To‘raev Jasurali To‘raevichning
iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Investision muhit boshqaruvini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5573
Ilmiy rahbari: Shodmonqulov Kamoliddin Murodillaevich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Qosimova Dilorom Sobirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ismoilova Gulnora Fayzullaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tadqiqotning maqsadi investision muhitni boshqarishning mavjud holatini tahlil qilish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “Investisiyalarni samarali boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni investisiya resurslarini to‘g‘ri rejalashtirish, joylashtirish, nazorat qilish va ulardan maksimal iqtisodiy samaraga erishish maqsadida foydalanishni ta’minlaydigan kompleks boshqaruv jarayoni tizimli va integratsiyali yondashuv asosida takomillashtirilgan;
investision muhitni yaxshilash bo‘yicha kiritilayotgan investisiyalar samaradorligini aniqlash uslubini ishlab chiqish asosida Qashqadaryo viloyati tumanlarining investisiya salohiyatining yuqori (A=10 ball), o‘rta (B=7 ball) va past (C=4 ball) qiymatlari aniqlangan;
hududlarda yashil investision muhit jozibadorligini integral baholash uslubi hududlar investision muhitining “barqaror rivojlanayotgan” (70-100 ball), “o‘tish bosqichida” (40-70 ball), “riskli” (0-40 ball) mezon qiymatlarida guruhlash orqali tabaqalashgan yondashuv asosida takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha yashil investision muhit shakllanishi va ularni boshqarishni takomillashtirish ko‘p omilli korrelyasion modellar asosida investisiyalar samaradorligini oshirishining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investision muhit boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “investisiyalarni samarali boshqarish” tushunchasi investisiya resurslarini to‘g‘ri rejalashtirish, joylashtirish, nazorat qilish va ulardan maksimal iqtisodiy samaraga erishish maqsadida foydalanishni ta’minlaydigan kompleks boshqaruv jarayoni sifatida takomillashtirilgan, undan oliy o‘quv yurti talabalari uchun mo‘ljallangan “Savdo faoliyatini tashkil etish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 22-oktyabrdagi 422-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida oliy o‘quv yurti talabalari va bo‘lg‘usi mutaxassislarda investisiyalarni samarali boshqarish va iqtisodiy rivojlanishiga ta'sirini tahlil qilish, investisiyalarni samarali boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda nazariy hamda amaliy bilimlarni yanada chuqurlashtirishga yangi bilimlar va ko‘nikmalarning shakllanishiga imkon yaratilgan;
investision muhitni boshqarish bo‘yicha kiritilayotgan investisiyalar samaradorligini aniqlash uslubini ishlab chiqish asosida Qashqadaryo viloyati tumanlarining investisiya salohiyatining yuqori (A=10 ball), o‘rta (B=7 ball) va past (C=4 ball) qiymatlari aniqlangan taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2026 yil 22-maydagi № 01-06-30-5092-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida faoliyat yuritayotgan xorijiy investisiya ishtirokidagi korxonalarning direksiya bilan hamkorlikdagi shartnomani uzaytirish haqida qo‘shimcha arizalari soni 2025 yilning 4-choragida 17 foizga oshgan;
hududlarda yashil investision muhit jozibadorligini integral baholash uslubi hududlar investision muhitining “barqaror rivojlanayotgan” (70-100 ball), “o‘tish bosqichida” (40-70 ball), “riskli” (0-40 ball) mezon qiymatlarida guruhlash orqali tabaqalashgan yondashuv asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026 yil 22-maydagi № 01-06-30-5092-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2025 yilning 4-choragida Qashqadaryo viloyatidagi potensial va istiqbolli investorlar o‘rtasida sog‘lom raqobatning o‘sishiga erishilgan hamda potensial va istiqbolli investorlarning raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari 19 foizga yaxshilanishi asosida ularning yangi ish o‘rinlari yaratishdagi ishtiroki 8,6 foizga, o‘zlashtirilgan investisiyalardagi ishtiroki 17,2 foizga oshgan;
investision muhitni shakllanishi va uni boshqarishni takomillashtirishda ko‘p omilli korrelyasion modellari asosida ishlab chiqilgan investisiyalar samaradorligini oshirishining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2026 yil 22-maydagi № 01-06-30-5092-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifda ko‘p omilli korrelyasion modellari asosida investision muhitni shakllanishi va uni boshqarishni takomillashtirishda uzoq muddatli vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks tadbirlari tizimi ishlab chiqilgan. Mazkur taklif sanoati taraqqiyotining 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan.