Sharopova Nilufar Baxshillo qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Mixail Bulgakov asarlar poetikasining o‘ziga xos xususiyatlari (o‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari misolida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3614.
Ilmiy rahbar: Umurova Guzal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02. 
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Imamova Gulchehra Muhammadievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.  
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi M.Bulgakov asarlari poetikasi, obrazlar tizimi, uslubiy va g‘oyaviy qatlamlarining badiiy matn hamda ularning o‘zbekcha tarjimalarida ifodalanish xususiyatlarini belgilash, asliyat va tarjima o‘rtasidagi poetik muvofiqlikni yoritish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rus adabiyoti materiali asosida M.A. Bulgakov asarlari poetikasining rus va o‘zbek tillaridagi ifoda xususiyatlari qiyoslanib, undagi muallif poetikasi, obrazlar tizimi, satirik-grotesk qurilish va falsafiy-ramziy mazmunning o‘zbekcha tarjimada qayta yaratilishini ta’minlovchi ifodalash, saqlash va qayta yaratish usullari ochib berilgan;
M.A. Bulgakov ironiyasi, groteski, fantastikasi, metaforik obrazliligi, intertekstual ishoralari hamda madaniy markirovkalangan elementlarining o‘zbek tarjima matnida badiiy transformatsiyalanishining asl mazmunni saqlash va qayta ifodalashga xizmat qiluvchi mazmuniy, muallif uslubini saqlash va ifodalashga xizmat qiluvchi uslubiy hamda badiiy ta’sir va obrazlilikni qayta yaratishga xizmat qiluvchi funksional jihatlari aniqlangan;
yozuvchi asarlaridagi badiiy obrazlilikni tarjimada qayta yaratishning asosiy strategiya va taktikalari aniqlanib, tizimlashtirilgan hamda muallif intonatsiyasi, personajlar nutqiy tavsifi, diniy-falsafiy alluziyalar va madaniy ahamiyatga ega realiyalarning tarjimada badiiy mazmun va uslubiy xususiyatlarini saqlaganligi ochib berilgan;
o‘zbek tarjimalarida M.A. Bulgakov asarlari poetikasining poetik-stilistik, obrazli-semantik va madaniy-reseptiv jihatlari o‘zaro bog‘liqlikda yoritilib, Bulgakov poetikasiga xos badiiy obrazlar, uslubiy belgilar va madaniy mazmunning o‘zbek tilida saqlanishi hamda qayta ifodalanishini ta’minlovchi ma’noni saqlash, obrazni qayta yaratish va madaniy mazmunni yetkazish kabi tarjima xususiyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. M.A.Bulgakov asarlarining o‘zbek tiliga tarjimalari tahlili asosida yozuvchi badiiy olamini aks ettirish va poetikasini yetkazish xususiyatlari nuqtayi nazaridan olingan xulosalar va tavsiyalar asosida quyidagi joriy etish ishlari amalga oshirildi:
rus adabiyoti materiali asosida M.A. Bulgakov asarlari poetikasining rus va o‘zbek tillaridagi ifoda xususiyatlari qiyoslanib, undagi muallif poetikasi, obrazlar tizimi, satirik-grotesk qurilish va falsafiy-ramziy mazmunning o‘zbekcha tarjimada qayta yaratilishini ta’minlovchi ifodalash, saqlash va qayta yaratish usullari ochib berilganligiga oid xulosalar asosida Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan xalqaro ilmiy loyiha — “English Access Microscholarship Program” doirasida amaliyotga joriy etilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 7-apreldagi 930/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy qiymati oshdi, murakkab badiiy matnlarni tarjima qilishni o‘rganishga doir yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan;
M.A. Bulgakov ironiyasi, groteski, fantastikasi, metaforik obrazliligi, intertekstual ishoralari hamda madaniy markirovkalangan elementlarining o‘zbek tarjima matnida badiiy transformatsiyalanishining asl mazmunni saqlash va qayta ifodalashga xizmat qiluvchi mazmuniy, muallif uslubini saqlash va ifodalashga xizmat qiluvchi uslubiy hamda badiiy ta’sir va obrazlilikni qayta yaratishga xizmat qiluvchi funksional jihatlari aniqlanganligiga doir xulosalardan Qarshi davlat universitetida bajarilgan “Reinforcing English Language Competence at Karshi State University” nomli xalqaro loyihada qo‘llanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 14-apreldagi 04/01357-son ma’lumotnomasi). Mazkur natijalar satira mujassam bo‘lgan murakkab matnlarni tarjima qilish bo‘yicha o‘quv materiallarini ishlab chiqishda qo‘llanildi hamda talabalar badiiy tarjima kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilishi, asarning uslubiy ifodaviyligi va shakliy ekvivalentligini saqlab qolishga doir tavsiyalar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan; 
yozuvchi asarlaridagi badiiy obrazlilikni tarjimada qayta yaratishning asosiy strategiya va taktikalari aniqlanib, tizimlashtirilgan hamda muallif intonatsiyasi, personajlar nutqiy tavsifi, diniy-falsafiy alluziyalar va madaniy ahamiyatga ega realiyalarning tarjimada badiiy mazmun va uslubiy xususiyatlarini saqlaganligi ochib berilganligiga oid natijalardan 2025-yil 12-aprel kuni efirga uzatilgan “Yoshlar vaqti” hamda 19-may kuni tayyorlangan “Javondagi javohir” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda qo‘llanildi (Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-iyuldagi 01-01/104-son ma’lumotnomasi). O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan M.A.Bulgakovning “Usta va Margarita” romani poetikasiga va badiiy tarjima muammolariga bag‘ishlangan dissertatsiya materiallaridan, xususan, xronotopning epik makondagi narrativni tashkil etuvchi asosiy element sifatidagi roli, shuningdek tarjimonlik mahoratining ahamiyati masalalari keng foydalanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish