Yuldoshev Xojiakbar Toshpo‘latovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning turli tipdagi suv havzalaridagi baliqlar organizmining morfofiziologik xususiyatlariga bioekologik omillarning ta’siri», 03.00.06 - Zoologiya, 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/B249.
Ilmiy maslahatchilar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Yatusevich Anton Ivanovich, veterinariya fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.09.10 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Adulaxmet Raimberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Pazilov Abduvaeit Pozilovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning turli tipdagi suv havzalarida yashovchi baliqlar organizmining morfofiziologik xususiyatlariga bioekologik omillarning ta’siri qonuniyatlarini hamda ularning yashovchanligi va chidamliligini ta’minlovchi adaptiv mexanizmlarni aniqlash orqali baliqlar mahsuldorligini oshirish texnologiyalarini ishlab chiqishda, baliqlar qonining gematologik va morfologik ko‘rsatkichlarga bog‘liqligini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublika suv havzalarida parvarishlanayotgan baliqlar qonining gematologik ko‘rsatkichlari normalari mos ravshda forel, karas, sazan baliqlarida eritrotsitlar miqdori 1,2; 1,6; 2,6; (1012/l), gemoglobin 100,0; 89; 97; (g/l), leykotsitlar 25,5; 51,0; 43,0; (109/l), limfotsitlar esa 64,0; 76,0; 88,0 % ga teng ekanligi aniqlangan;
bir yozlik (segoletka) karp balig‘ining turli parvarishlash sharoitlardagi: Ekstensiv texnologiyada 86,6 %; Intensiv texnologiyada 64,5 %; Sun’iy hovuzda 91,7 %; Basseyn sharoitida 90,3 % va Yopiq suv havzasida 90,5 % ni tashkil etishi qondagi limfotsitlar (%) miqdorining bir-biridan farq qilishi ilk bor isbotlangan;
xususiylashtirilgan tarmoq sharoitida ochiq va yopiq polikulturada qo‘llanilayotgan texnologiyalarni baholash hamda ushbu sharoitlarning baliqlar morfofiziologik ko‘rsatkichlariga ta’siri, turli tipdagi suv havzalari uchun istiqbolli bo‘lgan zamonaviy akvakultura tizimini hududlar kesimida to‘g‘ri tanlash zarurati asoslangan va baliqlarning o‘sish va rivojlanishdagi o‘rni ochib berilgan;
turli bioekologik hududlarda va hovuzlarda parvarishlangan baliqlar morfologik ko‘rsatkichlari o‘zgarishlari va akvakultura tizimi uchun baliq qoni tarkibining o‘zgarishlari, turli bioekologik, antropogen omillarga o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;
Samarqand tumanidagi bir yillik sazan baliqlarining dum suzgich qanoti uzunligi 6,51 sm va eni 7,8 sm ni; Zomin tumanida 7,11 sm va eni 8,1 sm ni; Pastdarg‘om tumanida esa 7,8 sm va eni 8,3 smni tashkil etib, turli ekologik hududlar kesimida suzgich qanotlarining morfologik ko‘rsatkichlari o‘zaro farqlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning turli tipdagi suv havzalaridagi baliqlar organizmining morfo-fiziologik xususiyatlariga bioekologik omillarning ta’siri bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Samarqand, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarining ayrim tumanlari tabbiy va suniiy suv havzalarida, har xil yoshdagi oq do‘ngpeshona balig‘ini karp balig‘i bilan folikulturasini leykogrammasini aniqlash hamda intensiv usulda ko‘paytirish bo‘yicha olingan natijalar Do‘rmonsoy baliqchilik fermer xo‘jaligiga joriy etilgan va amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 28 apreldagi 02/23-289-son ma’lumotnomasi). Natijada, karp baliqlarida gemotokritning o‘rtacha qiymati 30,7% ni tashkil etib, turli sharoitlada boqilgan baliqlarni farqi mos ravishda 9.0, 5.6, 4.8, va 3.5% kamligi kuzatilib bu ko‘rsatkichlar barcha sharoitlarda nisbatan kam ekanligini aniqlanib, baliq kasalliklarini barvaqt diagnostika qilish imkonini bergan;
turli tipdagi (ekstensiv, intensiv, basseyn va yopiq suv tizimlari) akvakultura sharoitlarida boqiladigan baliqlar (karp, oq do‘ngpeshona va forel) organizmining asosiy gematologik va morfofiziologik ko‘rsatkichlari (gemoglobin, gematokrit, eritrotsitlar soni, leykotsitlar formulasi)ni monitoring qilish “Po‘lat baliq havzasi” fermer xo‘jaligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekbaliqsanoat uyushmasining‘ 2026 yil 23 apreldagi 09/305-son ma’lumotnomasi). Natijada, yopiq suv tizimida parvarishlangan karp baliqlarida gematokrit ko‘rsatkichi o‘rtacha 30,7% ni tashkil etib, boshqa texnologiyalarga nisbatan mos ravishda 3,5-9,0% ga pastligini, sun’iy hovuz sharoitida boqilgan karp baliqlarida gemoglobin miqdori o‘rtacha 89,88 g/l, basseyn sharoitida esa 76,52 g/l ni tashkil etib, turli texnologik sharoitlarga bog‘liq sezilarli farqlar kuzatilganligi, baliqlarni past zichlikda parvarishlashda ozuqa koeffisienti yaxshilanib, o‘sish sur’atlari va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish imkonini bergan;
baliqlarning qon ko‘rsatkichlari (gematokrit, gemoglobin miqdori, leykoformula va boshqa morfologik parametrlar) sog‘lom va patologik holatlar kesimida qiyosiy tahlili Qoraqalpog‘iston Respublikasi baliqchilik xo‘jaliklariga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2026 yil 13 apreldagi 33/01-05-391-son ma’lumotnomasi). Natijada, gematokritning o‘rtacha qiymati 30,70 ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich turli texnologik sharoitlarda (ekstensiv, intensiv, sun’iy hovuz va basseyn) mos ravishda 9,0; 5,6; 4,8 va 3,5 % ga farq qilishi bilan asoslanib, ushbu tafovutlar baliqlar organizmiga tashqi muhit omillarining ta’sirini aniqlash imkonini bergan.