Asqarov Xusanboy Esonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “Jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishning ijtimoiy-madaniy texnologiyalari”  
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fal1578
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD. 03/2025.27.12.F.10.02 raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yuldashev Serobjon Urmonalievich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonova Manzura Manofovna sotsiologiya fanlari doktori (DSc), professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich falsafa fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishda ijtimoiy-madaniy texnologiyalarni tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“ijtimoiy tengsizlik”ning o‘ziga xos yondashuvlarni tengsizlik shakllari (sinfiy, madaniy)ni o‘rganish natijasida yangi tengsizliklar (o‘ziga xoslik, turmush tarzi) bilan tizimli va chegaraviy sifatlarini aloqadorligi asoslangan;
ijtimoiy-madaniy texnologiyalarni ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishdagi ijobiy va salbiy jihatlarini jamiyatdagi sifat o‘zgarishlarini miqdor o‘zgarishlariga o‘tishidagi murakkablik darajasini aniqlash zarurati ochib berilgan;  
ijtimoiy tabaqalanishni bartaraf etishning ijtimoiy-siyosiy dialektik xususiyatlari jamiyatdagi tabaqalanish (guruhlarga, moddiy, madaniy, siyosiy, moliyaviy imkoniyatlariga qarab ajralish jarayoni)ni chuqurlashuvi sababli ijtimoiy adolatsizlikka va norozilikka olib kelishi ochib berilgan;
ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishning konstruktiv usullari ijtimoiy makonning dezintegratsiyalashuvi (birlik, yaxlitlik yoki barqarorlikning buzilishi) tendensiyasi sifatida ijtimoiy zarurati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishning ijtimoiy-madaniy texnologiyalari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
“Ijtimoiy tengsizlik”ning o‘ziga xos yondashuvlarni tengsizlik shakllari (sinfiy, madaniy)ni o‘rganish natijasida yangi tengsizliklar (o‘ziga xoslik, turmush tarzi) bilan tizimli va chegaraviy sifatlariga oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan  targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-sentyabrdagi 10/545-son Dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar “xalqni rozi qilish”ga yo‘naltirilgan faoliyati natijadorligini oshirishga doir targ‘ibot ishlarida hamda markaz faoliyatni samaradorligiga xizmat qilgan;
ijtimoiy-madaniy texnologiyalarni ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishdagi ijobiy va salbiy jihatlari jamiyatdagi sifat o‘zgarishlarini yangi bosqichga o‘tishi va murakkablik darajasini ortishidagi zaruratiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston kasaba uyushmalarining asosiy vazifasi hisoblangan xodimlarning mehnat va ijtimoiy huquqlarini himoya qilish, ularning manfaatlarini ilgari surish va ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining 2025-yil 16-sentyabr BM-03/1134-son Dalolatnomasi). Natijada dissertasiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va ilmiy xulosalar mehnatga haq to‘lash, mehnatni muhofaza qilish xodimlarning sog‘lig‘ini va madaniy manfaatlarini muhofaza qilish, pensiya ta’minoti sohasidagi huquqlari tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi xizmat qilgan;
ijtimoiy-madaniy texnologiyalarni ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishdagi ijobiy va salbiy jihatlari jamiyatdagi sifat o‘zgarishlarini yangi bosqichga o‘tishi va murakkablik darajasini ortishidagi zarurati Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan  targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan.mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-sentyabrdagi 10/545-son Dalolatnomasi). Natijada O‘zbekistonda ijtimoiy davlat qurish prinsiplarini amalga oshirishning falsafiy-huquqiy xususiyatlari masalalarini yoritishga xizmat qilgan;
ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etishning konstruktiv usullari ijtimoiy makonning dezintegratsiyalashuvi (birlik, yaxlitlik yoki barqarorlikning buzilishi) tendensiyasi sifatida ijtimoiy ahamiyatiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi faoliyatida har bir fuqaro o‘zi va oilasining kelajagi, moliyaviy ahvoli va farovonligini ta’minlashda ma’suliyatni sezishi, boqimandalikka o‘rganmaslik hissini kuchaytirish bo‘yicha targibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston mahallalar uyushmasi huzuridagi mahalla akademiyasining 2025-yil 4-sentyabrdagi 01-03/21-sonli Dalolatnomasi). Natijada mahalla va oila institutining faolligini oshirish, mahalla uyushmasining faoliyatida mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambag‘al fuqarolarga ajratilgan byudjet va boshqa mablag‘larning maqsadli-manzilli yo‘naltirilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish