Raimova Nilufar Abdullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm dostonlarining poetik tizimi (band, vazn, qofiya misolida)”, 10.00.08– Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil803.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Ro‘zimboev Safarboy Ro‘zimboevich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Eshonqulov Jabbor Solievich, filologiya fanlari doktori; Sariev San’at Matchonboevich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm dostonlaridagi epik she’rning o‘ziga xos xususiyatlari va taraqqiyot qonuniyatlarini oydinlashtirish, epik  matn badiiyatini qiyosiy tahlil qilish va voha epik ijodiyotiga xos bo‘lgan she’riy parchalarning xalq dostonlari kompozision qurilishidagi badiiy o‘rnini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbek fol`klorshunosligida ilk bor Xorazm dostonlarining band tuzilishi ikki, to‘rt, besh, olti, o‘n va o‘n ikki  misradan tashkil topishiga ko‘ra O‘zbekistonning boshqa mintaqalari dostonchilik ijodiyotidan keskin farqlanishi isbotlangan;
Xorazm dostonlarida boshqa hudud fol`klori va o‘zbek mumtoz adabiyotda uchramaydigan har bir bandi 12 misradan tashkil topgan 6 bandlik va birinchi bandi 12 misra, keyingi bandlari esa 10 misradan tashkil topgan olti bandlik she’riy parchalarning mavjudligi mazkur yangi she’riy tizim xorazmlik baxshilarning ijodiy novatorligi mahsuli ekanligi ilmiy asoslangan;
epik jarayonning tadrijiy taraqqiyoti davomida «oshiq» turkumi dostonlarining matni nisbatan turg‘un ritmik tizim holiga kelib qolganligi sababli ularda alliteratsiya, anafora va saj’ kabi arxaik eposga xos elementlar kamayib, qofiyaviy jipslikning kuchayishi holati kuzatilishi dalillangan;
Xorazm dostonlarining savodxon kotiblar tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxalarining kompozision qurilishida mumtoz adabiyotga xos  bo‘lgan muxammas, musaddas, g‘azal, masnaviy, murabba’, tuyuq singari lirik janrlarga mansub she’riy parchalar epik matn tarkibida ustuvorlik kasb etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xorazm dostonlari she’r tuzilishining o‘ziga xos lokal xususiyatlarini umumo‘zbek eposining poetik xossalari kontekstida qiyosiy-tarixiy jihatdan tadqiq etish asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
xalq dostonlaridagi epik she’r tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari va she’riy parchalarning band tuzilishiga doir ilmiy-nazariy xulosalaridan O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012 – 2016) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 22 noyabrdagi 17-01/173-son ma’lumotnomasi). Natijada Orolbo‘yi mintaqasi xalqlari fol`klori va yozma adabiyoti, jumladan, qoraqalpoq xalq og‘zaki badiiy ijodi hamda mumtoz lirikasidagi she’riy shakllarning band tuzilishi o‘ziga xos milliy xususiyatlarga egaligini dalillashga erishilgan;
epik she’r tuzilishining tarixiy asoslarini yoritishga doir tahliliy materiallari, jumladan, qadimgi turkiy obidalardagi she’riy parchalarning vazn va band qurilishining poetik evolyusiyasiga oid nazariy umumlashmalari O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi tarixini tadqiq etish (2012–2016) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2019 yil 22 noyabrdagi 17-01/173-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq dostonlari matnidagi she’riy parchalarning vazn va band tuzilishidagi an’anaviy shakllar qadimgi turkiy she’riyatdagi ritmik tizimning tadrijiy rivoji va badiiy takomili mahsuli ekanligi isbotlangan;
“oshiq” turkumi dostonlari badiiy strukturasida epik she’r shakllarining poetik o‘rni va o‘ziga xos badiiy talqinlariga doir ilmiy-tahliliy qarashlari Xorazm teleradiokanalining “Barkamol avlod”, “Ta’lim va hayot”, “Tilimizni o‘rganamiz” kabi teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 20 noyabrdagi 1631-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimiz badiiy tafakkurining ko‘p asrlik tadrijiy rivoji natijasida yaratilgan fol`klor asarlarida o‘z ifodasini topgan ezgu g‘oyalarni keng ko‘lamda targ‘ib etish orqali yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol qilib tarbiyalash tamoyillari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish