Badikova Oysuluv Gapirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ravishlarning til tizimida tutgan o‘rni va maqomi, 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Fil5426.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxidaxon Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Muyassar Inamjanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Maftuna Azamatovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ravishlarning til tizimidagi o‘rni va so‘z turkumi sifatidagi maqomini aniqlashtirish, uning paradigmatik xususiyatlarini ochib berish va funksional-stilistik, pragmatik imkoniyatlari ko‘lamini ilmiy asoslash hamda raqamli dasturini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til tizimida ravishlarning graduonimik (ancha-muncha tushunmadi, uncha tushunmadi, sal tushunmadi, sira tushunmadi, aslo tushunmadi kabi) va bosh daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, intensiv-kuchaytirma daraja kabi paradigmatik hamda funksional-semantik xususiyatlari ochib berilib, ravishlarning badiiy va so‘zlashuv uslublarida eng ko‘p qo‘llanilishi, so‘zlashuv uslubida uning dialektizm va varvarizm shakllari, publisistik, ilmiy va rasmiy uslublarda kitobiy shakllari faol qo‘llanilishi, sabab va maqsad ravishlari nofaol ekanligi aniqlangan;
o‘zbek tilidagi ravishlar milliy mental xususiyatlarni yaqqol namoyon etuvchi kognitiv kategoriya ekanligi hamda ular deyktik birliklar sifatida olinib, anafora va katafora ko‘rinishlari hamda ravishlar ishtirokida shakllangan turg‘un birikmalarning etnolingvistik, uslubiy-semantik, xususiyatlari aniqlangan;
ravishlarning funksional-semantik sinkretizmi hamda kontekstual omonimiyasi muammosini bartaraf etishga qaratilgan gibrid (lingvistik qoidalar va CRF modellari kombinatsiyasi) hamda chuqur o‘rganish (Deep Learning) neyrotarmoq algoritmlarini integratsiyalash tamoyillari asoslab berilgan;
o‘zbek tilida ravish so‘z turkumiga oid birliklarning funksional-semantik va kognitiv-pragmatik, ko‘p ma’nolilik hamda konversion xususiyatlarini formallashtirish va raqamli formaga o‘tkazishga asoslangan ko‘p sathli konseptual-lingvistik modeli va formal-semantik tasniflash mezonlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ravishlarning til tizimida tutgan o‘rni va maqomi mavzusi doirasida olingan ilmiy natijalar asosida:
til tizimida ravishlarning graduonimik (ancha-muncha tushunmadi, uncha tushunmadi, sal tushunmadi, sira tushunmadi, aslo tushunmadi kabi) va bosh daraja, qiyosiy daraja, orttirma daraja, intensiv-kuchaytirma daraja kabi paradigmatik hamda funksional-semantik xususiyatlari ochib berilib, ravishlarning badiiy va so‘zlashuv uslublarida eng ko‘p qo‘llanilishi, so‘zlashuv uslubida uning dialektizm va varvarizm shakllari, publisistik, ilmiy va rasmiy uslublarda kitobiy shakllari faol qo‘llanilishi, sabab va maqsad ravishlari nofaol ekanligiga doir ilmiy xulosalardan 2023-2024-yillarda A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutida bajarilgan AI-201704-son “Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ona tili (o‘zbek tili) fani bo‘yicha malakasini baholash hamda 14 ta fandan fandan test tizimini ishlab chiqish” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy tadqiqot institutining 2024-yil 17-dekabrdagi 03-17-09-994-son ma’lumotnomasi). Natijada, ular asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan ijobiy natijalar ilmiy-amaliy natijalar tadqiqot doirasida o‘z aksini topgan;
o‘zbek tilidagi ravishlar milliy mental xususiyatlarni yaqqol namoyon etuvchi kognitiv kategoriya ekanligi hamda ular deyktik birliklar sifatida olinib, anafora va katafora ko‘rinishlari hamda ravishlar ishtirokida shakllangan turg‘un birikmalarning etnolingvistik, uslubiy-semantik, xususiyatlari aniqlanganligi to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017-2021-yillarda bajarilgan OT-FI-030-raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi ko‘p jildlik monografiyasini yaratish” nomli fundamental loyiha doirasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-dekabrdagi 1307/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati ortib, mukammallashgan, qiziqarliligi, hayotiyligi va ilmiy dalillarga boyligi ta’minlangan;
ravishlarning funksional-semantik sinkretizmi hamda kontekstual omonimiyasi muammosini bartaraf etishga qaratilgan gibrid (lingvistik qoidalar va CRF modellari kombinatsiyasi) hamda chuqur o‘rganish (Deep Learning) neyrotarmoq algoritmlarini integratsiyalash tamoyillari asoslab berilganligi haqidagi amaliy xulosalardan O‘zbekiston Davlat Xoreografiyasi 2023-2025-yillarda Musiqa va san’at o‘quv muassasalari uchun “Bolalar ragslari” fanidan interaktiv o‘quv-metodik qo‘llanmalar yaratish” mavzusidagi F3-202003161-raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek bolalar raqslari, raqs liboslari va taqinchoqlari nomlarining o‘zbekcha-ruscha-inglizcha-fransuzcha qisqacha izohli lug‘ati” ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Davlat Xoreografiyasining 2026-yil 30-iyuldagi 01/04-73son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion tadqiqot loyihasi asosida ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan foydalanilgan;
o‘zbek tilida ravish so‘z turkumiga oid birliklarning funksional-semantik va kognitiv-pragmatik, ko‘p ma’nolilik hamda konversion xususiyatlarini formallashtirish va raqamli formaga o‘tkazishga asoslangan ko‘p sathli konseptual-lingvistik modeli va formal-semantik tasniflash mezonlari ilmiy jihatdan asoslanganligi xususidagi ilmiy-amaliy xulosalardan “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Adabiy jarayon!”, “Ta’lim va taraqqiyot” kabi turkum dasturlar senariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2025-yil 21-iyuldagi 05-09-1200-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek tilidagi ravishlarning funksional-semantik periferiyasi zamonaviy tilshunoslikka oid atamalar talqinidagi tadqiqini ifodalovchi vositalarning xususiyatlari yaxshi anglashilishiga, o‘zbek tilidagi ravishlarning funksional-semantik periferiyasidan unumli foydalanishga, jumlalarning nutqda yaxshiroq ifodalanishi va nutqning ravon bo‘lishiga yordam bergan.