Qodirova Nozima G‘ulomjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Boylik va kambag‘allik konseptlarining olamning lisoniy manzarasida namoyon bo‘lishi, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4923.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzoxidova Muyassar Inomjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Axunov Muqimjon Muxammadaminovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi olamning lisoniy manzarasida boylik va kambag‘allik konseptlarini o‘rganishning nazariy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
olamning lisoniy manzarasi(OLM) hamda konsept va tushuncha bog‘liqligi konsept OLM tashkil etuvchisi, tushuncha OLM hamda olam manzarasi(OM) tashkil etuvchisi – tushuncha konsept tarkibiga kirishi, biroq konsept tushuncha tarkibiga kirmasligi, konseptlar tizimi o‘zaro chambarchas bog‘liq sfera, tushunchalar tizimi zanjir ko‘rinishida ekanligi elektron lug‘atlar va korpus materiallari asosida ochib berilgan;
boylik konsepti ko‘p qirrali semantik tarkibga ega bo‘lib, moddiy qatlamda boylik real, ko‘zga ko‘rinadigan obektlar – uy, mashina, oltin, er, aksiyalar va naqd pul orqali namoyon bo‘lib, asosiy funksiyasi moliyaviy erkinlik va xavfsizlikni ta’minlash ekanligi, ijtimoiy qatlam esa boylikning jamiyatdagi nufuz, maqom, obro‘ va ta’sir kabi ko‘rinishlarini qamrab olib kuch va aloqa vositasi sifatida namoyon bo‘lishi, madaniy va intellektual qatlamda esa bilim, tajriba, san’at va ma’naviy meros bilan bog‘lanishi “ichki boylik” sifatida insonning ma’naviy kamolotini aks ettirishi turli diskurslarda o‘zgaruvchan va ko‘p qirrali semantik tizim tahlili o‘zbek tilining milliy korpusi materiallarida kuzatilgan birliklar hamda elektron izohli lug‘atlardagi izohlar orqali ochib berilgan;
kambag‘allik konseptining strukturaviy maydoni uning kompleks va ko‘pqirrali tabiatini namoyon etib – moddiy aspekt, ya’ni shaxsning iqtisodiy resurslarining kamligi, bunga daromadning pastligi, ishsizlik va iqtisodiy imkoniyatlarning cheklanganligi kirishi, ma’naviy aspekt ruhiy holatlar, umidsizlik, o‘zini qadrlashning pastligi va psixologik bosimlar bilan bog‘liqligi, ijtimoiy aspekt, ya’ni jamiyatdagi past ijtimoiy mavqe, diskriminatsiya, ijtimoiy izolyasiya va cheklangan imkoniyatlardan tuzilgani kambag‘allik konseptining turli qirralarini tilda ifodalaydigan va ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadigan leksik va frazeologik birliklar o‘zbek tilining milliy korpusi materiallarida kuzatilgan birliklar hamda elektron izohli lug‘atlardagi izohlar orqali dalillangan;
boylik va kambag‘allik konseptlarining kognitiv strukturasi ko‘plab kichik mikrokonseptlardan tashkil topganligi, konseptual belgilari va ular ifodalayotgan mazmun ularning nutqda qo‘llanish sharoitidan, diskurs tabiatidan kelib chiqib antagonistik xarakter kasb etishi mumkinligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boylik” va “kambag‘allik” konseptlari talqinining nazariy va amaliy asoslarini o‘rganish bilan bog‘liq vazifalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kambag‘ allik konseptining strukturaviy maydoni uning kompleks va ko‘p qirrali tabiatini namouon etib – moddiy aspekt, ya’ni shaxsning iqtisodiy resurslarining kamligi, bunga daromadning pastligi, ishsizlik va iqtisodiy imkoniyatlarning cheklanganligi kirishi, ma'naviy aspekt ruhiy holatlar, umidsizlik, o‘zini qadrlashning pastligi va psixologik bosimlar bilan bog‘liqligi, ijtimoiy aspekt, ya’ni jamiyatdagi past ijtimoiy mavqe, diskriminatsiya, ijtimoiy izolyasiya va cheklangan imkoniyatlardan tuzilgani kambag‘allik konseptining turli qirralarini tilda ifodalaydigan va ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadigan leksik va frazeologik birliklar orqali dalillanganligiga doir natijalaridan Andijon davlat universitetida olib borilgan “OT-F1-18 Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2025-yil 19-dekabrdagi 04-5500-son ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan, kambag‘allik konseptining tildagi ifodasi esa uning ijtimoiy -ma' naviy mazmunini chuqurroq yoritishga xizmat qilgan;
boylik konsepti ko‘p qirrali semantik tarkibga ega bo‘lib, moddiy qatlamda boylik real, ko‘zga ko‘rinadigan obektlar – uu, mashina, oltin, uer, aksiyalar va naqd pul orqali namoyon bo‘lib, asosiy funksiyasi moliyaviy erkinlik va xavfsizlikni ta'minlash ekanligi, ijtimoiy qatlam esa boylikning jamiyatdagi nufuz, maqom, obro‘ va ta’sir kabi ko‘rinishlarini qamrab olib kuch va aloqa vositasi sifatida namoyon bo‘lishi, madaniy va intellektual qatlamda esa bilim, tajriba, san’at va ma’naviu meros bilan bog‘lanishi “ichki boylik” sifatida insonning ma’naviy kamolotini aks ettirishi turli diskurslarda o‘zgaruvchan va ko‘p qirrali semantik tizim tahlili orqali ochib berilganligiga doir qarashlardan Andijon davlat universitetida 2022-202Z yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovatsiontadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2025-yil 19-dekabrdagi 04-5502-son ma’lumotnomasi). Natijada diskursiv qo‘llanishda o‘ziga xoslik kasb qiluvchi ayrim til birliklarining tavsifi yanada yorqinlashgan;
tillarda olamning lisoniy manzarasi(OLM) hamda konsept va tushuncha bog‘liqligi konsept OLM tashkil etuvchisi, tushuncha OLM hamda olam manzarasi(OM) tashkil etuvchisi – tushuncha konsept tarkibiga kirishi, biroq konsept tushuncha tarkibiga kirmasligi, konseptlar tizimi o‘zaro chambarchas bog‘liq sfera, tushunchalar tizimi zanjir ko‘rinishida ekanligi, boylik va kambag‘allik konseptlarini ifodalovchi leksik va frazeologik til birliklari, ularning turli matnlarda ifodalanishda olam lisoniy manzarasini tashkil qiluvchi sifatida o‘ziga xos xususiyatlari, boylik va kambag‘allik konseptlarining kognitiv strukturasi ko‘plab kichik mikrokonseptlardan tashkil topganligi, konseptual belgilari va ular ifodalayotgan mazmun ularning nutqda qo‘llanish sharoitidan, diskurs tabiatidan kelib chiqib antagonistik xarakter kasb etishi mumkinligi ko‘plab til faktlari orqali isbotlanganligi tahlil qilinib va ushbu jihatlarning ilmiy asoslashga doir natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlar senariysini tayyorlashda (2025 yil iyul va avgust oylarida) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 16-sentyabrdagi 05-09-1447-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirishlarning ilmiy saviyasi ortgan hamda boylik va kambag‘allik konseptlarining ko‘p qirrali semantik tarkibga ega xususiyatlari bo‘yicha to‘plangan materiallar va qo‘yilgan muammolarni tadqiq etish orqali chiqarilgan xulosalar o‘zbek tilshunosligi uchun yangi ilmiy-nazariy ma’lumotlar manbaa sifatida xizmat qilishi ta’minlagan;
boylik va kambag‘allik konseptlarining kognitiv strukturasi ko‘plab kichik mikrokonseptlardan tashkil topganligi, konseptual belgilari va ular ifodalayotgan mazmun ularning nutqda qo‘llanish sharoitidan, diskurs tabiatidan kelib chiqib antagonistik xarakter kasb etishi mumkinligi ko‘plab til faktlari orqali isbotlanganligi, boylik konseptining “ichki boylik” sifatida insonning ma'naviy kamolotini aks ettirishi turli diskurslarda o‘zgaruvchan va ko‘p qirrali semantik tizim tahlili orqali ochib berilganligi tahlil qilinib, ushbu jihatlarni ilmiy asoslashga doir natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion ilmiy tadqiqot loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 9-apreldagi 04/1-1928-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar asosida boylik va kambag‘allik konseptlariga oid til birliklarini avtomatik aniqlash va tahlil qilish imkoniyati kengaytirilgan, ularning semantik xususiyatlarini aniqlashda aniqlik oshirilgan hamda o‘zbek tilidagi axborot-qidiruv tizimlari uchun yaratilgan dasturiy vositaning samaradorligi yaxshilangan.