Jumanazarov Muzaffar Jumanazar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Riskka asoslangan bank nazoratini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5024
Ilmiy rahbar: Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Berdiyarov Bahriddin Tavasharovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmatov Xasan O‘tkirovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Riskka asoslangan bank nazoratini samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bank barqarorligini nazorat qilishda kapital etarliligi, aktivlar sifati, likvidlik holati va konsentratsiya darajasi kabi asosiy risk-indikatorlarni real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda kuzatish asosida bank faoliyatini dinamik baholash mexanizmini ishlab chiqish taklif etilgan;
bank inspeksiyasida risk darajasi yuqori bo‘lgan obektlarni aniqlashda tijorat banklarining prudensial me’yorlari hamda individual risk profiliga mos ravishda bank tizimining o‘rtacha ko‘rsatkichlariga nisbatan ijobiy ±10 foiz chetlanish darajasini erta ogohlantirish signallari sifatida belgilash taklif etilgan;
bank inspeksiyasi jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan talab va tavsiyalarning bajarilishini samarali monitoring qilishda ularning bajarilish darajasini “yashil”, “sariq” va “qizil” reytinglar asosida baholash tizimini joriy etish asoslangan;
bank tizimini ehtimoliy risklardan oldindan ogohlantirish hamda profilaktik nazorat samaradorligini oshirishda alohida banklarda inspeksiya jarayonlari davomida aniqlangan jiddiy xato va kamchiliklarni bank yoki mas’ul shaxs nomini oshkor etmagan holda anonim shaklda umumlashtirib, ularni barcha tijorat banklariga muntazam ravishda tarqatish amaliyotini joriy etish taklif etilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Riskka asoslangan bank nazoratini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bank barqarorligini nazorat qilishda kapital etarliligi, aktivlar sifati, likvidlik holati va konsentratsiya darajasi kabi asosiy risk-indikatorlarni real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan tarzda kuzatish asosida bank faoliyatini dinamik baholash mexanizmini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 23 oktyabrdagi 18-10/1507-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Markaziy bankning nazorat jarayonlarida inson omili 20 foizga qisqarib, samaradorlik yanada oshirilgan hamda faoliyatning shaffofligi ta’minlangan;
bank inspeksiyasida risk darajasi yuqori bo‘lgan obektlarni aniqlashda tijorat banklarining prudensial me’yorlari hamda individual risk profiliga mos ravishda bank tizimining o‘rtacha ko‘rsatkichlariga nisbatan ijobiy ±10 foiz chetlanish darajasini erta ogohlantirish signallari sifatida belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 23 oktyabrdagi 18-10/1507-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, masofaviy kuzatuv tizimlarida avtomatlashtirilgan “signallar” orqali inspeksiya zaruriyati va ustuvorligi belgilangan holda nazorat resurslari maqsadli yo‘naltirilgan hamda 86 ta riskka moyil obekt aniqlanib, tekshiruvlar samaradorligi oshirilgan;
bank inspeksiyasi jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan talab va tavsiyalarning bajarilishini samarali monitoring qilishda ularning bajarilish darajasini “yashil”, “sariq” va “qizil” reytinglar asosida baholash tizimini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 23 oktyabrdagi 18-10/1507-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu mexanizm orqali har bir tijorat banki bo‘yicha berilgan ko‘rsatma va tavsiyalarning bajarilish holati baholanib, ularning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilganligi yuzasidan tegishli reyting belgilangan;
bank tizimini ehtimoliy risklardan oldindan ogohlantirish hamda profilaktik nazorat samaradorligini oshirishda alohida banklarda inspeksiya jarayonlari davomida aniqlangan jiddiy xato va kamchiliklarni bank yoki mas’ul shaxs nomini oshkor etmagan holda anonim shaklda umumlashtirib, ularni barcha tijorat banklariga muntazam ravishda tarqatish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2025 yil 23 oktyabrdagi 18-10/1507-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank tizimini ehtimoliy risklardan oldindan ogohlantirish orqali nazorat samaradorligi oshirilib, 2025 yil davomida boshqa banklarda yuzaga kelgan 24 ta o‘xshash jiddiy xatolar takrorlanishining oldi olingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish