Fayzieva Mutabar Mardonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayonida demokratlashuv tamoyillarining falsafiy xususiyatlari, 09.00.04 –Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal1249
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor,      Rasmiy opponentlar: Ergasheva Maxbuba Xotambekovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent, Yazdanova Sohiba Qurbonovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayonida demokratlashuv tamoyillarini amal qilish mexanizmlarini ochib berish hamda nazariy-falsafiy tahlil etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida demokratlashuv tamoyillari (ochiqlik, tenglik, adolat, shaffoflik, insonparvarlik) ning konstruktiv va destruktiv ta’siri ochib berilgan;
demokratik ta’lim-tarbiya paradigmasining liberal, elitar, plyuralistik, virtual, sinergetik ko‘rinishlari asosida undagi shaxsga yo‘naltirilganlik, integrallik, tolerantlik xususiyatlari aniqlangan;
umuminsoniylik tamoyillari asoslangan demokratik ta’lim-tarbiya modelini shakllantirish jarayonining jamiyatdagi milliy-an’anaviy ta’lim-tarbiya paradigmalariga tayanishi zarurati falsafiy qonuniyatlar orqali dalillangan;
Yangi O‘zbekistonda milliy ta’lim-tarbiya modernizatsiyasida demokratlashuv tamoyillarining polifunksional, regulyativ, prognostik, raqobatbardoshlik imkoniyatlari “Birgalikda boshqariluvchi ta’lim-tarbiya” konsepsiyasi shaklida falsafiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayonida demokratlashuv tamoyillarining rolini ilmiy jihatdan tadqiq etish asosida:
zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida demokratlashuv tamoyillari (ochiqlik, tenglik, adolat, shaffoflik, insonparvarlik) ning konstruktiv va destruktiv ta’siri ochib berilganligiga oid ilmiy xulosalardan 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 20-bandi “Mahallalarda ma’naviy-  ma’rifiy  sohani yanada rivojlantirish,  milliy qadriyatlarimiz,  halollik birdamlik kabi tuyg‘ularni kuchaytirish,  aholida boqimandalik  va  jinoyatchilikka moyillikni oldini olish maqsadida “Obod mahalla-yangi ma’naviy  makon”  loyihasini amalga oshirish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 26-iyundagi 10/374-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy ta’lim va tarbiya jarayonida demokratlashuv tamoyillarini amal qilish mexanizmlarini ochib berishga hamda nazariy-falsafiy tahlil etishga xizmat qilgan;
demokratik ta’lim-tarbiya paradigmasining liberal, elitar, plyuralistik, virtual, sinergetik ko‘rinishlari asosida undagi shaxsga yo‘naltirilganlik, integrallik, tolerantlik xususiyatlari aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829-son “Talaba-yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 10-iyundagi 04/11-7251-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy loyiha yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan, nazariy yondashuvlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
umuminsoniylik tamoyillariga asoslangan demokratik ta’lim-tarbiya modelini shakllantirish jarayoni jamiyatdagi milliy-an’anaviy ta’lim-tarbiya paradigmalariga tayanishi zarurati falsafiy qonuniyatlar asosida dalillangan tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim muassasalari “Tarbiya” fani o‘qituvchilari uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish (malaka oshirish) kursining o‘quv dasturini ishlab chiqish jarayonida foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 4-iyuldagi 03-33-1751-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’limni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda maktab ta’limi sifatini yaxshilashda, fan o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarida, kasbiy rivojlanishida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari, ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘qitishning ilg‘or, innovatsion texnologiyalarini samarali joriy etishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda milliy ta’lim-tarbiya modernizatsiyasida demokratlashuv tamoyillarining polifunksional, regulyativ, prognostik, raqobatbardoshlik imkoniyatlari asosida “Birgalikda boshqariluvchi ta’lim-tarbiya” konsepsiyasi shaklida falsafiy asoslangan xulosa va tavsiyalardan “O‘zbekiston” telekanalida 2025-yil yanvar-dekabr oylari davomida efirga uzatilgan “Jarayon” informatsion dasturi, “Muvozanat”, “Salohiyat”, “Jarayon maxsus reportaj” va “Hidoyat sari” kabi teledastur va ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 11-martdagi 05-09-412-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tadqiqot natijalari ta’lim va tarbiya tizimida an’anaviylik hamda zamonaviylik fenomenlarining o‘zaro dialektik aloqadorligini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish