Iskandarova Shohista Fexruzovnaning

doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

 

    I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi). “O‘simliklar xom ashyolari asosida biologik faol qo‘shimchalarning tarkibi,  texnologiyasi va sifat me’yorlarini ishlab chiqish”, 15.00.01 – dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishiga layoqati bo‘yicha test sinovlardan o‘tgani haqida ma’lumot: /farmatsevtika fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam. 30.06.2015/B2015.2.Far29Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. A.N.Yunusxodjaev, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi. Toshkent farmatsevtika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami. Toshkent farmatsevtika instituti, 16.07.2013.Far.21.01 .

Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni. X.K.Djalilov, farmatsevtika fanlari doktori, professor; F.F.Urmanova, farmatsevtika fanlari doktori, professor;  T.Sodiqov texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot nomi. Toshkent kimyo texnologiya instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

    II.Tadqiqotning maqsadi.

Topinambur tuganagi, ko‘k choy barglari ekstrakti, laminariya tallomi, qovoq eti, kunjarasi mahsulotlari, urug‘ining moyi va har xil tishli rodiola o‘simligi ildizining ekstrakti asosida kapsulalarga solingan ozuqaga biofaol qo‘shimchalar texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

    III. Tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:

birinchi marta mahalliy o‘simlik xomashyolari asosida ozuqaga biologik faol qo‘shimchalarning optimal texnologiyasi ishlab chiqilgan, ilmiy asoslangan tarkibi tanlangan;

ozuqaga biologik faol qo‘shimchalar uchun standartlash va sifat me’yorlari ishlab chiqilgan;

olingan biologik faol qo‘shimchalarning farmakologik (uglevodlar almashinuvini me’yorlashtiruvchi, antidiabetik, adaptogen) xususiyatlari aniqlangan;

qovoq mahsulotlaridan biologik faol qo‘shimchalar, jumladan ilk bor qovoq moyini rux mikroelementi bilan boyitilgan qo‘shimchasi olingan;

har xil tishli rodiola ildizidan original “Biorodoz” biologik faol qo‘shimcha yaratilgan;

topinambur tuganaklari kukuni va laminariya tallomi asosida “Bionambur” va “Biolaminar” biologik faol qo‘shimchalari olingan;

ko‘k choy barglari ekstrakti asosida biologik faol qo‘shimcha texnologiyasi ishlab chiqilgan.

    IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.«Neo-Sed»–tinchlantiruvchi xususiyatli va «Bionambur» - uglevodlar almashinuvini me’yorlovchi ozuqaga biologik faol qo‘shimchalar «O‘zstandart» agentligi tomonidan Davlat ro‘yhatiga olingan (Ts 23937838-02:2013; Ts 23937838-08:2015) hamda “BIOMIR” korxonasida o‘zlashtirilgan;

tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan “Bionambur” kapsulasini ishlab chiqarish bo‘yicha tegishli me’yoriy hujjat qabul qilingan (Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 21 apreldagi 32-son bayoni);

Sog‘liqni saqlash vazirligining 2014 yil 14 iyundagi  885-son farmoyishiga asosan mahalliy shifobaxsh o‘simliklarning o‘zaro mutanosib tahlili asosida «Fitoichimliklar resepturasi» qo‘llanmasi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish