Normurodova Zebo Eshmaxmatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maishiy xizmatlarda klaster va resurs samaradorligini oshirishning innovatsion mexanizmlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Iqt6331
Ilmiy rahbar: Xalimov Javlonbek Shaxriyorov iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Arabov Nurali Uralov professori, Iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Xudoyorov Laziz Niyozovich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori, dotsent (PhD)
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Maishiy xizmatlar sohasini klaster yondashuvi asosida resurslar samaradorligini oshirishga qaratilgan innovatsion mexanizmlarni ilmiy asoslash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini klasterlash va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning davlat-hududiy integratsiyalashgan konseptual modeli ishlab chiqilib, unda maishiy xizmatlar klasterining funksional va institutsional darajalari hamda infratuzilmaviy resurslarning integratsiyasi orqali Kooperatsiya → Raqamlashtirish → Standartlash → Servis innovatsiyasi → Bozor samaradorligi imkoniyatlari ilmiy jihatdan asoslangan; 
maishiy xizmatlarda resurslarni innovatsion klasterlash jarayonining konseptual yondashuv asosida maishiy xizmatlarda messijerlik samarasi 〖MQ〗_m=S/(C∙T∙I) taklifi  vaqt va xarajatlarni kamaytirish uchun “raqamli aqlli xizmatlar” modeli taklif etilib, unda xizmat ko‘rsatish sifati va shaffofligini oshirilganligi hamda (hisob-kitob, tavakkalchilik va operatsion xatarlarni boshqarish bloklari bilan) ishlab chiqilganligi ilmiy asoslangan; 
maishiy xizmatlar bozorida diversifikatsiya va segmentatsiyani amalga oshirish modeli asosida Qashqadaryo viloyatida maishiy xizmatlar sohasini boshqarish va muvofiqlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasi asosida mehnat unumdorligini oshirish va rentabellikni hisoblashda raqamlashtirishdan oldin 36.6% raqamlashtirishdan keyin 83.3% ga oshganligi ilmiy asoslangan; 
Qashqadaryo viloyati aholisi uchun maishiy xizmatlar hamda texnik va servis yo‘nalishidagi maishiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maishiy xizmatlarda klaster va resurs samaradorligini oshirishning innovatsion mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maishiy xizmatlar ko‘rsatish sohasini klasterlash va resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishning davlat-hududiy integratsiyalashgan konseptual modeli ishlab chiqilib, unda maishiy xizmatlar klasterining funksional va institutsional darajalari hamda infratuzilmaviy resurslarning o‘zaro uyg‘unlashuvi asosida “Kooperatsiya → Raqamlashtirish → Standartlash → Servis innovatsiyasi → Bozor samaradorligi” mexanizmi asoslangan. Mazkur modeldan O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida, jumladan, aholini ish bilan ta’minlashga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 4-iyundagi 06-06/6629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maishiy xizmatlar sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish, xizmat ko‘rsatish subektlari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda hududlarning xizmatlar salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan amaliy yondashuvlarni shakllantirish imkoniyati yaratilgan;
maishiy xizmatlarda resurslarni innovatsion klasterlash jarayonining konseptual yondashuvi ishlab chiqilib, unda maishiy xizmatlar samaradorligini baholashning messijerlik samarasi 〖MQ〗_m=S/(C∙T∙I)  ko‘rsatkichi taklif etilgan hamda vaqt va xarajatlarni qisqartirishga yo‘naltirilgan “raqamli aqlli xizmatlar” modeli ishlab chiqilgan. Mazkur takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi “Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-78-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 4-iyundagi 06-06/6629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maishiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, xizmatlar sifati va shaffofligini oshirish, operatsion xarajatlarni qisqartirish hamda resurslardan foydalanish samaradorligini yuksaltirish imkoniyati yaratilgan;
maishiy xizmatlar bozorida diversifikatsiya va segmentatsiyani amalga oshirish modeli asosida Qashqadaryo viloyatida maishiy xizmatlar sohasini boshqarish va muvofiqlashtirishning tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasi takomillashtirilgan hamda uning asosida mehnat unumdorligi va rentabellik ko‘rsatkichlarini baholash mexanizmidan O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi faoliyatida, jumladan, hududlarda maishiy xizmatlar sohasini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 4-iyundagi 06-06/6629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maishiy xizmatlar subektlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni joriy etish hisobiga rentabellik darajasini 36,6 foizdan 83,3 foizgacha oshirish, mehnat unumdorligini yuksaltirish va xizmatlar bozorining iqtisodiy samaradorligini kuchaytirish imkoniyati yaratilgan;
Qashqadaryo viloyati aholisi uchun maishiy xizmatlar hamda texnik va servis yo‘nalishidagi xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, ulardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston– 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF–22-son Farmonida belgilangan xizmatlar sohasini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish hamda hududlarning iqtisodiy faolligini kuchaytirishga oid vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 4-iyundagi 06-06/6629-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maishiy xizmatlar bozorining istiqboldagi rivojlanish ko‘rsatkichlarini shakllantirish, hududlarda xizmatlar hajmini kengaytirish va yangi xizmat turlarini joriy etish bo‘yicha boshqaruv qarorlarining samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish