Sobirov Anvar Kuvandikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek tilida so‘z tartibining lingvopoetik tahlili, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Fil472.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Tojieva Gulbahor Nomozovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Xamidov Abdumalik Kironovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida so‘z tartibining lingvopoetik xususiyatini antropotsentrik, funksional-kommunikativ va matn lingvistikasi yondashuvlari asosida sintaktik, semantik, pragmatik, ekspressiv-stilistik va badiiy-estetik jihatdan aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilida so‘z tartibining sintaktik, semantik, funksional-kommunikativ va lingvopoetik xususiyati so‘z tartibining grammatik me’yor doirasidagi variativligi bilan uning kommunikativ va poetik funksiyasi o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishlar, sintaktik o‘zgarishlar va inversiyaning aktual bo‘linish, tema–rema va fokus kategoriyalari bilan uzviy munosabatiga asoslanib, so‘z komponentlarining pozision o‘zgarishi orqali axborotning kommunikativ taqsimlanishi, semantik urg‘uning markazlashuvi asosida aniqlashtirilgan;
o‘zbek tilidagi odatdagi va o‘zgargan so‘z tartibi modellari sintaktik komponentlarning pozisiyasi, kommunikativ yuklanishi, semantik urg‘u va kontekstual shartlanganlik mezonlari asosida tizimlashtirilib, so‘z tartibining variativlashuvini yuzaga keltiruvchi grammatik-sintaktik, semantik, kommunikativ-pragmatik va uslubiy omillar so‘z komponentlari pozisiyasining o‘zgarishi bilan gapning sintaktik strukturasi, axborot taqsimoti va semantik markazi o‘rtasidagi funksional bog‘lanishlar ochib berilgan hamda o‘zbek tilida so‘z tartibining me’yoriy, kommunikativ-pragmatik, semantik-ekspressiv va lingvopoetik turlardan tarkib topuvchi funksional-semantik tasnifi ishlab chiqilgan;
so‘z tartibining lingvopoetik funksionalligi “pozision o‘zgarish → semantik urg‘u → kommunikativ aktuallashuv → ekspressivlik → obrazlilik → ritmik tashkil → estetik ta’sir” izchilligida konseptuallashtirilib, inversiya va boshqa sintaktik pozision o‘zgarishlarning badiiy matnda poetik mazmunni shakllantirish mexanizmi hamda ularning muallif individual uslubini namoyon etishdagi funksional qonuniyatlari ochib berilgan;
so‘z tartibining janriy va individual-uslubiy variativligi “janr xususiyati → kommunikativ vazifa → pozision tanlov → ekspressivlik → poetik obraz → milliy-badiiy mazmun” tizimi asosida konseptuallashtirilib, she’riy, nasriy va dramatik matnlarda so‘z tartibi modellarining o‘ziga xos funksional-lingvopoetik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda ularning muallif individual poetik uslubi va milliy-badiiy tafakkurni ifodalash mexanizmi asoslangan;
o‘zbek tilida so‘z tartibining lingvopoetik funksionalligi sintaktik shakldan individual uslubgacha bo‘lgan “shakl – mazmun – kommunikativ funksiya – ekspressivlik – obrazlilik – estetik ta’sir” kontinuumi asosida konseptuallashtirilib, so‘z tartibi variativligining badiiy mazmunni aktuallashtirish, poetik obrazni shakllantirish va individual uslubni namoyon etish mexanizmlari aniqlangan hamda ularni integratsiyalovchi funksional-lingvopoetik model takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilida so‘z tartibini lingvopoetik tahlili asosida:
o‘zbek tilida so‘z tartibining sintaktik, semantik, funksional-kommunikativ va lingvopoetik xususiyati so‘z tartibining grammatik me’yor doirasidagi variativligi bilan uning kommunikativ va poetik funksiyasi o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishlar, sintaktik variativlik va inversiyaning aktual bo‘linish, tema–rema va fokus kategoriyalari bilan uzviy munosabatiga asoslanib, so‘z komponentlarining pozision o‘zgarishi orqali axborotning kommunikativ taqsimlanishi, semantik urg‘uning markazlashuvi asosida aniqlashtirishga doir xulosalaridan 2021-2023-yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida bajarilgan “O‘zbek tilining milliy korpusini loyihalash va dasturiy majmua ishlab chiqish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Muhammad al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining 2023-yil 20-dekabrdagi 976/0101-son maʼlumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida o‘zbek tili milliy korpusida lisoniy birliklar tabiatini aniqlash, matnlarni tadqiq qilishdagi qarashlari va badiiy matnda so‘z tartibi turli badiiy sanʼatlarni hosil qilish orqali badiiy matnning taʼsirli, obrazli bo‘lishini taʼminlashi haqidagi nazariy xulosalaridan foydalanish orqali amalga oshirilishi ochib berilgan;
o‘zbek tilidagi me’yoriy va variativ so‘z tartibi modellari sintaktik komponentlarning pozisiyasi, kommunikativ yuklanishi, semantik urg‘u va kontekstual shartlanganlik mezonlari asosida tizimlashtirilib, so‘z tartibining variativlashuvini yuzaga keltiruvchi grammatik-sintaktik, semantik, kommunikativ-pragmatik va uslubiy omillar so‘z komponentlari pozisiyasining o‘zgarishi bilan gapning sintaktik strukturasi, axborot taqsimoti va semantik markazi o‘rtasidagi funksional bog‘lanishlar ochib berilgan hamda o‘zbek tilida so‘z tartibining me’yoriy, kommunikativ-pragmatik, semantik-ekspressiv va lingvopoetik turlardan tarkib topuvchi funksional-semantik tasnifidan “Samarqand viloyati teleradiokanali” DM tomonidan 2026-yil 30-aprel kuni “Samarqand MTRK” telekanali orqali efirga uzatilgan “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvining navbatdagi son ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanalining 2026-yil 3-iyundagi 01-07/203-son maʼlumotnomasi). Natijada, ssenariy matnida so‘z komponentlarining kommunikativ yuklanishiga muvofiq pozision joylashuvini belgilash, semantik urg‘uni maqsadli aktuallashtirish, axborotning mantiqiy izchilligini ta’minlash va nutqning uslubiy-kommunikativ ta’sirchanligini oshirish imkonini beruvchi lingvopoetik vositalardan foydalanish samaradorligi ta’minlangan;
so‘z tartibining lingvopoetik funksionalligi “pozision variativlik → semantik urg‘u → kommunikativ aktuallashuv → ekspressivlik → obrazlilik → ritmik tashkil → estetik ta’sir” izchilligida konseptuallashtirilib, inversiya va boshqa sintaktik pozision o‘zgarishlarning badiiy matnda poetik mazmunni shakllantirish mexanizmi hamda ularning muallif individual uslubini namoyon etishdagi funksional qonuniyatlaridan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan I-204-4-5 raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 25-dekabrdagi 1375/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilidagi badiiy matnlarni o‘qitishga mo‘ljallangan virtual ta’lim resurslarida so‘z tartibining lingvopoetik xususiyatlarini interaktiv va qiyosiy tahlil qilish imkoniyati kengaytirilib, talabalarning sintaktik konstruksiyalarni kontekstual anglash, semantik urg‘u va kommunikativ aktuallashuvni aniqlash, inversiya va boshqa pozision o‘zgarishlarning ekspressiv-obrazli hamda estetik funksiyalarini farqlash ko‘nikmalari takomillashtirilgan;
so‘z tartibining janriy va individual-uslubiy variativligi “janr xususiyati → kommunikativ vazifa → pozision tanlov → ekspressivlik → poetik obraz → milliy-badiiy mazmun” tizimi asosida konseptuallashtirilib, she’riy, nasriy va dramatik matnlarda so‘z tartibi modellarining o‘ziga xos funksional-lingvopoetik ko‘rsatkichlari aniqlangan hamda ularning muallif individual poetik uslubi va milliy-badiiy tafakkurni ifodalash mexanizmining ilmiy asoslanishidan Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturining Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through he development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 25-dekabrdagi 1375/03-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz va boshqa Evropa tillarini o‘qitishga mo‘ljallangan blended learning mazmuni lingvopoetik jihatdan boyitilib, badiiy matnlarning janriy va individual-uslubiy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallari takomillashtirildi hamda magistrantlarning xorijiy tildagi badiiy matnlarni semantik, kommunikativ, ekspressiv va lingvopoetik jihatdan tahlil qilish kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
o‘zbek tilida so‘z tartibining lingvopoetik funksionalligi sintaktik shakldan individual uslubgacha bo‘lgan “shakl – mazmun – kommunikativ funksiya – ekspressivlik – obrazlilik – estetik ta’sir” kontinuumi asosida konseptuallashtirilib, so‘z tartibi variativligining badiiy mazmunni aktuallashtirish, poetik obrazni shakllantirish va individual uslubni namoyon etish mexanizmlari aniqlangan hamda ularni integratsiyalovchi funksional-lingvopoetik model takomillashtirishga oid takliflardan 2022-yilda bajarilgan Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy markazining 68-11/78-raqamli “Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda jamoatchilik ta’sirini oshirishning innovatsion yo‘llarini joriy etish” mavzudagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Jizzax viloyati “Istiqbol” mintaqaviy markazining 2023-yil 20-noyabrdagi 22-son maʼlumotnomasi). Natijada, o‘quv-uslubiy materiallarning lingvistik mazmunini takomillashtirish, badiiy va publisistik matnlarni mazmuniy-kommunikativ jihatdan tahlil qilish, muhim axborot birliklarini semantik jihatdan aktuallashtirish hamda nutqning ekspressiv va estetik ta’sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlardan foydalanish imkoniyati kengaytirilgan.