Muxamedova Feruza Nurmaxmatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston fortepiano musiqasining shakllanishi, janrlarining o‘ziga xosligi va interpretatsiyasi”, 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/San38.
Ilmiy rahbar: G‘ofurbekov To‘xtasin Botirovich, san’atshunoslik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD29.11.2017.San.54.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Muradova Dilora Axmedovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Fanlar akademiyasi San’atshunoslik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XX–XXI asrlarda O‘zbekiston  fortepiano san’atining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini tizimli tahlil qilish,  asarlarning o‘ziga xos janr xususiyatlari va talqin (interpretatsiya) tamoyillarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompozitorlik ijodiyotining mahsuli bo‘lgan O‘zbekiston fortepiano musiqasi ijrochilik san’ati asosida to‘laqonli namoyon bo‘lishi va bu jarayonda badiiy talqin omili qariyb hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi dalillangan;
O‘zbekiston kompozitorlari yaratgan sonata, syuita, polifoniya va miniatyura (prelyudiya, tokkata, etyud) janrlaridagi asarlari badiiy talqin jarayonida milliy o‘ziga xos xususiyatlarni yanada yorqin namoyon etishi ochib berilgan;
Evropa (L.Betxoven, F.List, S.Raxmaninov) kompozitorlari fortepiano asarlarining ijrochilik interpretatsiyalari ijodiy jarayonning amaliy asosini tashkil qilishi isbotlangan;
mustaqillik yillarida Sharq (temperamentlik, melizmatika, milliy cholg‘ularga taqlid qilish) va G‘arb (ratsionallik, aniqlik, texnologik tezlik) ijro madaniyati tamoyillarining o‘zaro uyg‘unlashuvini mujassam etgan o‘ziga xos o‘zbek milliy fortepiano maktabi shakllangani asoslab berilgan;
fortepiano asarlarini talqin etish malakalarini shakllantirishda maxsus ta’lim tizimidagi o‘quv jarayonlari muhim o‘rin tutishi yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston fortepiano musiqasining shakllanishi, janrlarining o‘ziga xosligi va interpretatsiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
zamonaviy kompozitorlarning fortepiano asarlari va ularni ijro etish jarayonida mavjud interpretatsiya muammolari borasidagi ilmiy natijalardan O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2019 yil 19 apreldagi 01-07/04-136-son ma’lumotnomasi). Natijada pianinochilar va kompozitorlarning fortepiano ijrochiligi borasidagi fikr va qarashlariga doir yangi  tasavvur va xulosalarga ega bo‘lishiga xizmat qilgan;
S.V.Raxmaninov fortepiano musiqasining interpretatsiyasi muammolariga oid ilmiy natijalardan E. Dergachevaning “Konsertmeysterskoe masterstvo (Izuchenie rannix romansov S.V.Raxmaninova v klasse konsertmeysterskogo masterstva)” o‘quv qo‘llanmasining II bobi hamda “Konsertmeysterskoe masterstvo (Kamernie vokal`nie sochineniya S.V.Raxmaninova v repertuare pianista – konsertmeystera)” o‘quv qo‘llanmasining V bobida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 iyundagi 89-03-2556-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalar fortepiano ijrochiligi haqida aniq bilimga ega bo‘lganlar;
zamonaviy pianinochilarning jahon klassiklari asarlarini interpretatsiya qilish, milliy fortepiano ijrochilik maktabi masalalariga oid natijalar “Kontinent FA” (fortepiano ansambli) nomli Respublika forum-festivalida ijro etilgan M.Ravel`, F.Pulenk, A.Xachaturyan asarlarida namoyon bo‘lgan va “Dom vdali ot doma: razvitie fortepiannogo ansamblya v proshlom i nastoyashhem” nomli Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida O‘zbekistonda fortepiano ijrochiligi shakllanishi va rivojlanishi tarixi bilan bog‘liq materiallarda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 24 maydagi 03-05-573-son ma’lumotnomasi). Natijada festival dasturlari mazmunan boyitilgan;
O‘zbekiston fortepiano san’ati uchligi – kompozitorlik ijodiyoti, ta’lim va ijrochilik sohalari – yagona majmuiy jarayon ekanligi haqida olingan ilmiy natijalar asosida “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali efirga uzatilgan “Notadagi taqdirlar”, “Musiqada hayot nafasi” turkum eshittirishlarining ssenariylari tuzilgan (83,3 FM) (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2019 yil 18 apreldagi 62-son ma’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar shu asosda musiqa san’atidagi fortepiano ijodiyotining o‘rni haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish