Rambergenova Rita Genjemuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasi, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil3780.
Ilmiy rahbar: Abishov Genjebay Matjanovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.04.06
Rasmiy opponentlar: Salqinbay Anarkul Baymirzaqizi, filologiya fanlari doktori, professor; Patullaeva Gawhar Saqlapbergenovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining nazariy asoslarini belgilash, uni yuzaga keltiruvchi omillarni aniqlash, shuningdek qoraqalpoq tilida aks etish qonuniyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining nazariy asoslari kommunikativ ehtiyoj, nutqiy iqtisod va til tizimining rivojlanish qonuniyatlarining o‘zaro bog‘liqligida ochib berilib, uning yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik qishqarishlar kabi intralingvistik hamda nutq vaziyati, kommunikativ maqsad, so‘zlovchi va tinglovchining ijtimoiy munosabatlari kabi ekstralingvistik omillar aniqlangan;
qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining fonetik sathda namoyon bo‘lish mexanizmlari (reduksiya, eliziya, assimilyasiya, akkomodatsiya, diereza, proteza, epenteza, epiteza va metateza) qiyosiy banolanib, ularning nutqiy iqtisodga xizmat qiluvchi fonetik qisqarish, tovushlarning tushishi va o‘zaro fonetik moslashuvi kabi lingvistik qonuniyatlari asoslab berilgan;
qoraqalpoq tilining leksik-semantik va morfologik sathlarida tejamkorlik hodisasining polisemiya, univerbatsiya, abbreviatsiya, substantivatsiya hamda boshqa tejamkorlik vositalari orqali yuzaga chiqish xususiyatlari aniqlanib, ularning funksional-semantik tavsifi ishlab chiqilgan;
qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining fonetik, leksik-semantik, morfologik va sintaktik sathlarda namoyon bo‘lish shakllari dalillanib, ularning o‘zaro tizimli bog‘liqligini aks ettiruvchi funksional tasnif ishlab chiqilgan hamda mazkur tasnifning zamonaviy qoraqalpoq tilini tavsiflashdagi ahamiyati asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining nazariy asoslari, uning intralingvistik va ekstralingvistik omillari, fonetik, leksik-semantik, morfologik hamda sintaktik sathlarda namoyon bo‘lish qonuniyatlariga oid olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda amaliyotga joriy etildi:
qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining nazariy asoslari kommunikativ ehtiyoj, nutqiy iqtisod va til tizimining rivojlanish qonuniyatlarining o‘zaro bog‘liqligida ochib berilib, uning yuzaga kelishiga ta’sir etuvchi fonetik, leksik, morfologik va sintaktik qishqarishlar kabi intralingvistik hamda nutq vaziyati, kommunikativ maqsad, so‘zlovchi va tinglovchining ijtimoiy munosabatlari kabi ekstralingvistik omillar aniqlanganligi hamda qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining fonetik sathda namoyon bo‘lish mexanizmlari (reduksiya, eliziya, assimilyasiya, akkomodatsiya, diereza, proteza, epenteza, epiteza va metateza) qiyosiy banolanib, ularning nutqiy iqtisodga xizmat qiluvchi fonetik qisqarish, tovushlarning tushishi va o‘zaro fonetik moslashuvi kabi lingvistik qonuniyatlari asoslab berilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-G005-son “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini o‘rganish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 3-noyabrdagi 690/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida qoraqalpoq tili materiallarida tejamkorlik hodisasining namoyon bo‘lish xususiyatlarini izohlash va folklor matnlarining lingvistik tahlilini boyitishga xizmat qiluvchi ilmiy-nazariy yondashuvlar takomillashtirilgan;
qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining leksik-semantik vositalari, xususan metafora va metonimiyaning nutqiy iqtisod hamda ma’no ixchamligini ta’minlashdagi funksional xususiyatlariga oid ilmiy natijalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi faoliyatida ekspozisiyalar va ilmiy-ma’rifiy materiallarni tayyorlashda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 28-oktyabrdagi 8-03/2297-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekspozisiyalarda badiiy matnlarda metafora va metonimiyaning semantik, stilistik hamda kommunikativ funksiyalarini izohlash sifati oshirilgan;
qoraqalpoq tilida tejamkorlik hodisasining dialogik va monologik nutqda namoyon bo‘lish modellari, ellipsis, qisqartirish va boshqa nutqiy iqtisod vositalariga oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining “Qayırlı tań”, “Tilge itibar – elge itibar” va “Ana tilim” teleko‘rsatuvlari hamda radioeshittirishlarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 11-noyabrdagi 05-22/628-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiy til me’yorlari, nutq madaniyati va tejamkorlik hodisasining zamonaviy nutqdagi o‘rni haqidagi ilmiy-ma’rifiy ko‘rsatuvlarning mazmuni boyitilib, ularning madaniy-ma’rifiy samaradorligi oshirilgan.