Nasrullaeva Tozagul Suxrobovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): T.Drayzerning “The Financier” romani rus va o‘zbek tarjimalarining stilistik va pragmatik tahlili, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6591.
Ilmiy rahbar: Bazarbaeva Albina Mingalievna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/2025.27.12. Fil.37.02.
Rasmiy opponentlar: Umurova Guzal Xatamovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Akramova Taxmina Kamiljonovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “The Financier” romanining rus va o‘zbek tilidagi tarjimalarini ingliz tilidagi asl matn bilan qiyosiy asosda tahlil qilish orqali muallif Teodor Drayzer idiostilining transformatsiya qonuniyatlarini, badiiy matnning pragmatik salohiyatini hamda kommunikativ strategiyalarini til va madaniyatlararo o‘zaro ta’sir sharoitida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Teodor Drayzerning “The Financier” romanining rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarining milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda badiiy matnning pragmatik salohiyati transformatsiyasi qonuniyatlari ochib berilib, rus va o‘zbek tillarga tarjima matnlardagi leksik-semantik, kognitiv-konseptual, lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari qay darajada saqlab qolinganligi aniqlangan;
Drayzer nasrining sintaktik keng, nominativlik, vazmin baholovchilik, kinoyaviy masofa va bayonning hujjatliligi kabi stilistik xususiyatlaridan asl matnda foydalanishi asoslanib, rus va o‘zbek tarjimalarida maqsadli lingvomadaniyatlar me’yorlari va tarjima strategiyalari bilan bog‘liq pragmatik jihatdan shartlangan nutqiy aktlar, nutq strategiyalari, intensiya va stilistik-pragmatik ma’nodagi o‘zgarishlar dalillangan;
romanning rus va o‘zbek variantlarida yuzaga keladigan pragmatik transformatsiya turlari jumladan, muallif uslubining ko‘chishi, baholovchi komponentlarning eksplisitlik darajasining o‘zgarishi va personajlarning nutqiy xususiyatlarining transformatsiyasi asosida ushbu nomuvofiqliklar badiiy obrazlar talqiniga va asarning ijtimoiy-falsafiy muammolarini o‘quvchi til madaniyatida idrok etishiga ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
o‘zbek tarjimashunosligida “The Financier” romanining tizimli qiyosiy tahlili natijasida, badiiy tarjimaning pragmatik ekvivalentligini baholash mezonlarini aniqlashtirish orqali, Amerika naturalizmining realistik va pragmatik xossalarini yetkazishda o‘zbek tarjima an’anasining kalkalash, izohli tarjima va ekvivalent leksikani tanlash usullarining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlangan, shuningdek, asl matn bilan stilistik-pragmatik muvofiqlikni tahlil qilishning  semantik/stilistik/pragmatik yaxlitlik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. T. Drayzerning “The Financier” romani rus va o‘zbek tarjimalarining stilistik hamda pragmatik tahliliga bag‘ishlangan olib borilgan tadqiqot asosida, natijalar quyidagicha joriy etildi:
Teodor Drayzerning “The Financier” romanining rus va o‘zbek tillaridagi tarjimalarining milliy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda badiiy matnning pragmatik salohiyati transformatsiyasi qonuniyatlari ochib berilib, rus va o‘zbek tillarga tarjima matnlardagi leksik-semantik, kognitiv-konseptual, lingvomadaniy va pragmatik xususiyatlari qay darajada saqlab qolinganligi aniqlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2023-2025-yillarda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida №IL-27-4722022413 “Qiyosiy adabiyotshunoslik” faniga mo‘ljallangan “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyiha ijrosi jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 3-fevraldagi 11-25/62-son ma’lumotnomasi). Natijada, T. Drayzer nasrining sintaktik kenglik, nominativ konstruksiyalar, vazmin baholovchi ohang, ironik distansiya hamda bayonning hujjatli xarakteri kabi stilistik xususiyatlaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
Drayzer nasrining sintaktik keng, nominativlik, vazmin baholovchilik, kinoyaviy masofa va bayonning hujjatliligi kabi stilistik xususiyatlaridan asl matnda foydalanishi asoslanib, rus va o‘zbek tarjimalarida maqsadli lingvomadaniyatlar me’yorlari va tarjima strategiyalari bilan bog‘liq pragmatik jihatdan shartlangan nutqiy aktlar, nutq strategiyalari, intensiya va stilistik-pragmatik ma’nodagi o‘zgarishlar dalillanganligi yuzasidan olingan xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2021-2022-yillarda amalga oshirilgan №AL-412104512 “O‘zbekiston geografik obektlari uchun ko‘p tilli elektron lug‘at yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 3-fevraldagi 11-25/61-son ma’lumotnomasi). Natijada, romaning rus va o‘zbek talqinlarida mavjud bo‘lgan pragmatik transformatsiyalar turlari aniqlab berilgan;
romanning rus va o‘zbek variantlarida yuzaga keladigan pragmatik transformatsiya turlari jumladan, muallif uslubining ko‘chishi, baholovchi komponentlarning eksplisitlik darajasining o‘zgarishi va personajlarning nutqiy xususiyatlarining transformatsiyasi asosida ushbu nomuvofiqliklar badiiy obrazlar talqiniga va asarning ijtimoiy-falsafiy muammolarini o‘quvchi til madaniyatida idrok etishiga ta’sir ko‘rsatishi isbotlanganligiga oid xulosalardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika kengashi hamkorligida amalga oshirilgan №SUZ80021GR3106 “English Access Microscholarship Program” mavzusidagi loyiha doirasida qo‘llanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026-yil 13-fevraldagi 11-25/81-son ma’lumotnomasi). Natijada, original matnga mos stilistik va pragmatik muvofiqliklar taklif etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish