Otamurodov G‘olibjon Ro‘zimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari boshqaruv kompetentligini rivojlantirishning integrallashagan axborot-metodik tizimini takomillashtirish”, 13.00.07–Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped863.
Ilmiy rahbar: Zakirova Feruza Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya ishi bajarilgan muassasa nomi: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Dilara Djumaniyazova, pedagogika fanlari doktori, professor; Ximmataliev Dustnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari boshqaruv kompetentligini qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimining integrallashgan axborot-metodik tizimi asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rahbar kadrlar boshqaruv kompetentligini rivojlantirishning integrallashgan axborot-metodik tizimi sohaviy qiziqishlari bo‘yicha o‘quv-metodik, ijtimoiy-ma’rifiy va ilmiy-innovatsion internet birlashmalarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
rahbar kadrlarni boshqaruv kompetentligining rivojlanganligini baholash tizimi boshqaruv-texnologik (hard skills) va ijtimoiy-motivli (soft skills) kompetensiyalarni aniqlash hamda kvalimetrik mezonlar (uzluksizlik, natijaviylik, innovatsion faollik)ga asoslangan darajali baholash komponentini belgilash asosida ishlab chiqilgan;
rahbar kadrlar boshqaruv kompetentligini rivojlantirishning mexanizmlari uzviylik va natijaviylikka asoslangan individual malaka oshirish traektoriyalarini amalga oshirish imkoniyatini yaratuvchi muqobil va tabaqalashtirilgan variativ dasturlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
rahbar kadrlarning boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan integrallashgan elektron portfolioning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari boshqaruv faoliyatining uzluksiz monitoring natijalariga asoslangan statistik tashxis, strategik rejalashtirish va ilmiy hamkorliklarni ta’minlash xizmatlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari boshqaruv kompetentligini rivojlantirishning integrallashagan axborot-metodik tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida boshqaruv faoliyat natijalari diagnostikasiga asoslangan muqobil va tabaqalashtirilgan malaka oshirishning variativ dasturlari bilan bog‘liq takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 797-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4201-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirishning bevosita hamda mustaqil faoliyat natijalariga aloqador bilvosita shakllarini qo‘llash orqali variativ dasturlarni tatbiq etilishiga erishilgan;
rahbar kadrlarni boshqaruvda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish kompetentligining rivojlanganligini baholashning kvalimetrik mezonlari hamda boshqaruv-texnologik (hard skills) va ijtimoiy-motivli (soft skills) darajalari bilan bog‘liq takliflar oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4201-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi malaka oshirish kurslarining o‘quv reja va dasturlari mazmuni takomillashtirilgan;
rahbar kadrlar boshqaruv kompetentligini rivojlantirishning integrallashgan axborot-metodik tizimini o‘quv-metodik, ijtimoiy-ma’rifiy va ilmiy-innovatsion internet birlashmasini kiritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar YoA 5-5 raqamli “O‘quv jarayoniga moslashuvchi Web-tizimini yaratish” nomli (2016-2017) loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4201-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarining yagona integratsiyalashgan elektron platformasi yaratilgan;
rahbar kadrlarning boshqaruv kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan integrallashgan elektron portfolioning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari boshqaruv faoliyatining uzluksiz monitoring natijalariga asoslangan xizmatlarni kiritishga oid takliflar oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlarining “Ta’lim sifati menejmenti”, “Ta’lim tizimi menejmenti” malaka oshirish kurslari mazmuni hamda axborot-metodik ta’minotini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 oktyabrdagi 89-03-4201-son ma’lumotnomasi). Natijada, rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga boshqaruv faoliyati natijalariga asoslangan statistik tashxis, strategik rejalashtirish va ilmiy hamkorlikni ta’minlash xizmatlarini kiritish imkoni yuzaga kelgan.