Xolmuxamedov Baxtiyor Farxodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida leksemalashuv», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil694.
Ilmiy rahbar: Odilov Yorqinjon Rahmonalievich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSs.03/30.12.2019.Fil.02.03.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘ofir Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori; Xayrullaev Xurshidjon Zaynievich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida so‘z yasalish yo‘llari va usullari, xususan leksemalashuv hodisasiga uchrab, yangi ma’nolar ifoda etishga xizmat qiladigan til birliklarining leksik-semantik va grammatik xususiyatlarini atroflicha tadqiq etish orqali mazkur hodisaning o‘zbek tili rivojida tutgan o‘rnini belgililab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
so‘z yasalishi muayyan tilning taraqqiyot darajasini, uning rivojlanib borish yo‘llarini ko‘rsatib beruvchi, boylik ko‘lamini belgilovchi muhim omil ekanligi ochib berilgan;
leksemalashuv hodisasining lisoniy tabiati, co‘z yasalishi tizimidagi o‘rni, lug‘at tarkibining boyitishdagi xizmati va ushbu jarayonining yuzaga kelish sabablari aniqlangan;
leksemalashuv hodisasi nutqiy hodisa sifatida asoslanib, sintagmatiklashuvdan farqi dalillangan;
leksemalashuv natijasida qo‘shma so‘zlarning yuzaga kelishi asoslangan;
leksemalashuv hodisasi natijasida alohida leksemalar, qisqartma so‘zlar, frazeologik birliklar yuzaga kelishi ko‘rsatilib, leksemalashuvga uchragan so‘zlar imlosi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilida leksemalashuv hodisasining yuzaga kelishini o‘rganish asosida:
leksemalashuv hodisasining o‘zbek tili so‘z yasalish tizimidagi o‘ziga xos o‘rnini aniqlashga oid nazariy xulosalardan FA-F1-GO41 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish» (2012–2016) nomli fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining 2019 yil 13 oktyabrdagi FA-0313/693-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida o‘zbek tilining leksik  birliklari tizimi boyigan, ko‘plab leksemalar ma’nolari ochib berilgan.
leksemalashuv hodisasining o‘zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida boyishidagi yetakchi omillardan biri ekanligiga oid nazariy xulosalaridan OT-F8-062 raqamli «Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari» nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 iyuldagi 89-03-2859-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida ko‘plab leksemalarning izohlari mukammallashtirilgan;
o‘zbek tilidagi so‘z birikmalarining bir so‘z, ya’ni leksemaga aylanishi haqidagi xulosalardan I-2014-4-5 raqamli «Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida vertual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish» nomli innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 avgustdagi 89-03-3171-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar asosida birlikning serqirralik mohiyati yoritib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish