Normurzaev Umid Xolmurzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish yo‘llari», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iftisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt493.
Ilmiy rahbar: Qurbonov Ziyat Niyazovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Toshmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gadoev Erkin Fayzievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish asosida soliq mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq imtiyozlarini berish tartibi amaldagi qonunchilikda belgilangan soliq stavkalarini ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish hamda uch yil muddatga soliq imtiyozlarini taqdim etishni berilishi orqali takomillashtirilgan;
iqtisodiyotning turli sohalarida ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishini, moliyaviy resurslardan faol tarzda foydalanishni hamda raqobatni kuchaytirishni rag‘batlantiruvchi xususiyatlarini hisobga olgan holda foyda solig‘i bo‘yicha berilayotgan soliq imtiyozlarini tartibga solish asoslangan;
iqtisodiyotning yetakchi sanoat tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilayotgan soliq imtiyozlari bekor qilinishining «to‘lov zanjiri»dagi uzilishlarini bartaraf etish orqali mahsulot tannarxiga ta’siri asoslangan;
soliq imtiyozlari va preferensiyalarini berish amaliyotini maksimal darajada cheklash, samarasiz foydalanilgan imtiyoz summalarini byudjetga qaytarish mexanizmlarini takomillashtirish asosida soliq imtiyozlarining byudjet samaradorligi koeffisientini aniqlash uslubi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliq imtiyozlaridan samarali foydalanish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
soliq imtiyozlarini berish tartibi amaldagi qonunchilikda belgilangan soliq stavkalarini ko‘pi bilan 50 foizga kamaytirish hamda uch yil muddatga soliq imtiyozlarini taqdim etishni berilishi orqali takomillashtirirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar Soliq kodeksining soliq imtiyozlarining qo‘llanilishi bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 4 iyundagi 16/2-12413-son  va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2019 yil 10 dekabrdagi 03-1/1073-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida soliq to‘lovchilarga soliq imtiyozlarini berish tartibining aniqlik darajasi ortib, taqdim etilayotgan soliq imtiyozlarining samaradorligini baholash imkoniyati yaratilgan;
iqtisodiyotning turli sohalarida ilg‘or texnologiyalarning joriy etilishini, moliyaviy resurslardan faol tarzda foydalanishni hamda raqobatni kuchaytirishni rag‘batlantiruvchi xususiyatlarini hisobga olgan holda foyda solig‘i bo‘yicha berilayotgan soliq imtiyozlarini tartibga solish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar soliq qonunchiligiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi  Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019 yil 24 sentyabrdagi UB-3-2/14-14-896-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida iqtisodiyotning turli sohalarida foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlarini berish yoki bekor qilish orqali ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy resurslardan faol tarzda foydalanish hamda raqobatni kuchaytirishga ta’sir ko‘rsatish imkoniyati paydo bo‘lgan;
iqtisodiyotning yetakchi sanoat tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha berilayotgan soliq imtiyozlari bekor qilinishining «to‘lov zanjiri»dagi uzilishlarini bartaraf etish orqali mahsulot tannarxiga ta’siri asoslangan va  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 iyundagi «Soliq va bojxona imtiyozlarini berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5755-sonli Farmoniga muvofiq soliq imtiyozlarining qo‘llanilishi yuzasidan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 8 iyuldagi 14-19782-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida iqtisodiyotning yetakchi sanoat tarmoqlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha «to‘lov zanjiri»dagi uzilishlarni bartaraf etish orqali mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatiga erishilgan;
soliq imtiyozlari va preferensiyalarini berish amaliyotini maksimal darajada cheklash, samarasiz foydalanilgan imtiyoz summalarini byudjetga qaytarish mexanizmlarini takomillashtirish asosida soliq imtiyozlarining byudjet samaradorligi koeffisentini aniqlashning takomillashtirilgan uslubi moliya va soliq tizimi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2018 yil 3 dekabrdagi DS/04-02-32/5159-son va Davlat soliq qo‘mitasining 2019 yil 1 noyabrdagi 15/1-31547-son ma’lumotnomalari). Buning natijasida soliq imtiyozlari berish amaliyotini cheklash hamda samarasiz foydalanilgan imtiyoz summalarini byudjetga qaytarish mexanizmlari takomillashib, soliq imtiyozlarining byudjet samaradorligi koeffisentini aniqlash uslubining aniqlik darajasi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish