Zaxidov Dilshodbek G‘ulomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Raqamli iqtisodiyot sharoitida auditorlik faoliyatini tashkil etishni raqamlashtirish va avtomatlashtirishni takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” hamda 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya” tutash ixtisosliklari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4749.
Ilmiy rahbar: Mamatkulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Salaev Rasul Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent; Baxadirov Alisher Komilovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent Xalqaro Moliyaviy Boshqaruv va Texnologiyalar Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyot sharoitida auditorlik faoliyatini tashkil etishni raqamlashtirish va avtomatlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
auditorlik tekshiruvlarida moliyaviy hisobot ma’lumotlarini avtomatik tahlil qilish uslubi audit jarayonining analitik bosqichini algoritmik boshqaruv asosida tashkil etish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni tizimli qayta ishlash, tahliliy amaliyotlarni standartlashtirish va auditorlik qarorlarini tezkor shakllantirish imkonini beruvchi integratsiyalashgan universal modelni ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
mehnat haqi hisob-kitoblari auditi hisoblangan va amalda to‘langan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda taqqoslash, farqlarni aniqlash hamda ularning sabablari bo‘yicha tahliliy xulosalarni shakllantirish imkonini beruvchi “Oylik ish haqini taqqoslash va farqlarni tahlil qilish” dasturiy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
auditorlik faoliyatida asosiy vositalar auditini o‘tkazish uslubi amortizatsiya hisob-kitoblarini avtomatlashtirish, auditorlik hisobotlarini tezkor va aniq shakllantirish hamda hisob ma’lumotlarining ishonchliligini oshirishga qaratilgan universal dasturiy model ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
auditorlik faoliyatida moliyaviy hisobotlarda amortizatsiya ko‘rsatkichlarining haqqoniyligi, milliy va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari o‘rtasidagi tafovutlarni erta bosqichda aniqlash hamda amortizatsiya hisob-kitoblari bo‘yicha farqlarni avtomatik tahlil qilishga qaratilgan “Amortizatsiya qiymatlarini taqqoslash va farqlarni tahlil qilish” dasturiy modeli ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyot sharoitida auditorlik faoliyatini tashkil etishni raqamlashtirish va avtomatlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
auditorlik tekshiruvlarida moliyaviy hisobot ma’lumotlarini avtomatik tahlil qilish uslubi audit jarayonining analitik bosqichini algoritmik boshqaruv asosida tashkil etish, moliyaviy ko‘rsatkichlarni tizimli qayta ishlash, tahliliy amaliyotlarni standartlashtirish va auditorlik qarorlarini tezkor shakllantirish imkonini beruvchi integratsiyalashgan universal modelni ishlab chiqish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston auditorlar Palatasi, auditorlik tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar Palatasining 2025-yil 24-yanvardagi 8-sonli, “Granit audit” MChJning 2025-yil 24-yanvardagi va “PKF MakAlyans” MChJning 2025-yil 23-yanvardagi ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlar moliyaviy hisobotlarni tezkor va aniq tahlil qilish imkoniga ega bo‘lishgan. Shuningdek, mazkur yondashuv moliyaviy jarayonlardagi xatoliklarni erta aniqlash, resurslardan oqilona foydalanish va moliyaviy nazorat samaradorligini oshirish imkonini yaratib, bu innovasion yondashuvning qo‘llanilishi auditorlik jarayonlarining shaffofligi va ishonchliligini ta’minlagan;
mehnat haqi hisob-kitoblari auditi hisoblangan va amalda to‘langan ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni avtomatik tarzda taqqoslash, farqlarni aniqlash hamda ularning sabablari bo‘yicha tahliliy xulosalarni shakllantirish imkonini beruvchi “Oylik ish haqini taqqoslash va farqlarni tahlil qilish” dasturiy modelini ishlab chiqish asosida takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, O‘zbekiston auditorlar Palatasi, auditorlik tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 44176-sonli “Maosh Tekshir” nomli DGU, O‘zbekiston auditorlar Palatasining 2025-yil 24-yanvardagi 8-sonli, “Granit audit” MChJning 2025-yil 24-yanvardagi va “PKF MakAlyans” MChJning 2025-yil 23-yanvardagi ma’lumotnomalari). Mazkur dasturiy ta’minot amaliyotga joriy etish natijasida oylik ish haqi bo‘yicha ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish, xatoliklarni erta aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini yaratib, ish haqi to‘lovlaridagi farqlarni avtomatik ravishda aniqlash, tahlil qilish va aniq xulosalar chiqarishga qaratilgan ushbu yondashuv korxonadagi mehnat resurslari bo‘yicha hisob-kitob jarayonlarining samaradorligini oshirish, moliyaviy hisobotlarning ishonchliligini ta’minlash va audit jarayonlarini yanada shaffof va tizimli qilishga xizmat qilgan;
auditorlik faoliyatida asosiy vositalar auditini o‘tkazish uslubi amortizatsiya hisob-kitoblarini avtomatlashtirish, auditorlik hisobotlarini tezkor va aniq shakllantirish hamda hisob ma’lumotlarining ishonchliligini oshirishga qaratilgan universal dasturiy model ishlab chiqish orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi, O‘zbekiston auditorlar Palatasi, auditorlik tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 44177-sonli “Issue Tracker” nomli DGU, O‘zbekiston auditorlar Palatasining 2025-yil 24-yanvardagi 8-sonli, “Granit audit” MChJning 2025-yil 24-yanvardagi va “PKF MakAlyans” MChJning 2025-yil 23-yanvardagi ma’lumotnomalari). Mazkur dasturiy ta’minotning amaliyotga joriy etilishi natijasida asosiy vositalar bo‘yicha hisobotlarni tezkor va aniq shakllantirish imkoni yaratilib, amortizatsiya hisob-kitoblarini avtomatlashtirish, hisobotlar tayyorlash jarayonini optimallashtirish va ma’lumotlarning ishonchliligini oshirishga yo‘naltirilgan. Bu esa, korxonalarning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish, moliyaviy hisobotlarning shaffofligini ta’minlash va ish jarayonlarini optimallashtirishga xizmat qilgan;
auditorlik faoliyatida moliyaviy hisobotlarda amortizatsiya ko‘rsatkichlarining haqqoniyligi, milliy va xalqaro moliyaviy hisobot standartlari o‘rtasidagi tafovutlarni erta bosqichda aniqlash hamda amortizatsiya hisob-kitoblari bo‘yicha farqlarni avtomatik tahlil qilishga qaratilgan “Amortizatsiya qiymatlarini taqqoslash va farqlarni tahlil qilish” dasturiy modeli ishlab chiqish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston auditorlar Palatasi, auditorlik tashkilotlari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston auditorlar Palatasining 2025-yil 24-yanvardagi 8-sonli, “Granit audit” MChJning 2025-yil 24-yanvardagi va “PKF MakAlyans” MChJning 2025-yil 24-yanvardagi ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasidagi auditorlik tashkilotlarida raqamli iqtisodiyot sharoitida audit jarayonlarini avtomatlashtirish asosida audit jarayonlari sifatining oshishi, resurslardan oqilona foydalanish va iqtisodiy samaradorlikka erishish ta’minlangan va inson omilini kamaytirish, jarayonlarni tezkor va aniq tashkil etish imkonii yaratgan.