Ahmedov Islom Baxtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʼi nomi): “Ichki ishlar organlari xodimlari malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish”, 12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Ilmiy rahbar: Allambergenov Saparbay Dauletbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti PhD.03/2025.27.12.Yu.04.05.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent A.M.Imatov; yuridik fanlar doktori (DSc), professor M.Z.Ziyodullaev.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ichki ishlar organlari xodimlari malakasini oshirish mexanizmini tizimli va kompleks tadqiq etish orqali uning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IIV Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazida safdor va ofiserlik lavozimlariga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlarning boshlang‘ich kasbiy tayyorgarligini tizimli tashkil etish maqsadida, IIV Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi tomonidan muddati uch oygacha bo‘lgan kunduzgi hamda sayyor kurslarni o‘tkazish mexanizmini joriy etish zarurati asoslantirilgan;
uzrli sabablar, jumladan, oilada yolg‘iz boquvchi ekanligi, qaramog‘ida nogiron farzandi borligi yoki og‘ir jarrohlik amaliyotidan keyingi tiklanish davri tufayli kunduzgi malaka oshirish o‘quvlarida qatnasha olmaydigan xodimlar uchun IIV Malaka oshirish instituti filiallarida yakka tartibdagi o‘qitish tizimini joriy etish zarurati ilmiy jihatdan asoslab berilgan;
xodimlarning ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarida ishlash layoqati hamda kasbiy kompetensiyasini xolis baholash mexanizmini yaratish maqsadida, ularni har uch yilda bir marotaba maxsus modullar bo‘yicha o‘qitib, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganlarga kelgusi uch yilda faoliyat yuritish huquqini beruvchi sertifikatlash tizimini joriy etish zarurati ilmiy asoslantirilgan;
malaka oshirishga kelib, o‘quv dasturlarini o‘zlashtira olmagan yoki yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan xodimlarga o‘z xizmat joyida dasturni qayta mustaqil o‘zlashtirib, sinovlarni uch oy muddatda qayta topshirish huquqini beruvchi tartibni belgilash zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tadqiqot natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy qilindi: 
Ichki ishlar organlari xodimlari malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
IIV Malaka oshirish instituti va Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazida safdor va ofiserlik lavozimlariga ilk bor xizmatga qabul qilingan xodimlarning boshlang‘ich kasbiy tayyorgarligini tizimli tashkil etish maqsadida, uch oygacha bo‘lgan kunduzgi hamda sayyor kurslarni tashkil etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 29-sentyabrdagi 533-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida uzlyuksiz o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomning 9-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentining 2025-yil 19-iyuldagi 33/2692-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi xodimlarning boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik jarayonini uzlyuksiz va tizimli tashkil etishga xizmat qilgan; 
uzrli sabablar, jumladan, oilada yolg‘iz boquvchi ekanligi, qaramog‘ida nogiron farzandi borligi yoki og‘ir jarrohlik amaliyotidan keyingi tiklanish davri tufayli kunduzgi malaka oshirish o‘quvlarida qatnasha olmaydigan xodimlar uchun IIV Malaka oshirish instituti filiallarida yakka tartibdagi o‘qitish tizimini joriy etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 29-sentyabrdagi 533-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida uzlyuksiz o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomning 44-bandi “v” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentining 2025-yil 19-iyuldagi 33/2692-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi o‘quv jarayonida xodimlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini ta’minlash va ta’limni moslashuvchan tarzda tashkil etishga xizmat qilgan; 
xizmatda xodimlarning kasbiy kompetensiyasini xolis baholash maqsadida ularni har uch yilda bir marotaba maxsus modullar bo‘yicha o‘qitib, muvaffaqiyatli sinovdan o‘tganlarga kelgusi uch yilda faoliyat yuritish huquqini beruvchi sertifikatlash tizimini joriy etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 28-fevraldagi 98-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlarining “Fuqarolar bilan ishlash moduli” bo‘yicha uzlyuksiz o‘qitish jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 50–53-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2026-yil 22-yanvardagi 2/366-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi xodimlarning sohaviy xizmatlarda ishlash layoqatini xolis baholash mexanizmini yaratishga xizmat qilgan;
malaka oshirishga kelib, o‘quv dasturlarini o‘zlashtira olmagan yoki yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan xodimlarga o‘z xizmat joyida dasturni qayta mustaqil o‘zlashtirib, sinovlarni uch oy muddatda qayta topshirish huquqini beruvchi tartibni belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023-yil 29-sentyabrdagi 533-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki ishlar organlarida uzlyuksiz o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi Nizomning 35-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tashkiliy departamentining 2025-yil 19-iyuldagi 33/2692-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi tinglovchilarning mustaqil ta’lim olish mas’uliyatini hamda kadrlar tayyorlash tizimining sifat nazoratini oshirishga xizmat qilgan. 
Mazkur dissertatsiya xulosalari asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar Ichki ishlar organlari xodimlari malakasini oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, tegishli tartibda qabul qilingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish