Rustamova Dilfuzaxon Vohidjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Maktab o‘quvchilari og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirish metodikasi (5-7-sinflar misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (filologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2025.3.PhD/Ped10949. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Zokirova Sohiba Muhtoralievna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Ped.10.03.
Rasmiy opponentlar: Qurbonova Baxtixon Quchkarbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Kadirova Munira Rasulovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining 5-7-sinf o‘quvchilari og‘zaki nutqini ona tili darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida rivojlantirishda metaforadan foydalanishning ilmiy asoslangan metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ona tili darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida o‘quvchilar og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirishning pedagogik zarurati kognitiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, nutqning ifodaviyligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlarini gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olish asosida asoslab berilgan;
ona tili darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida o‘quvchilar og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirish metodikasi “Tirilgan so‘zlar”, “Jonlangan obrazlar teatri”, “Qiyoslash qiziqarli”, “Metaforani rasmda ko‘r”, “So‘zlar ortidagi sehrli dunyo”, “Metafora chaqmoqlari”, “Ko‘rinmas bog‘liqlik” va “O‘xshashlikni angla” kabi interaktiv metodlarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
5-7-sinf o‘quvchilari og‘zaki nutqini darsdan tashqari mashg‘ulotlarda metafora orqali rivojlantirishning didaktik ta’minoti “Metafora sarguzashti” quest metodining bosqichli topshiriqlari, interaktiv mashqlarni ishlab chiqish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “Metafora” nomli mobil ilovasini yaratish orqali takomillashtirilgan;
5-7-sinf o‘quvchilari og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirishning pedagogik modelining baholovchi bloki o‘quvchilar og‘zaki nutqini motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlar hamda yuqori, o‘rta, quyi darajalarda baholashda metafora vositasida o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich va intensiv bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab oʻquvchilari og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirish metodikasi boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ona tili darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida o‘quvchilar og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirishning pedagogik zarurati kognitiv rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash, nutqning ifodaviyligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish imkoniyatlarini gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini hisobga olish asosida berilgan tavsiyalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” 01/4-2152-son amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 1-avgustdagi 22-01-411/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratishda o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish, o‘quvchi nutqining ifodaviyligini oshirish, lug‘at boyligini kengaytirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari metafora orqali takomillashtirilgan;
ona tili darslari va darsdan tashqari mashg‘ulotlarida o‘quvchilar og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirish metodikasi “Tirilgan so‘zlar”, “Jonlangan obrazlar teatri”, “Qiyoslash qiziqarli”, “Metaforani rasmda ko‘r”, “So‘zlar ortidagi sehrli dunyo”, “Metafora chaqmoqlari”, “Ko‘rinmas bog‘liqlik” va “O‘xshashlikni angla” kabi interaktiv metodlarni o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirish  asosida takomillashtirishga doir tavsiyalar “Nutqiy kompetensiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 746-980 raqamli ruxsatnomasi; Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 1-avgustdagi 22-01-411/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Nutqiy kompetensiyalar” o‘quv qo‘llanmasining og‘zaki nutq kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan mavzulari metafora orqali og‘zaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan metodlar hamda nazariy ma’lumotlar bilan yanada to‘ldirilgan;
5-7-sinf o‘quvchilari og‘zaki nutqini darsdan tashqari mashg‘ulotlarda metafora orqali rivojlantirishning didaktik ta’minoti “Metafora sarguzashti” quest metodining bosqichli topshiriqlari, interaktiv mashqlarni ishlab chiqish kabi vazifalarga ustuvorlik berish asosida “Metafora” nomli mobil ilovasini yaratish orqali takomillashtirishga doir tavsiyalardan        2022-2024-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” 01/4-2145-son amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 1-avgustdagi 22-01-411/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatorida metafora orqali ma’nosi ko‘chgan so‘zlarni aks ettirish hamda o‘quvchilar og‘zaki nutqiga bosqichma-bosqich olib kirishga xizmat qiluvchi didaktik-metodik ta’minoti takomillashtirilgan; 
5-7-sinf o‘quvchilari og‘zaki nutqini metafora orqali rivojlantirishning pedagogik modelining baholovchi bloki o‘quvchilar og‘zaki nutqini motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv mezonlar hamda yuqori, o‘rta, quyi darajalarda baholashda metafora vositasida o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich va intensiv bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2020-2023-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan bajarilgan AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” 01/4-2152-son amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 1-avgustdagi 22-01-411/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilining ta’limiy korpusida o‘quvchilar og‘zaki nutqining rivojlanganlik darajasini aniqlash metafora vositasida o‘quv topshiriqlarini bosqichma-bosqich va intensiv bajarish samaradorligiga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish