Kabilova Nigina Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida)” 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6599
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xayitov Sherbek Naimovich
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.16.06
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nasimov Dilmurot Abdullaevich; iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Ziyavitdinova Nafisa Muxamedovna
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa tarkibiy hududlarida savdo xizmatlarini raqobat muhitini entropiya indeksining iqtisodiy ko‘rinishi Theil indeksini tatbiq etish orqali viloyatning savdo xizmatlar sohasida tenglik darajasi va barqaror shaklga o‘tishni baholash uslubiyoti taklif etilgan;
mintaqaviy savdo xizmatlari raqobatbardoshlikining past (0,00–0,30), o‘rta (0,31–0,60), yuqori (0,61–0,80), juda yuqori (0,81–1,00) darajalarini baholashda xizmat sifati, narx siyosati, kadrlar malakasi, axborot texnologiyalaridan foydalanish, davlatning sohani qo‘llab-quvvatlashi, marketing va reklama siyosati omillarining ta’sir etish ko‘lamini aniqlash asoslangan;
mintaqada savdo xizmatlarini rivojlantirishning “ishlab chiqaruvchi-ulgurji-chakana-xizmat ko‘rsatuvchi” savdo klasterini tashkil etish maqbul variant sifatida asoslangan;
Buxoro viloyatining savdo xizmati hajmining o‘zgarishiga aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, urbanizatsiya darajasi, davlatning ochiqlik siyosati kabi bir qator omillarini integral ta’sirini baholash asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda savdo xizmatlari raqobatbardoshligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
mintaqa tarkibiy hududlarida savdo xizmatlarini raqobat muhitini entropiya indeksining iqtisodiy ko‘rinishi Theil indeksini tatbiq etish orqali viloyatning savdo xizmatlar sohasida tenglik darajasi va barqaror shaklga o‘tishni baholash uslubiyotini takomillashtirish taklifidan Buxoro viloyati hokimining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 19-yanvardagi 09/1-33-425-son ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyatining tarkibiy hududlarining savdo xizmatlarini raqobat muhitini Theil indeksi yordamida baholanganda 0,1822 ga teng bo‘lib, savdo xizmatlar sohasida tenglik darajasini ortishi va yanada barqaror shaklga o‘tishiga yordam bergan;
mintaqaviy savdo xizmatlari raqobatbardoshlikining past (0,00–0,30), o‘rta (0,31–0,60), yuqori (0,61–0,80), juda yuqori (0,81–1,00) darajalarini baholashda xizmat sifati, narx siyosati, kadrlar malakasi, axborot texnologiyalaridan foydalanish, davlatning sohani qo‘llab-quvvatlashi, marketing va reklama siyosati omillarining ta’sir etish ko‘lamini aniqlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-104-son qarorida belgilangan vazifalarning amalga oshirilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 19-yanvardagi 09/1-33-425-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, savdo xizmatlari raqobatbardoshlikka eng kuchli ta’sir etuvchi omillar sifatida axborot texnologiyalari – 29,7 foiz, xizmat sifati – 26,8 foiz hamda kadrlar malakasi –19,2 foizni tashkil etishi asoslangan;
mintaqada savdo xizmatlarini rivojlantirishning “ishlab chiqaruvchi-ulgurji-chakana-xizmat ko‘rsatuvchi” savdo klasterini tashkil etish taklifidan Buxoro viloyati hokimining “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 16-avgustdagi 379-2-0-Q/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 19-yanvardagi 09/1-33-425-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida, savdo xizmatlarida raqobatbardoshlikni oshirishda klasterni tashkil etilishi iqtisodiy jihatdan tovar aylanmasi tezligi 15-20 foizga oshishiga va savdo xarajatlari 10-12 foizga kamayishiga olib kelgan;
Buxoro viloyatining savdo xizmati hajmining o‘zgarishiga aholi jon boshiga asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar, urbanizatsiya darajasi, davlatning ochiqlik siyosati kabi bir qator omillarini integral ta’sirini baholash asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Buxoro viloyati hokimligi tomonidan viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning mintaqaviy dasturlari va “Yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 19-yanvardagi 09/1-33-425-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish, viloyatda savdo xizmati hajmini 13 foizga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish