Nabiev Alisher Isomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ingliz va o‘zbek tillaridagi neytralitetning leksik, grammatik vositalari tadqiqi, 10.00.13 - Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4185.
Ilmiy rahbar: Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/2025.27.12.Fil.37.02.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Fayzulloev Otabek Muxamadovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillarida neytralitet hodisasini hosil qiluvchi lisoniy vositalarni aniqlash va chog‘ishtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va o‘zbek tillarida neytralitet hodisasining leksik va grammatik tarkibi ushbu tillarning ichki tabiati, konseptuallashishi hamda nutq faoliyatining murakkab mexanizmlari sintaktik tuzilmalar, metaforik ifodalar, yordamchi til birliklari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi aniqlangan;
har ikki tilda neytral ma’no ifodalovchi leksik birliklar (so‘z va iboralar)ning semantik-funksional maydoni ularning ommonimik, sinonimik xususiyatlari va kontekst ta’sirida aniqlik va noaniqlik chegaralari farqlanishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida neytralitet hodisasi zamon shakllari, nisbat, mayl kategoriayalari, modal birliklar hamda sintaktik konstruksiyalar doirasida faollashishi ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida neytralitetning pragmatik vazifalari (nutq ekonomiyasi) va semantik (noaniqlik, noma’lumlik) tarzda namoyon bo‘lishi so‘zlovchining noaniq ifodasi, ehtiyotkor pozisiyasi, inkor matn mazmuni hamda aniqlik kirituvchi lisoniy vositalarning qo‘llanmasligida yuzaga kelishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida neytralitet mazmunga ega leksik, grammatik vositalarning qiyosiy tipologik tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida neytralitetning pragmatik va semantik namoyon bo‘lishi so‘zlovchining noaniq ifodasi, ehtiyotkor pozisiyasi, inkor matn mazmun hamda aniqlik kirituvchi lisoniy vositalarning yo‘qligida yuzaga kelishi dalillanganiga oid ishlab chiqilgan taklif-tavsiyalari, nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillar davomida bajarilgan IL-7823051524-sonli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontestologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha vazifalarini bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetning 2026-yil 24-martdagi 04/11-8125-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida neytralitetning pragmatik va semantik ifodasi noaniqlik, ehtiyotkorlik va inkor mazmunini aniqlashga xizmat qilgan;
har ikki tilda neytralitet ma’no ifodalovchi leksik-birliklar (so‘z va iboralar) ning semantik-funksional maydoni predikat va boshqa lingvistik birliklarning aniqlik va noaniqlik chegaralarini belgilashi isbotlanganiga oid tavsiya qilingan metodlardan, nazariy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida 2024-2025-yillar davomida bajarilgan “REP-25112021/113 – UzUDT: O‘zbek tilida tabiiy tilni qayta ishlash uchun universal bog‘liqlik daraxti korpusi va uning semantik tahlili” mavzusidagi ilmiy loyiha bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetning 2026-yil 24-martdagi 04/11-8124-son ma’lumotnomasi). Natijada, neytral ma’no ifodalovchi leksik birliklar aniqlik va noaniqlik chegaralarini belgilashga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida neytralitet hodisasi leksik va grammatik vositalar orqali ifodalanishi, tilning tabiati, inson tafakkuri va nutq faoliyatining murakkab mexanizmlari bilan chambarchas bog‘liq ekanligi aniqlangan. Har ikki tilda neytralitet ma’no ifodalovchi leksik birliklar (so‘z va iboralar)ning semantik-funksional maydoni predikat va boshqa lingvistik birliklarning aniqlik va noaniqlik chegaralarini belgilashi dalillangan hamda nazariy xulosalaridan Qarshi davlat universitetida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan “SUZ-800-21 – GR-3181 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2026-yil 28-apreldagi 04/4223-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida neytral ma’no ifodalovchi leksik birliklarning aniqlik va noaniqlik chegaralarini belgilashdagi ahamiyati amaliy jihatdan tasdiqlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida neytralitetning pragmatik vazifalari (nutq ekonomiyasi) va semantik (noaniqlik, noma’lumlik) tarzda namoyon bo‘lishi so‘zlovchining noaniq ifodasi, ehtiyotkor pozisiyasi, inkor matn mazmuni hamda aniqlik kirituvchi lisoniy vositalarning nutqda faollashishi natijalaridan Samarqand viloyati teleradiokompaniyasida tayyorlangan media materiallar - “Assalom, Samarqand!” tonggi dasturi hamda 2025-yil 16-aprel kuni “Samarqand” radiokanalida efirga uzatilgan “Kun mavzusi” eshittirishining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-apreldagi 01-07/152-son ma’lumotnomasi). Ssenariylar tayyorlashda neytral leksik va grammatik birliklardan foydalanilib, matnlarning obektivligi va tushunarliligi ta’minlandi. Natijada ilmiy-amaliy xulosalar kelgusidagi media materiallar mazmunini boyitish va ularni ilmiy asosda takomillashtirishga xizmat qilgan.