Ablatova Aysanem Majitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Murakkab geologik sharoitda gidrotexnika inshootlaridan xavfsiz foydalanish usullarini takomillashtirish” 05.09.06–“Gidrotexnika va melioratsiya qurilishi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/T6584
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Paluanov Daniyar Tanirbergenovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.17/2025.27.12.T.01.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaqulov Rustam – Qarshi davlat texnika universiteti, texnika fanlari doktori, professor, Ulug‘bekov Bobur Bobomuratovich, katta ilmiy xodimi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Murakkab geologik sharoitda GTIning xizmat muddatini uzaytirishning hisoblash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“kuzatish-raqamlashtirish-kuchaytirish-monitoring” zanjiri asosida III va IV sinf GTI xavfsizligi holatini baholash va inshootlarning xizmat muddatini uzaytirish usullari ishlab chiqilgan;
inshootlarning chegaraviy holatini belgilaydigan diagnostik ko‘rsatkichlar asosida inshoot himoya elementlari va yuklamalarga nisbatan mustahkamligini tiklash orqali xizmat muddatini tizimli uzaytirish usullari ishlab chiqilgan;
murakkab geologik sharoitda foydalanilayotgan III va IV sinf GTIning xizmat muddatini uzaytirishni ta’minlaydigan samarali va resurstejamkor texnologiyalar ishlab chiqilgan;
o‘lchamlar nazariyasi asosida III va IV sinf GTI gruntlarining fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishi inobatga oladigan inshoot zaminidagi fil`tratsiya gradientini aniqlash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. GTIning xizmat muddatini uzaytirish usullari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
III va IV sinf GTIning xavfsiz holatini baholash, xavfsizligini ta’minlash va inshootlarning xizmat muddatini uzaytirish bosqichlari va tartiblari Quanish-Jarma irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 22 apreldagi 03/04-3-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inshoot himoya elementlari va yuklamalarga nisbatan mustahkamligini tiklash orqali III va IV sinf GTIning qolgan xizmat muddatini tizimli uzaytirishning “kuzatish-raqamlashtirish-kuchaytirish-monitoring” zanjiri asosida ishlarni olib borish imkoni yaratilgan;
III va IV sinf GTIning xizmat muddatini uzaytirish va qolgan xizmat muddatini baholash uslubiyati Quanish-Jarma irrigatsiya tizimi boshqarmasiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 22 apreldagi 03/04-3-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, inshootlarni rekonstruksiya qilmasdan va ta’mirlash-tiklash ishlarini olib bormasdan inshootlarning xizmat muddatini yana 30-40 yilga uzaytirish imkoni yaratilgan;
o‘lchamlar nazariyasi asosida inshootlardagi gruntlarning fizik-mexanik xossalarining o‘zgarishini hisobga olgan holda betonli inshoot zaminidagi fil`tratsiya gradientini aniqlash usuli Kattagar-Bozatau irrigatsiya tizimi boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 22 apreldagi 03/04-3-240-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab geologik sharoitda joylashgan betonli GTI zaminidagi fil`tratsiya xarakteristikalarini aniqlash imkonini bergan.