Soliev Muzaffarjon Baxtiyorjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Siydik tosh kasalliklarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirish (“Urologiya” fani misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10250.
Ilmiy rahbar: Shadmanov Mirzamaxmud Alisherovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.01 raqamli IK asosidagi bir martalik IK.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Fayzullo Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullayeva Barno Sayfuddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiy ta’limda siydik-tosh kasalligi mavzusini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Urologiya” fanida siydik tosh kasalliklarini o‘qitishning didaktik ta’minoti o‘quv-ta’lim materiallarini modul asosida tuzish imkoniyatlariga talabalarning mavzuga oid kognitiv qiziqishini klinik vaziyatlarda qaror qabul qilish kompetensiyalari bilan tibbiy kasalliklar diagnostikasiga ko‘ra adaptatsiyalash orqali aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’limda siydik-tosh kasalligi mavzusini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari klinik reallikka yaqin simulyasion darslar va virtual bemor platformalarini talabalar faolligini rag‘batlantiruvchi interaktiv mashg‘ulotlar, reflektiv va diagnostik fikrlashni rivojlantiruvchi metodik elementlarini o‘quv jarayoniga vizual kasbiy fikrlash moslashuvi asosida transformatsiyalashtirilgan;
siydik-tosh kasalligi mavzusini o‘qitishning klinik-pedagogik modeli talabalar bilim darajasi, kasbiy kompetensiyalari va klinik tafakkur sifatlarini rivojlantirish bosqichlariga amaliy ta’limda kasallik tashxisi, davolash strategiyasini tanlashga oid simulyasion treninglar, reflektiv tahlil kabi kognitiv resurslarini o‘quv vaziyatlariga effektivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarga siydik-tosh kasalligini o‘qitishda sun’iy intellektdan foydalanish texnologiyasi bo‘lajak shifokorlarning “Urologiya” fanida kasbiy tayyorgarlik darajasini rivojlantirish strukturasiga kasalliklarning patogenezi, diagnostikasi va davolash algoritmlarini nazariy va amaliy jihatdan chuqurroq o‘rganishga stimul yaratuvchi klinik mantiq asosida AI texnologiyasini integratsiyalash orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Siydik-tosh kasalligi mavzusini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashni takomillashtirish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
siydik-tosh kasalligi mavzusini o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarni ilmiy asosda integratsiyalash orqali o‘quv jarayonining samaradorligi oshirish, urologiya sohasi ta’limida 3D modellar va simulyasiyalar kabi interaktiv vizualizatsiya vositalarining o‘quv jarayonda qo‘llash orqali ta’lim jarayoni takomillashtirishga oid takliflaridan “Siydik-tosh kasalliklari etiopatogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari” nomli o‘quv qo‘llanmasi (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan) bakalavriatning o‘quv rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada “Urologiya sohasida ta’lim” ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimi doirasida siydik-tosh kasalligini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash dasturlarining metodik ta’minoti yaratilgan;
siydik-tosh kasalligi mavzusini o‘qitishda sun’iy intellekt asosidagi adaptiv o‘quv tizimlarini qo‘llash orqali talabalarda kasbiy bilim va kompetensiyalarni shakillantirish jarayoni optimallashtirishga oid takliflaridan “Siydik-tosh kasalliklari etiopatogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari” nomli o‘quv qo‘llanma (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga 5-ilova dalolatnomasi). Natijada sun’iy intellekt asosidagi adaptiv o‘quv tizimlarini qo‘llash siydik-tosh kasalliklari mavzusini o‘qitish jarayonini individuallashtirishga, talabalarning kasbiy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishiga hamda ularning klinik tafakkur va kasbiy kompetensiyalarini samarali shakllantirilgan;
siydik-tosh kasalligi mavzusini o‘qitish jarayonida mavjud metodikalar va texnologiyalarni tahlil qilish, an’anaviy o‘qitish usullari bilan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni taqqoslash asosida yangi metodik tahlil modelini ishlab chiqishga oid takliflaridan “Siydik-tosh kasalliklari etiopatogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari” nomli o‘quv qo‘llanma (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan) bakalavriatning o‘quv rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan. Natijada “Urologiya sohasida ta’lim” ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimi doirasida siydik-tosh kasalligini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash dasturlarining metodik ta’minoti yaratilgan;
siydik-tosh kasalligi mavzusini o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish va ularning samaradorligini baholash uchun yangi tizim ishlab chiqilgan hamda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘ziga xos metodologiya orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda “Siydik-tosh kasalliklari etiopatogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolash usullari” nomli o‘quv qo‘llanma (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘iga 5-ilova dalolatnomasi). Natijada tibbiyot yo‘nalishidagi o‘quv rejalardagi fanlarning mantiqiy bog‘liqligi ta’minlanib, premedikal va medikal fanlar bo‘yicha modullar shakllantirish imkoni vujudga kelgan.