Rasulov Murodjon Tursunboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Morbid semizlik jarrohligida jarrohlik taktikasini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4986.
Ilmiy rahbar: Botirov Akramjon Kodiralievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ulugbek Marifdjanovich, tibbiyot fanlari doktori; Nuritdinov Arifjon Talibovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bariatrik amaliyotlarning texnik jihatlarini optimallashtirish orqali morbid semizlik bilan og‘rigan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morbid semizlikni xirurgik davolashda me’dani pilorik sfinkterdan 4 sm yuqorida medial yo‘nalishda 60° burchak ostida kesish orqali antral sohada “kolbasimon” shaklda rezervuar hosil qilish bilan tavsiflanuvchi oshqozonni bo‘ylama rezeksiya qilish usuli takomillashtirilgan;
oshqozonni bo‘ylama rezeksiya qilishning an’anaviy hamda takomillashtirilgan usullarining afzallik va kamchiliklari, ularni qo‘llashga ko‘rsatmalar hamda qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan;
morbid semizlikni xirurgik davolashda oshqozonning morfofunksional xususiyatlarini, semizlik darajasini hamda xamrox kasalliklarni inobatga olgan holda operativ aralashuvlarni turi va xajmini tanlash imkonini beruvchi tashxisot-davolash tartiboti asosda optimallashtirilgan xirurgik taktika ishlab chiqilgan;
optimallashtirilgan xirurgik taktikani qo‘llashning klinik samaradorligi operatsiyadan keyingi spesifik asoratlar chastotasining 27,4% dan 8,5% gacha (r<0,001) kamayishi, letallikning 4,8% dan 2,1% gacha (r<0,01) pasayishi hamda uzoq muddatdagi a’lo va yaxshi natijalar ulushining 69,6% dan 90,9% gacha (r<0,05) oshishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Morbid semizligi bo‘lgan bemorlarni xirurgik davolash natijalarini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: morbid semizlikni xirurgik davolashda me’dani pilorik sfinkterdan 4 sm yuqorida medial yo‘nalishda 60° burchak ostida kesish orqali antral sohada “kolbasimon” shaklda rezervuar hosil qilish bilan tavsiflanuvchi oshqozonni bo‘ylama rezeksiya qilish usuli takomillashtirilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-25/u-son bilan tasdiqlangan “Semizlik jarroxligida xirurgik taktikani optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6-maydagi 66i/ch-son va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 29 maydagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 5-martdagi 04/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oshqozonni bo‘ylama rezeksiya qilishning takomillashtirilgan usulini klinik amaliyotga joriy etish operatsiyadan keyingi asoratlar va qayta operativ aralashuvlar sonini kamaytirish, davolash hamda reabilitatsiya muddatlarini qisqartirish, shuningdek morbid semirish bilan og‘rigan bemorlar hayot sifatini yaxshilashni ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: oshqozonni bo‘ylama rezeksiya qilishning takomillashtirilgan usulini qo‘llash qayta operativ aralashuvlar o‘tkazish zaruriyatini bartaraf etishi hisobiga 1 nafar bemor uchun 12865000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish qayta aralashuvlarni oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning kamayishi hisobidan 241178100 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: oshqozonni bo‘ylama rezeksiya qilishning an’anaviy hamda takomillashtirilgan usullarining afzallik va kamchiliklari, ularni qo‘llashga ko‘rsatmalar hamda qarshi ko‘rsatmalar aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-25/u-son bilan tasdiqlangan “Semizlik jarroxligida xirurgik taktikani optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6-maydagi 66i/ch-son va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 29 maydagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 5-martdagi 04/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: oshqozonni bo‘ylama rezeksiya qilishning an’anaviy hamda takomillashtirilgan usullarining afzallik va kamchiliklari, ularni qo‘llashga ko‘rsatmalar hamda qarshi ko‘rsatmalarni inobatga olish maqsadli xirurgik reabilitatsiya chora-tadbirlarini asosli ishlab chiqish va optimal operativ usulni tanlash imkonini beradi, bu esa asoratlar chastotasini kamaytirishga, klinik natijalarni yaxshilashga hamda bemorlar hayot sifati oshishiga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gastroezofageal reflyuks asorati tufayli bir nafar bemorni xirurgik davolanishi uchun o‘rtacha 5 yotoq-kun talab etiladi. Kasallikni oldini olish hisobiga bir bemor uchun 5 yotoq-kun tejaladi hamda umumiy xisobda bir bemor uchun o‘rtacha 2440000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish asoratlar rivojlanishini oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 14640000 so‘m iqtisodiy samara olishga imkon bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: morbid semizlikni xirurgik davolashda oshqozonning morfofunksional xususiyatlarini, semizlik darajasini hamda xamrox kasalliklarni inobatga olgan holda operativ aralashuvlarni turi va xajmini tanlash imkonini beruvchi takomillashtirilgan tashxisot-davolash tartiboti asosda optimallashtirilgan xirurgik taktika ishlab chiqilganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-25/u-son bilan tasdiqlangan “Semizlik jarroxligida xirurgik taktikani optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6-maydagi 66i/ch-son va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 29 maydagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 5-martdagi 04/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: morbid semizlikni davolash uchun ishlab chiqilgan xirurgik taktika va tashxisot-davolash tartibotini klinik amaliyotga joriy etish davolash samaradorligini oshirish, operatsiyadan keyingi asoratlar va qayta operativ aralashuvlar chastotasini kamaytirish hisobiga nogironlik darajasini pasaytirishga hamda mazkur bemorlar kontingenti hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan xirurgik taktik yondashuvni qo‘llash rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolash xarajatlarini hamda qayta operativ aralashuvlar o‘tkazish zaruriyatini bartaraf etish hisobiga 1 nafar bemor uchun 12865000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish qayta aralashuvlarni oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlikning kamayishi hisobidan 241178100 so‘m, nogironlikning pasayishi hisobiga esa 138874635 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: optimallashtirilgan xirurgik taktikani qo‘llashning klinik samaradorligi operatsiyadan keyingi spesifik asoratlar chastotasining 27,4% dan 8,5% gacha (r<0,001) kamayishi, letallikning 4,8% dan 2,1% gacha (r<0,01) pasayishi hamda uzoq muddatdagi a’lo va yaxshi natijalar ulushining 69,6% dan 90,9% gacha (r<0,05) oshishi bilan namoyon bo‘lishi aniqlanganligi Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashi tomonidan 2025 yil 25 martda 6i-25/u-son bilan tasdiqlangan “Semizlik jarroxligida xirurgik taktikani optimallashtirish” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasining 2025 yil 6-maydagi 66i/ch-son va Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining 2025 yil 29 maydagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 5-martdagi 04/56-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: optimallashtirilgan xirurgik taktikani qo‘llash operatsiyadan keyingi spesifik asoratlar chastotasining 27,4% dan 8,5% gacha (r<0,001) kamayishi, letallikning 4,8% dan 2,1% gacha (r<0,01) pasayishi hamda uzoq muddatdagi a’lo va yaxshi natijalar ulushining 69,6% dan 90,9% gacha (r<0,05) oshishini ta’minladi. Bu esa qayta operativ aralashuvlar sonining kamayishiga, davolash va reabilitatsiya muddatlarining qisqarishiga, tibbiy-ijtimoiy samaradorlikka erishishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: semirishni xirurgik davolash usullarini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalarini joriy etish davolash muddatlarining qisqarishi hisobiga bir bemorga o‘rtacha 2440000 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: ilmiy yangilikdan foydalanish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha (asosiy guruh: n=47) 114680000 so‘m mablag‘lar tejalishiga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish