Parsaeva Nodira Jur’atovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Piroksenitli chiqindidan foydalanib energiya va resurstejamkor kam klinkerli portlandsement tarkiblarini ishlab chiqish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5488.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Mastura, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Jizzax politexnika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.T.04.02.
Rasmiy opponentlar: Qosimov Ibroxim Erkinovich, texnika fanlari doktori, professor. Orazimbetova Gulistan Jaksilikovna, texnika fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Toshkent transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piroksenitli chiqindidan qo‘shimcha sifatida foydalanib kam klinkerli sement tarkibini ishlab chiqish hamda u asosidagi beton xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piroksenitli chiqindining to'liq kimyoviy-mineralogik tarkibi, dispersligi va texnologik xossalari tadqiq etilgan hamda uni portlandsementga faol mineral qo'shimcha sifatida ishlatishga yaroqliligi aniqlangan;
piroksenitli chiqindi qo'shilgan kam klinkerli sementning normal quyuqlik, egilish va siqilishga mustahkamlik bo‘yicha aniqlangan ko'rsatkichlari asosida qo'shimchali sement uchun piroksenitli chiqindini qo‘llashning optimal tarkib chegaralari tanlangan;
portlandsementning fizik-mexanik xossalariga piroksenitli qo'shimchaning miqdori va dispersligiga ko'rsatadigan ta'siri aniqlangan hamda tajriba-statistik usullar yordamida optimallash asosida SEM II 32,5 H sinfli qo‘shimchali sement olingan;
piroksenitli chiqindidan foydalanib qo'shimchali portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasi quritish, dozalash va qo'shish bosqichlari qo‘llanilib sanoat sharoitiga moslashtirilgan holda takomillashtirilgan.
optimal tarkibdagi qo‘shimchali SEM II 32,5 H sementlar asosida B30 sinfli beton olinib, uning 28, 90, 180 sutkalar davridagi mustahkamlik ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mineral qo‘shimchali sementlar va ular asosidagi betonlarning samarali tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
optimal tarkiblar asosida olingan, piroksenit chiqindisi mahsuli bo‘lgan SEM II 32,5H toifali kam klinkerli portlandsement «WORLD FRUIS 1» MChJ sement zavodining ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 22 maydagi 02/15-1686-sonli ma’lumotnomasi). Natijada GOST 31108-2020 talablariga to‘liq javob beruvchi sifatli qo‘shimchali sement ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
optimal tarkibga ega SEM II 32,5H qo‘shimchali sement asosida olingan B30 sinfidagi beton qorishmasi «JAHONGIR GREAT LUCK AChIEVEMENT» MChJning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish jarayoniga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining 2025 yil 22 maydagi 02/15-1686-sonli ma’lumotnomasi). Natijada GOST 7473-2010 standartlariga mos keluvchi B30 sinfli beton mahsulotini ishlab chiqarishga erishilgan va yillik kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik 775 700 000 (etti yuz etmish besh million etti yuz ming) so‘mni tashkil etgan.