Buronova Dilnoza Baxodirovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ernest Seton-Tompson va Tog‘ay Murod asarlarining uslubiy o‘ziga xosliklari va muallif uslubining tarjimada saqlanishi, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1613.
Ilmiy rahbar: Umurova Guzal Xotamovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12.Fil.37.02. 
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Erkin Rabbimovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor;  Sirojiddinova Shaxribonu Sirojiddinovna, pedogogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi o‘zbek va ingliz nasrida individual uslub poetikasining o‘ziga xosliklarini Tog‘ay Murod va Ernest Seton-Tompson asarlari hamda ularning tarjimalari misolida mavzu va g‘oya, kompozisiya, syujet, qahramonlar tizimi, yozuvchi dunyoqarashi kabi poetik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ernest Seton-Tompson va Tog‘ay Murod asarlarining uslubiy o‘ziga xosligi tabiat va inson munosabatining badiiy talqini, hayvon obrazlarining individuallashtirilishi, xalqona leksika va frazeologiyaning qo‘llanishi, sintaktik qurilmalarning ekspressivligi hamda muallif nutqining milliy-madaniy xususiyatlari orqali yuzaga kelishdagi individual-uslubiy jihatlari aniqlangan;
muallif individual uslubining shakllanishida biografik, ijtimoiy-madaniy va badiiy-estetik kabi ekstralingvistik omillar hamda animalistik tasvir, xalqona ifoda vositalari, obrazlilik va emotsional-ekspressiv birliklar kabi lingvopoetik vositalarning uslub hosil qiluvchi mazmunni ifodalash va uslubni shakllantirish funksiyalari aniqlangan;
Ernest Seton-Tompson hamda Tog‘ay Murod asarlarining asl matnlari va tarjimalari asosida muallif individual uslubini saqlashga xizmat qiluvchi lingvopoetik birliklarning stilistik hamda semantik transformatsiyalanish xususiyatlari aniqlanib, ularning tarjima jarayonida uslubiy ekvivalentlikni ta’minlashdagi mazmuniy, obrazli va ekspressiv xususiyatlarni saqlash imkoniyatlari isbotlangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi tarjimalar materiallari asosida milliy kolorit, poetik obrazlilik va individual uslub elementlarini qayta yaratishda uslubiy ekvivalentlikni ta’minlovchi lingvopoetik mexanizmlar aniqlanib, muallif individual uslubini adekvat aks ettirishga xizmat qiluvchi mazmun, uslub va obrazlilikni saqlashga asoslangan badiiy uslubni tarjimada qayta yaratish paradigmasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tog‘ay Murod va Ernest Seton-Tompson asarlarida individual muallif uslubining qiyosiy-tipologik xususiyatlari, badiiy uslubning nazariy-metodologik asoslari hamda tarjimada muallif uslubini qayta yaratish masalalariga doir ilmiy natijalar asosida:
Ernest Seton-Tompson va Tog‘ay Murod asarlarining uslubiy o‘ziga xosligi tabiat va inson munosabatining badiiy talqini, hayvon obrazlarining individuallashtirilishi, xalqona leksika va frazeologiyaning qo‘llanishi, sintaktik qurilmalarning ekspressivligi hamda muallif nutqining milliy-madaniy xususiyatlari orqali yuzaga kelishdagi individual-uslubiy jihatlari aniqlanganligiga oid xulosalardan Umumevropa CEFR (Common European Framework of Reference for LanguaGES) standarti talablari asosida Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasidagi 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 27-apreldagi 1111/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy matnni uslubiy tahlil qilish va uslubiy kompetensiyani shakllantirishga oid metodik yondashuvlar takomillashtirilgan;
muallif individual uslubining shakllanishida biografik, ijtimoiy-madaniy va badiiy-estetik kabi ekstralingvistik omillar hamda animalistik tasvir, xalqona ifoda vositalari, obrazlilik va emotsional-ekspressiv birliklar kabi lingvopoetik vositalarning uslub hosil qiluvchi mazmunni ifodalash va uslubni shakllantirish funksiyalari aniqlanganligiga oid natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi doirasidagi 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR “Aston University DeTEL” nomli loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 10-maydagi 1196/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiy tahlil va tarjima kompetensiyalarini integratsiyalashga qaratilgan zamonaviy metodik yondashuvlar boyitilgan;
Ernest Seton-Tompson hamda Tog‘ay Murod asarlarining asl matnlari va tarjimalari qiyosiy tahlili asosida muallif individual uslubini saqlashga xizmat qiluvchi lingvopoetik birliklarning stilistik hamda semantik transformatsiyalanish xususiyatlari aniqlanib, ularning tarjima jarayonida uslubiy ekvivalentlikni ta’minlashdagi mazmuniy, obrazli va ekspressiv xususiyatlarni saqlash imkoniyatlari isbotlanganligiga oid ilmiy xulosalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2023-yil 29-aprelda efirga uzatilgan “Sifatli ta’lim – taraqqiyot poydevori” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi” davlat muassasasining 2023-yil 8-maydagi 01-07/163-son ma’lumotnoma). Natijada badiiy uslub va tarjima masalalarining ilmiy asosda ommalashtirilishi ta’minlangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi tarjimalar materiallari asosida milliy kolorit, poetik obrazlilik va individual uslub elementlarini qayta yaratishda uslubiy ekvivalentlikni ta’minlovchi lingvopoetik mexanizmlar aniqlanib, muallif individual uslubini adekvat aks ettirishga xizmat qiluvchi mazmun, uslub va obrazlilikni saqlashga asoslangan badiiy uslubni tarjimada qayta yaratish paradigmasi ochib berilganligiga oid ilmiy natijalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan “English Access Microscholarship Program” nomli xalqaro loyiha doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 23-oktyabrdagi 2274/02-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning badiiy matnni qiyosiy tahlil qilish, individual uslubni anglash va madaniyatlararo adabiy tafakkur ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish