratoriya va 250 ta loyihaga, uzoq muddatli istiqbolda esa kamida 120 ta laboratoriya va 600 ta loyihagacha rivojlantirish; ishsizlik darajasini 4,8%dan 4,0%ga, keyin esa 3,5%gacha pasaytirish; ta’lim sohasida mehnatga haq to‘lashning o‘rtacha respublika ish haqiga nisbatan darajasini 68,6%dan 80,0%ga, keyinchalik esa 95,0%gacha oshirish.

Yangiliklarga obuna bo‘lish